£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


XIII BOB. MUSTABID SOVET TUZUMINING O‘ZBEKISTONDAGI



Download 2,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet254/431
Sana08.07.2021
Hajmi2,71 Mb.
#113204
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   431
Bog'liq
ozbekiston tarixi darslik

XIII BOB. MUSTABID SOVET TUZUMINING O‘ZBEKISTONDAGI 

QATAG‘ONCHILIK SIYOSATI VA UNING OQIBATLARI

 

Tayanch so‘z va iboralar: Totalitar tizim. Milliy kuchlarni bo’lish. «18-lar 

guruhi».  «Inog’omovchilar».  «Qosimovchilar».  Ziyolilar  qatag’onligi.  Diniy 

ta’qiblar. Qatag’onlikning yangi to’lqini. Fan va madaniyatga bosim.

 

1. Sobiq Ittifoqda ma‘muriy-buyruqbozlik, totalitar tizimning qaror topishi. 

Respublika huquqlari, manfaatlarining cheklanishi

 

Totalitar rejimining qaror topishi XX asrning 20 – yillari ikkinchi yarimlariga kelib

 

sovetlar  mamlakatining  hokimiyat  boshqaruv  -  idora  tizimida  ham  keskin  o’zgarish 



hollari yuz berib bordi. Partiya va davlat boshqaruvi muruvvatlarini o’z qo’li ostiga kiritib 

borgan I. V. Stalin asta - sekinlik bilan o’zining yakka xokimligini butun choralar bilan 

qaror toptirish harakatida bo’ldi. Shu maqsadga erishish yo’lida u o’z atrofiga bir guruh 

hushomadgo’y, labbaychi rahbar kadrlarni to’plab, ularni ishga solib, partiyaning ko’plab 

tajribali, inqilobiy kurashlarda jarayonida toblangan, g’oyaviy va siyosiy jihatdan etuk, 

nufuzli arboblarini obro’sizlantirishga intildi. 20-yillarda atayin avj oldirilib, odatiy tusga 

kirgan  «partiyaviy  tozalashlar»  bahonasida  mamlakat  hayotining  u  yoki  bu  muhim 

masalasida  sog’lom,  xolis  fikr  bildirgan  kadrlarni  egallab  turgan  yuqori  vazifalaridan 

chetlattirib borildi. Stalin o’z yo’liga g’ov bo’lgan bunday muxolifatchi kuchlar, kadrlarni 

tor  -  mor  etish,  o’z  shaxsiy  hokimiyati  rejimini  qaror  toptirib  borishda  V.M.Molotov, 

K.E.Voroshilov, L.M.Kaganovich, L.P.Beriya singari maslakdoshu hamfikr safdoshlari 

xizmatidan ustamonlik bilan foydalandi. Mamlakatda yuz berayotgan barcha o’zgarishlar, 

yangilanishlar Stalin nomiga nisbat berildi. Hukmron Markaz mafkurasi bu nomni zo’r 

berib ko’klarga ko’tarib maqtash, madh qilishga yo’naltirildi.

 

20-yillar  oxirlariga  kelib  Stalin  tomonidan  yangi  nazariy  qarash  sifatida  ilgari 



surilgan  «sotsializm  mustahkamlanib  borgan  sari  sinfiy  dushman  qarshiligi  ham 

shunchalik  kuchayib  boradi»,  degan  soxta  g’oya  butun  mamlakat  uchun  halokatli 

oqibatlarga olib keldi. Stalin va uning yaqinlari mamlakat va partiya hayotiga oid har bir 

masalada o’z irodasi, hukmini boshqalarga majbur etib bordilar. O’z davrida kompartiya 

va  sovet  hokimiyati  rahbariyatining  o’zak  -  negizini  tashqil  etgan  Trotskiy,  Buxarin, 

Kamenov, Zinovev, Rikov, Tomskiy singari taniqli arboblar shunday muxolifatchi guruh 

vaqillari  sifatida  egallab  turgan  lavozimlaridan  olinib,  keyinchalik  qatag’onlik  domiga 

duchor etildilar.

 

Shu  tariqa,  sobiq  Ittifoqda  1917  yildan  boshlab  shakllanana  boshlagan  totalitar 



siyosiy  rejim  20-yillarning  oxiri  30-yillarning  boshlarida  to’liq  qaror  topdi.  Totalitar 

rejimning mazmun-mohiyati, belgilari quyidagilardan iborat:

 

>  ko’ppartiyaviylik  tugatiladi,  bitta  partiya  (VKP(b))  butun  mamlkatda  yagona 



hukmron  partiyaga  aylanadi,  uning  qarorlari,  ko’rsatmalari  barcha  hokimiyat 

organlari tomonidan so’zsiz bajarilishi majburiy bo’ladi; 

>  davlat boshqaruvi markazdan, diktator tomonidan ma’muriy-buyruqbozlik tarzida 

amalga oshiriladi, mahalliy hokimiyat organlari amalda qo’g’irchoq bo’lib qoladi; 

260

 



>  ijtimoiy munosabatlar siyosiy, iqtisodiy, mafkuraviy, jismoniy zo’rovonlik asosda 

tartibga  solinadi,  xususiy  mulkni  milliylashtirish  orqali  shaxsning  iqtisodiy 

erkinligi tugatiladi, rejali iqtisodiyot qaror topadi; 

>  oshkoralik, turli xil fikr bildirish, muxolifatchilik harakatlari qat’iyan man etiladi; 

>  ommaviy  axborot  vositalari,  ta’lim  tizimi,  ijodiy  uyushmalar  orqali  targ’ibot-

tashviqot  ishlari  kuchaytirilib,  aholi  rasmiy  (kommunistik)  mafkura  nuqtai 

nazardan qayta ishlanadi, ular ongiga mafkuraviy aqidalar singdiriladi; 

>  siyosiy  qatag’onlik  shaxsning  ongi  va  hatti-harakatlarini  nazorat  ostiga  olish, 

mavjud  tuzumga  nisbatan  xayrixohlik,  sodiqlik,  qo’llab-quvvatlash  tuyg’usini 

singdirishning asosiy vositasiga aylanadi; 

>  rasmiy  mafkuraga  mos  bo’lmagan  barcha  nashriy  mahsulotlarni  yo’q  qilishga, 

intellektual va ijodiy faoliyatni bo’g’ishga yo’naltirilgan tsenzura organi faoliyat 

yuritadi; 

>  siyosiy qatag’onlikni amalga oshirish uchun maxsus hokimiyat organlari, mehnat 

va axloq tuzatish lagerlari tarmog’i tuziladi va faoliyat yuritadi, birga ishlovchi, 

qo’ni-qo’shnilardan  kuzatuvchi,  ig’vogar-chaqimchilar  yollanadi,  aholi  qo’rquv 

ostiga olinadi. 


Download 2,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish