Sovet hikimiyatiga qarshi qurolli harakat. Sovet hikimiyatiga qarshi qurolli harakat. Sovet tizimining O`zbekistonda yuritgan qatag`onlik siyosati va uning oqibatlari. Sovet davridagi iqtisodiy va ma`naviy Reja: - Sobiq Ittifoqda ma’muriy-buyruqbozlik, totalitar tizimning qaror topishi.
- Respublika huquqlari, manfaatlarining cheklanishi
- Sovet hokimiyatining O’zbekistonda yuritgan qatag’onlik siyosati va
- uning oqibatlari
Totalitar rejimining qaror topishi - XX asrning 20 – yillari ikkinchi yarimlariga kelib sovetlar mamlakatining hokimiyat boshqaruv - idora tizimida ham keskin o’zgarish hollari yuz berib bordi. Partiya va davlat boshqaruvi muruvvatlarini o’z qo’li ostiga kiritib borgan I. V. Stalin asta - sekinlik bilan o’zining yakka xokimligini butun choralar bilan qaror toptirish harakatida bo’ldi.
Totalitar rejimning mazmun-mohiyati, belgilari quyidagilardan iborat: - davlat boshqaruvi markazdan, diktator tomonidan ma’muriy-buyruqbozlik tarzida amalga oshiriladi, mahalliy hokimiyat organlari amalda qo’g’irchoq bo’lib qoladi;
Ijtimoiy munosabatlar siyosiy, iqtisodiy, mafkuraviy, jismoniy zo’rovonlik asosda tartibga solinadi, xususiy mulkni milliylashtirish orqali shaxsning iqtisodiy erkinligi tugatiladi, rejali iqtisodiyot qaror topadi;
oshkoralik,turli xil fikrbildirish, muxolifatchilik harakatlari qat’iyan man etiladi;
- ko’ppartiyaviylik tugatiladi, bitta partiya (VKP(b)) butun mamlkatda yagona hukmron partiyaga aylanadi, uning qarorlari, ko’rsatmalari barcha hokimiyat organlari tomonidan so’zsiz bajarilishi majburiy bo’ladi;
Respublika huquqlarining cheklanishi - Mamlakatda totalitar tizimning qaror topishi, shubhasiz, milliy sovet respublikalari hayotiga ham daxl qilib, ularning butun inon - ixtiyorini Ittifoq davlati tasarrufiga bog’lab qo’ydi. Bu O’zbekiston timsolida ham yaqqol qo’zga tashlandi. Avvalo, respublika hokimiyati boshqaruvining hamma bo’g’inlari to’liq ravishda SSR itifoqi organlariga bo’ysundirildi. Shuningdek, bu erdagi yagona rahbar tashkilot - O’zbekiston kompartiyasi ham VKP(b) ning viloyat bo’limi maqomida faoliyat yuritardi
Sovet hokimiyatining O’zbekistonda yuritgan qatag’onlik siyosati va uning oqibatlari - Mustabid tuzum Markazda va joylarda o’z mutlaq hokimiyatini shakllantirib, mustahkamlab borar ekan, bunda u o’ziga sodiq muayyan siyosiy va ijtimoiy kuchlarga tayanib ish yuritmog’i kerak bo’lardi. Shu maqsadda Markaz hukumati yangi sotsialistik jamiyat qurilishining butun davomida O’zbekistonga o’zining ko’p sonli sadoqatli xodimlari, vakillarini rahbariy lavozimlarga yuborib turganligi bejiz emas.
1929 - 1930 yillarda sovet hukmron rejimi tomonidan milliy kadrlarni, ziyolilarni qatog’on qilish, jazolash maqsadida atayin uyushtirilgan navbatdagi uydirma edi. - O’z SSR Oliy Sudining raisi lavozimida ishlagan C. Qosimov va uning yaqin maslakdoshlari: N. Alimov, Musaboev, Sharipov, Sirojiddinov va boshqa jami 7 kishi 1929 yilning 2 - yarmida «bosmachilik» harakatiga yon berganlikda ayblanib qamoqqa olinadilar. Ular respublikadagi millatchi tashkilotlar bilan aloqa bog’laganlikda ayblandilar. Bu guruhning 4 ta a’zosi shunday asossiz ayblar bilan ayblanib, otib tashlandilar.
Qatag'on qurbonlari
O’zbekiston ravnaqi, xalqining baxtu saodati uchun fidoyilik qo’rsatgan - Akmal Ikromov, Fayzulla Xo’jaev, Abdulla Rahimboev, Isroil Ortiqov, Abdulla Karimov va boshqa o’nlab mahalliy rahbar kadrlarning hayot qismati pirovarida mana shunday fojia bilan yakun topdi. Mustabid tuzum hukmdorlari va ularning chaqqon dastyorlarining eng shimarib qilgan «sa’y - harakatlari» natijasida 1937 - 1938 yillar davomida O’zbekistonda bir kator yirik aksilinqilobiy tuzilmalar tuzilgan, faoliyat yuritmoqda, degan soxta ma’lumotlar to’plandi.
Ziyolilarning qatag’on qilinishi - Stalincha siyosiy qatag’onlikdan jamiyatning sog’lom kuchlari, milliy ziyolilar eng ko’p aziyat chekdi, mislsiz kurbonlar berdi. Negaki, totalitar rejim mutasaddilari o’zlari jaholatparast kimsalar bo’lganligidan, ilmu ma’rifat, ziyo ahlini qadrlash, e’zozlash o’rniga ularni xo’rlash, tahqirlash, kerak bo’lsa yo’q qilishni o’zlariga kasb qilib olgandilar. Shu bois vaqti – vaqti bilan ziyoli kadrlarni qatli om chig’irigidan o’tkazish, saflarini «yagonalab» turish ular uchun odatiy hol bo’lib kolgandi.
Biz, milliy istiqlol davri kishilari jonajon yurtimiz ozodligi va mustaqilligi yo’lida kurashib, stalincha qatag’onlik qurbonlari bo’lib ketgan aziz insonlar xotirasini doimo qalbimiz to’rida saqlamog’imiz kerak bo’ladi. Bu har birimiz uchun farzu qarzdir. Yurtboshimizning 2001 yil 1 maydagi farmoni bilan har yili 31 avgust kunini «Qatag’on qurbonlari» xotirasini nishonlash kuni, deb e’lon qilinganligi g’oyatda quvonarlidir. Bu hozirgi minnatdor avlod kishilarining shahid ketganlar xotirasi oldidagi ehtiromining umumxalq e’tirofidir. - Biz, milliy istiqlol davri kishilari jonajon yurtimiz ozodligi va mustaqilligi yo’lida kurashib, stalincha qatag’onlik qurbonlari bo’lib ketgan aziz insonlar xotirasini doimo qalbimiz to’rida saqlamog’imiz kerak bo’ladi. Bu har birimiz uchun farzu qarzdir. Yurtboshimizning 2001 yil 1 maydagi farmoni bilan har yili 31 avgust kunini «Qatag’on qurbonlari» xotirasini nishonlash kuni, deb e’lon qilinganligi g’oyatda quvonarlidir. Bu hozirgi minnatdor avlod kishilarining shahid ketganlar xotirasi oldidagi ehtiromining umumxalq e’tirofidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |