" s h a r q " n a sh r iy o t -m a t b a a a k s iy a d o r L ik k o m pa n iy a si bosh t a h r ir iy a t I


XXIV  BOB   JAMIYAT,  DAVLAT,  HUQUQ



Download 17,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet652/702
Sana02.01.2022
Hajmi17,78 Mb.
#307312
1   ...   648   649   650   651   652   653   654   655   ...   702
Bog'liq
Одилқориев Х.Т. Давлвт ва ҳуқуқ назарияси.Дарслик (1)

XXIV  BOB

 

JAMIYAT,  DAVLAT,  HUQUQ:



HOZIRGI  RIVOJLANISHI  VA  ISTIQBOLLARI

l - § .   H ozirgi  zam on  davlati  va  huquqiy  taraqqiyotining

 

konseptual  xu susiyatlari

Davlat  va  huquq  rivojlanishining  barcha  bosqichlarida  ijtimoiy  fikr 

davlat  va  huquq  m uammolarining  yechimini  topishga,  dunyoqarash  va 

metodologiyaga  doir  masalalarni  tahlil  etishga  qaratiladi.  Shu  m a ’noda 

davlat  va  huquqning  rivojlanish  istiqbollari,  tarixiy  o ‘rni  va  taqdiriga  oid 

tahlil  ham da  xulosalar,  shuningdek  davlat  va  huquq  nazariyasining  yangi 

kategoriyalar  ham da  ta ’riflar  bilan  toMdirilishi  bu  boradagi  bilimlarning 

jiddiy  ortib  borayotganidan  dalolat  be rad i.

Turli  mamlakatlarda  va  turli  davrlarda  yashagan  mutafakkirlaming 

davlat,  siyosat  va  huquqning  istiqbollari  t o kg lrisida  bildirgan  ko‘plab  fikr- 

lardan  kelib  chiqib  ularni  rivojlantirishning  yagona  modelini  ishlab 

chiqish,  kelgusi  istiqboli  to ‘g ‘risida  yaxlit  ta sa w u r  hosil  qilish  ancha 

mushkul.  Siyosiy-huquqiy  ta ’limotlar  tarixi  doim o  qaram a-qarshi  mafku- 

ralar  uchun  keskin  kurash  maydoni  bo4ib  kelgan.  Bunda  u  faqat  bilimga 

qiziqish,  davlat  va  huquqning  mavjudligi  ham da  rivojlanishi  sabablarini 

tushunib  yetish,  balki  unga  qarshi  nazariyani  q a t’iy  rad  etish,  mafkurachi 

esa  davlat  va  huquqni  qanday  tushunsa  yoki  ta s a w u r etsa,  xuddi  shunday 

talqin  qilish,  xurujlarga  uchrayotgan  davlat  va  huquqni  o ‘zgartirish  yoki 

himoya  qilish,  jamiyat  va  davlatni  om m aning  siyosiy-huquqiy  ongiga 

ta ’sir  ko ‘rsatishiga  doir  nazariy  faoliyatning  asosiy  omili  b o ‘lgan.

Bashorat  qilish  —  fanning  m uhim   funksiyasidir.  M a ’lumki,  puxta 

o ‘ylangan  dastur,  aniq  maqsad  va  unga  erishish  usullari  belgilab  olinmasa, 

davlat  va  huqu qn in g  barq aror  rivojlanishiga  erishib  b o ‘lmaydi. 

Shuningdek,  bunday  rivojlanishning  samaradorligi  ko ‘p jihatdan  bir  qator 

obyektiv  va  subyektiv  omillarga  bog‘liqligi  ham  m a ’lum.  Ular  jumlasiga 

davlatning  o ‘z  imkoniyatlari,  kuchi  va  salohiyatiga,  tarixan  tarkib  topgan 

shart-sharoitlarga,  ularni  rivojlantirish  va  o ‘zgartirishning  yaqin  hamda

526



XXIV  B O B .  JA M IY A T,  DAVLAT,  HU Q U Q :  HOZIRGI  RIVO JLAN ISH I  VA  ISTIQ BOLLARI

kelgusi  istiqbollari  ham da  boshqa  shu  kabilarga  baho  berishga  qodirligini 

kiritish  joizdir.  Ushbu  omillarning  ahamiyati  shu  darajada  kattaki,  davlat 

va  huquqning  rivojlanish  k o‘lamini  qat’iy  belgilab  b o ‘lmaydi,  faqat  b u n ­

day  rivojlanish  yo‘nalishlarining  um um iy  jihatlarini  bashorat  qilish 

m um kin,  xolos.

Davlat  va  huquqning  maqsadi,  istiqboli  hamda  hozirgi  holati  haqida- 

gi  masala  o ‘rtaga  q o ‘yilganda  tavsif va  tasnifdan  baho  berishga  o ‘tilsa,  har 

qanday  siyosiy  va  huquqiy  nazariya  mafkuraga  aylanadi.  Shu  o ‘rinda 

ta ’kidlash  joizki,  baho  berishda  oliy  maqsadga  intilishga  tayanishdan 

boshqa  iloj  y o ‘q.  G a rch i,  h ozir  mavjud  narsalarni  saqlash  yoki 

o ‘tmishdagilarini  qayta  tiklash  haqida  so‘z  yuritilayotgan  bo‘lsa  ham,  oliy 

maqsadning  o ‘zi  —  istiqbolga  intilishdir.  Mafkura  va  fanning  funksiyalari 

turlicha.  U lar  o ‘rtasida  o ‘xshashlik,  murakkablik  yo ‘q.  Mafkuraga  gnose- 

ologik  tushunchalar  doirasida  emas,  balki  sotsiologiya  (ijtimoiy  guruhlar 

va  sinflarning  o ‘zini  o ‘zi  anglashi)  doirasida  t a ’rif beriladi.  Bunday  o ‘zini 

o ‘zi  anglash  davlat  va  huquq  rivojlanishining  real  jarayonlari  hamda 

istiqbollarini  aks  ettiradi,  manfaatlar  va  ehtiyojlaming  ulkan  tizimiga 

asoslangan  holda  maqsad  va  vazifalarni  o ‘rtaga  q o kyadi.

Huquq  va  davlatchilik  —  tarixan  rivojlanadigan  hodisalar  b o‘lib,  ular 

o ‘z  taraqqiyoti  jarayonida  bir-biriga  qarama-qarshi,  navbatma-navbat 

keladigan  bosqichlardan  o ‘tadi.  Jahon  urushlari  va  bu  urushlar  tufayli 

kelib  chiqadigan  ijtimoiy  b o ‘hronlar,  inqiloblar,  mustamlakachilikka 

qarshi  kurash  ko‘pgina  mamlakatlar  davlat-huquq  tizimlarining  tubdan 

o ‘zgarishiga  olib  keldi.  XX  asrning  so‘nggi  choragida  dastlab  Lotin 

Amerikasi  va Janubiy Yevropadagi  avtoritar tuzumlar,  keyinchalik  Sharqiy 

Yevropada  qaror  topgan  tartiblar  yangi  ©‘zgarishlar  yuz  tutishi  bilan  ta- 

rixda  qoldi.  U m u m a n ,  jahondagi  anchagina  mamlakatlar  davlat-huquq 

tizimida  tub  o ‘zgarishlarni  boshdan  kechirdi.  T a ’kidlash  joizki,  XX  asr­

ning  oxiri  va  XXI  asrning  boshlaridagi  voqealar  mohiyatan  fanda  basho­

rat  qilinmagan  edi.

Keyingi  davr  tarixi  tahlilining  kokrsatilishicha,  sobiq  Ittifoq  tarkibida- 

gi  mamlakatlarda  davlat  va  huquqning  rivojlanishi  o'tish  davrida  o ‘zining 

misli  koTilmagan  turli-tumanligi,  yuz  berayotgan  hodisa  va  jarayonlar-

527



DAVLAT  VA  HU Q U Q   NAZARIYASI

ning  turlicha  yo‘nalishda  ekanligi  va  barqarorligi  bilan  bir-biridan  farq 

qiladi.  Bunday vaziyatda  davlat  va  huquqning bir sifat  holatidan  boshqasi- 

ga  o ‘tishining  xos  xususiyatlari  ham da  mexanizmlarini  tushunish  m uam - 

mosi  alohida  ahamiyat  kasb  etadi.  Uchinchi  ming  yillikning  boshida 

davlat  va  huquq  nazariyasi  fanining  e ’tibori  nafaqat  0 ‘zbekistonning  tari­

xiy  tajribasi  va  hozirgi  muammolariga,  balki  davlat-huquq  rivojlanishining 

istiqbollariga  ham  qaratilishi  lozim  edi.

Mamlakatimiz  Prezidenti  I.A.Karimovning  90-yillar  boshida  aytgan 

bashorati  to ‘g‘ri  ekanligini  hayotning  o ‘zi  tasdiqladi.  Binobarin,  Prezident 

davlat  va  huquqning  barqaror  amal  qilishi  sharoitlarida  fuqarolaming 

huquqlari,  erkinliklari  va  manfaatlarini  ta ’minlash  uchun  davlatchilik  va 

huquqiy  tizimning  yangi  turlariga  tinch,  tadrijiy  yo‘l  bilan  o ‘tishning 

afzalligini  t a ’kidlagan  edi.  Hozirgi  vaqtda  ham  davlat  va  huquq  eng 

m uhim   institutlarining  rivojlanish  istiqbollarini  aniqlash,  ularning  o ‘zga- 

rishi  ehtimolini  bashorat  qilish  ham  muhimdir.

Davlat  va  huquqning  maqsadga  muvofiq,  maqbul,  oliy  darajadagi 

sifatida  e ’tirof  etilgan  rivojlanish  yo^alishlarini  belgilab  olish  muhim 

metodologik  masaladir.  Xorijiy  ilmiy  adabiyotlarning  keyingi  nashrlarida 

hozirgi  mamlakatlarning  muayyan  guruhida  yuz  berayotgan  ijtimoiy 

o^garishlarni  tushuntirishda  “demokratiyaga  o ‘tish”  degan  atam adan 

foydalanish  rasm  b o ‘lgan.  0 ‘tish  jarayonlari  rivojlanish  istiqbollarining 

turli  variantlarga  ega  ekanligiga  asoslanib,  demokratlashtirish  —  o ‘tish 

davri  rivojlanishining  belgilovchi  prinsipidir,  degan  xulosaga  kelamiz. 

“ Demokratiyaga  o ‘tish”  istiqbolning  teleologik  (maqsadli)  elementiga 

ega,  shu  bois  davlat  va  huquq  sohasida  o ‘tish  jarayonlari  rivojlanishining 

um um iy  m antig‘ini  aniqlab  olish  muhimdir.

Davlat  elementlarining  tahlili  davlat  va  huquq  istiqbolini  ko ‘rib 

chiqish  uchun  asos  bo‘lib  xizmat  qiladi,  zero,  aynan  davlatga  berilgan 

tavsiflar  davlat-huquq  tizimining  qaysi  jihatlari  barqaror  ekanligini,  yangi 

sifatga  o ‘tish  nimadan  boshlanishini  ko‘rsatib  beradi.

0 ‘zbekiston  Respublikasining  rivojlanish  yo‘nalishlarini  o ‘rganishda 

unga  demokratik  davlat  sifatida  qarash  maqsadga  muvofiqdir.  Ushbu 

rivojlanish  ko ‘p  qirralilik  prinsipi  asosida  va  milliy  rivojlanishning  o ‘ziga

528



XXIV  B O B .  JA M IY A T,  DAVLAT,  H U Q U Q :  HO ZIRGI  RIVO JLAN ISH I  VA  ISTIQ BOLLARI

xos  xususiyatlari  ham da  a n ’analarini  hisobga  olgan  holda  o ‘zgarishlarning 

tadrijiy  shaklini  maqsad  qilib  q o ‘ygan,  va  bu  yo‘nalish  o ‘zining  ijobiy 

jihatlarini  ko‘rsatdi.  0 ‘zbekiston  Respublikasining  hozirgi  davlat  qurilishi 

nazariyasi  va  amaliyoti  tahlili  mamlakatimiz  mustaqillikni  q o ‘lga  kirit- 

gach,  “ Sovet  tuzum i  shakli”dagi  davlatdan  demokratik  davlatga  o ‘tishni 

muvaffaqiyatli  amalga  oshirdi  va  hozirgi  vaqtda  huquqiy  davlatni  shakl- 

lantirmoqda,  deb  xulosa  chiqarish  imkonini  beradi.  Tub  o ‘zgarishlarni 

amalga oshirishning tadrijiy yo‘liga  mustaqillikka erishilgan  paytdan bosh- 

lab  inson  huquqlari,  erkinliklari  va  qonuniy  manfaatlarini  haqiqiy  t a ’min- 

lash  maqsadida  o ‘tish  davri  rivojlanishining  m uqarrar  talabi  sifatida 

qaraldi.


Davlat  va  huquqning  rivojlanish  istiqbollarini  o ‘rganishga  oid  tadqiqot 

mavzusi  uning barcha jihatlari va  o ‘zaro  aloqalari  bilan  birga  qamrab  olish 

imkonini  beradigan  uslubiyotni  talab  qiladi.  Davlat  va  huquqning  rivoj­

lanishi  —  keng  ko ‘lamda  kompleks  o ‘rganishni  taqozo  etadigan  ko‘p 

to m o nlam a,  murakkab  jarayondir.  Alohida  olingan  hech  bir  institut 

(masalan,  davlat  instituti),  u  qanchalik  m uhim   bo‘lishidan  q a t’i  nazar, 

o ‘tish  davrining  manzarasini  to ‘liq  nam oyon  eta  olmaydi.  Chunki,  yangi 

davlat-huquqiy  tizimi,  yangi  jamiyat  qurilishi  va  yangi  qadriyatlar  tizi­

mining  qaror  topishi jarayoni  bir  vaqtda,  uzviy  bog‘liq  holda  kechadi.

Jamiyatning  hozirgi  taraqqiyoti  davlat  va  huquqning  belgilarini  qator 

yangi jihatlar  bilan  to ‘ldirishga  olib  keladi.  Davlat  tom onidan  islohotlarni 

amalga  oshirish,  ya’ni  butun  ijtimoiy  tizimni  o ‘zgartirish,  davlat-huquq 

institutlarini  o ‘zgartirishning  konstitutsiyaviy  tuzumni  yangilash  borasida 

faol  ish  olib  borilmoqda.  Bulaming  barchasi  demokratik  o ‘zgarishlarni 

tizimli  olib borilishini  ta'm inlam oqda.  Davlatimiz  rahbari  t a ’kidlaganidek, 

o ‘tish  davri  o ‘zgarishlarining  tadrijiy  yo‘li  nafaqat  0 ‘zbekiston  uchun, 

balki  sobiq  Sovet  respublikalarining  barchasi  uchun  ham  rivojlanishning 

eng  maqbul  variant!  b o ‘lib  qoldi,  hozirgi  vaqtda  esa,  um um jahon  tam o- 

yillarida  ustunlikka  ega  b o ‘lib  bormoqda.  Tub  o ‘zgarishlaming  tadrijiy 

shakli  davlat  va  huquqning  bir  shaklidan  boshqasiga  tinch  yo‘l  bilan, 

sekin-asta  o ‘tish  uchun  shart-sharoitlar yaratib  beradi,  tabiiyki,  bu  o ‘rinda 

tarixiy  yo ‘l  bilan  amalga  oshiriladigan  o ‘tish  davri  nazarda  tutilmoqda.

529



DAVLAT  VA  HU Q U Q   NAZARIYASI

Ayni  vaqtda,  tarixiy  izchillik  va  o ‘zbek  xalqining  a n ’analari,  mentaliteti 

ham da  ma'naviyatini  hisobga  olgan  holda  yangi  davlat-huquq  institutla­

rini  barpo  etish  0 ‘zbekistonda  bir  vaqtda  amalga  oshirilayotgan  va  bir- 

biriga  bog‘liq jarayon  b o‘lib  qoldi.

Istiqbolda  davlat  va  huquq  rivojlanishining  o ‘ziga  xos  xususiyatlari 

jumlasiga  quyidagilami  kiritish  mumkin:

1)  ijtimoiy  jarayonlarning  j o ‘shqin  rivojlanishini  to ‘la -to ‘kis  huquqiy 

tartibga  solishning  mumkin  emasligi;

2)  hozirgi  sharoitlarda  huquqiy  rivojlanish  istiqbollarini  hisobga  oluv- 

chi  huquqiy  hujjatlar  qabul  qilish  va  ularning  amal  qilishi  zaruriyatini 

taqozo  etuvchi  huquqiy  tartibga  solishni jadallashtirish;

3)  huquq  vositasida  tartibga  solinadigan  ijtimoiy  m unosabatlar 

doirasini  m untazam   ravishda  kengaytirib  va  yangilab  borish;

4)  huquqiy  tartibga  solishning  ustun  darajada  o ‘zgartirilishi  va  bun- 

yodkorlik  tusiga  ega  b o ‘lishi;

5)  mamlakatni  isloh  etish  va  modernizatsiyalash  sharoitida  huquqiy 

tartibga  solish  kollizion  tartibga  solish  xususiyatini  kasb  etishi.

Davlat  va  huquqning  samarali  rivojlanish  mezonlari  sifatida  quyida- 

gilarni  ko‘rsatish  mumkin:  1)  davlat  hokimiyati  organlarini  isloh  qilish- 

ning  yangi  konstitutsiyaviy  tuzum ning  tipologik  tavsifiga  mos  keladigan 

yakunlanganlik  darajasi;  2)  fuqarolik  jamiyatining  rivojlanish  darajasi  va 

fuqarolar  totuvligining  mavjudligi;  3)  ijtimoiy  munosabatlarning  bar- 

qarorlik  darajasi.  Ta'kidlab  o ‘tilgan  m ezonlar  asosida  rivojlanishning 

quyidagi  bosqichlarini  (bo‘gbinlarini)  ajratib  ko‘rsatish  mumkin:  yangi 

davlat  va  huquqning  qaror  topish  bosqichi,  ularni  tuzish  (institutsiyalash) 

bosqichi  ham da  davlat  va  huquqning  barqaror  amal  qilishi,  takomillashu- 

vi  bosqichi.

Yangi  davlat-huquq  tizimini  to ‘la-to‘kis  shakllangan  deb  e ’tirof etish- 

ning  quyidagi  shartlarini  ko ‘rsatish  mumkin: 




Download 17,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   648   649   650   651   652   653   654   655   ...   702




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish