*/ V /*v • •.* • j menejment nazariyasi 0‘quv qollanma 0‘zbekist0n respublikasi oliy va 0‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Menejmentni  tashkil  etish  unumdorligi



Download 3,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet280/337
Sana17.01.2022
Hajmi3,01 Mb.
#380580
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   337
Bog'liq
@BOOKS KITOB MENEJMENT NAZARIYASI (2)

Menejmentni  tashkil  etish  unumdorligi. 
Unumdorlikni  oshirishda 
menejmentni to‘g ‘ri tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Tashkil etish 
jarayoni rahbariyat mehnat resurslari, materiallar, texnologiya, axborot 
va  kishilami  qo'yilgan  maqsadga  erishish  uchun  birlashtiruvchi 
vositadir. Menejmentni samarali tashkil etish natijasida (ya’ni, tashkiliy 
jarayonlar  sozlanganligi)  resurslardan  maqbul  foydalanish,  ijrochilar 
majburiyatini  taqsimlashda  tushunmovchilik  natijasida  mehnat 
unumdorligi  pasayishini  kamaytirish,  bo‘linmalaming  o‘zaro  ta’siri 
buzilishiga  chek  qo‘yishni  ta’minlaydi.  To‘g‘ri  yo‘lga  qo‘yilgan  tashkiliy 
jarayonlar mehnat unumdorligi ortishiga imkon beradi.
 
Unumdorlik  boshqaruvning  menejment  texnologiyasi,  menejment 
ishini  loyihalashtirish  va  menejment  tashkiliy  tizimi  kabi  unsurlari 
bilan  uzviy  bog‘liqdir.  Menejmentning  samarali  texnologiyasi  mehnat 
unumdorligiga  eng  ko‘p  ta’sir  ko‘rsatuvchi  omildir.  Hozirgi  paytda 
avtomatlashgan  zavodlar,  robot  texnikasi,  loyihalashtirishning 
avtomatlashgan  tizimini  qollovchi  amerikalik  va  yaponiyalik  ishlab 
chiqaruvchilar bozoming katta qismini egallab olmoqdalar, chunki ular 
yuqori  sifatli  mahsulotni  raqobatdoshlariga  nisbatan  arzon  narxda 
sotadilar.
 
Idora  ishiga  kompyuter  texnologiyasini  joriy  qilish  mehnat 
unumdorligi  ortishida  boshqa  omillarga  nisbatan  ko‘proq  ahamiyatga 
ega.  Lekin,  ilg‘or  texnologiya  har  doim  ham  mehnat  unumdorligi 
ortishiga 
olib 
kelmaydi. 
Bunday 
texnologiyaning 
afzalliklari 
ishlovchilaming  unga  nisbatan  salbiy  munosabati  tufayli  namoyon 
bo‘lmasligi mumkin. Texnologiya, darhaqiqat, unumdorlik ortishiga olib 
kelishi  uchun  rahbariyat  texnologiya  talablari  uni  qo'llovchi  kishilar 
manfaatlariga to‘g‘ri kelishini ta’minlashi kerak.
 
Menejmentning  tashkiliy  tarkibi  rahbariyat  va  barcha  darajada 
unga  bo‘ysunuvchi  hamda  korxonaning  asosiy  tarkibiy  bo‘linmalari 
o‘rtasidagi o‘zaro munosabatoi belgilaydi. Tarkib unumdorlikka
 


 
284
 
ma’muriy-boshqaruv  soniga  bo'lgan  nisbat  orqali  bevosita  ta’sir  etadi. 
Agar  korxona  o‘z  faoliyatiga  salbiy  ta’sir  ko'rsatmay  boshqaruvchilar 
sonini qisqartirsa, unumdorlik yuqori bo'ladi.
 
Tashkilot  tarkibi  uncha  yaqqol  namoyon  bo'lmaydigan  yo'l  bilan 
ham  unumdorlikka  ta’sir  qiladi.  Masalan,  mutaxassis  va  olimlar 
yuqoridan  qat’iy  berilgan  buyruqqa  salbiy  munosabatda  bo'ladilar. 
Bunda  ular  o'z  mehnati  natijasidan  qoniqmaydilar  va  ular  mehnati 
uncha unumli bo'lmaydi. Ijodiy yondoshuvni talab etuvchi tarkibga ega 
tashkilotlar  raqobat  kurashida  kengroq  imkoniyatlarga  ega  bo'ladilar. 
Jahon bozoriga o'z vaqtida moslashish, masalan, zamonaviy kompyuter 
bilan  ish  olib  borish  bu  daromadlami  keskin  ko'paytirish  va 
unumdorlikni  oshirish  demakdir.  Kichik  korxona  ba’zan  yirik 
korxonaga  nisbatan  samaraliroq  bo'ladi.  Korxona  samarali  ishlashi 
uchun biror vazifani bajarish aniq kishi yoki bo'linmaga topshirilishi va 
unga 
mos 
vakolatlar 
berilishi 
lozimligi 
tajribadan 
ma’lum. 
Unumdorlikka  javob  beruvchi  biror  shaxs  yoki  guruhga  berilgan 
vakolat doirasiga mablag'lami sarf qilish huquqi ham kirishi kerak.
 
Unumdorlik  ko'rsatkichi  bo'yicha  menejment  -  bu  samarali 
boshqaruv deganidir. Barqaror yuqori unumdorlikni ta’minlash barcha 
menejment  vazifalari  va  biriktiruvchi  jarayon  -  kommunikatsiya,  qaror 
qabul qilish va peshqadamlikni ta’minlashga taalluqlidir.
 
Korxonaga o'zaro bir-biriga bog'liq unsurlardan iborat tizim nuqtai 
nazaridan  qarash  zarur.  Tashkilot  unsurlari  hamda  tashkilotning 
tashqi muhit bilan bir-biriga juda bog'liqligi tufayli muammolar oson va 
tez  hal  etiladi.  Boshqa  tashkiliy  muammolar  kabi  kelajakda 
unumdorlikni  oshirish  muammosi  ham  majmuiy  yondoshuvni  talab 
qiladi.  Unumdorlikka  ham  tashqi  muhitning,  ham  tizim  o'zgarish 
jarayonining  turli  omillari  tasir  etadi.  Bu  omillar  birbiriga  ta’sir  etishi 
sababli,  unumdorlikni  oshirishning  o'zgarmas  (yagona)  yo'li  mavjud 
bo'lmaydi.  U  num  dorlikni  oshirishga  qaratilgan  ko'plab  urinishlar 
korxonalar  rahbarlari  o'z  harakatlari  natijasini  ko'ra  bilmaganliklari 
sababli  muvaffaqiyasizlikka  uchraydi.  O'z  korxonasi  unumdorligiga 
baho  berishda  eng  ko‘p  yo'l  qo'yiladigan  xato  sifatga  e’tibor  bermay 
faqat ishlab chiqarish hajmi ko'rsatmalarini hisobga olishdir.
 
So'nggi  yillarda  muvaffaqiyatli  faoliyat  yuritayotgan  korxonalar 
tajribasi sifat xarajatlar majmuining muhim unsuri ekanligini namoyon 
qilmoqda. Yuqori sifat sotish mumkin bo'lgan mahsulot
 
285
 
hajmining  ortishi,  xaridorlar  tomonidan  qaytariladigan  mahsulot 


 
miqdori va kafolatli ta’mirlash hajmining qisqarishi hisobiga xarajatlar 
kamayishiga  olib  keladi.  Natijada  kompaniya  o‘z  raqobatbardoshligini 
oshirish  imkoniyatini  kengaytirishga  sarflash  uchun  qo‘yimcha 
mablag‘ga  ega  bo‘ladi.  Yuqori  sifat  sotuv  hajmini  oshiradi,  ishlab 
chiqarish  ko‘lamini  kengaytirishga,  foydani  ko‘pavtirishga  imkon 
yaratadi.
 
Butlovchi  qismlaming  sifatli  bo‘lmasligi  butun  mahsulot  sifatiga 
ta’sir  ko‘rsatadi.  Korxonalar  o‘zaro  bog‘liq  bo‘lgani  sababli  biror  bir 
asosiy 
mahsulotning 
sifatsiz 
bo‘lishi 
ko'pchilik 
tarmoqlarda 
unumdorlik  pasayishiga  olib  keladi.  Davlat  apparatidagi  past 
unumdorlik 
soliqlaming 
katta 
bo‘lishiga, 
natijada 
iqsodiyot 
samaradorligini oshirishga sarf qilinishi mumkin boigan mablag‘laming 
qisqarishiga olib keladi.
 
Atrof-muhit  ifloslanishi  darajasini  kamaytirish,  ish  joyi  sanitariya 
xolatini yaxshilash va korxona ishchilari sog‘lig‘ini himoya qilish uchim 
korxonalar  qimmat  uskunalar  (masalan,  tutun  tutgichlar)  sotib 
olishlari  kerak,  bu  esa  xarajatlar  ko‘payishiga  ohb  keladi.  Istiqbolda 
atrof-muhitni  yaxshilash  va  mehnatai  muhofoza  qilish  ish  vaqtini 
taqsimlashga va natijada mehnat unumdorligi ortishiga olib keladi.
 
Mehnat  unumdorligiga  ta’sir  etuvchi  muhim  omil  -  korxonaning 
menejment  ilmiga  ega  bolishidir.  Korxona  unumli  ishlashi  uchun 
menejment  tizimini  takomillashtirish  zarur.  О‘sib  borayotgan  raqobat 
sharoitida  rahbariyat  nega  maqbul  boigan  qarorlar  bugungi  kunga 
to‘g‘ri kelmasligini bilishi lozim
 

Download 3,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish