2 - § . Fuqarolik jam iyati tushunchasi va m ohiyati
Fuqarolik jamiyati insoniyat tarixiy taraqqiyotining alohida yetuklik
davri sifatida uning m a ’rifiy shakllanish, komillikka erishish va ravnaq
topish bosqichlarini o ‘z qamroviga oladi. Bunday ideal jamiyat haqidagi
gkoyaning paydo b o ‘lishidan uning hayotiy voqelikka aylanishigacha
b o ‘lgan amaliyotni ilmiy jihatdan tahlil etish hozirgi kunning dolzarb
mavzusidir. Bashariyat o ‘z tam addunida ulkan taraqqiyot darajasiga erish-
ganligiga qaramay, bugunga qadar fuqarolik jamiyati g‘oyasining tub
m a ’nosi, mohiyati b o ‘yicha yagona nuqtayi nazar shakllanmadi, uning
yagona ilmiy ta ’rifini yaratishga erishilmadi. Xo‘sh, “ fuqarolik jam iyati”
kategoriyasining m a ’noning mazm uni, ilmiy talqini, mohiyatiga oid
xususiyat-belgilari
qanday?
Bu
borada
adabiyotlarda, ju m la d a n
huquqshunoslik sohasidagi adabiyotlarda qanday fikr-mulohazalar mavjud
degan savollar o ‘zining ilmiy yechimini kutmoqda.
Fuqarolik jamiyati qadimdan alloma-mutafakkirlar nazdida jamiyat va
davlat siyosiy tuzum ining adolat, erkinlik, tafakkur zamiriga qurilgan ideal
namunasi tarzida ifodalanib kelgan. Masalan, Aristotel jamiyatni davlat
dan alohida ta sa w u r etmagan; davlatni fuqarolaming umumiy jamoasi
deb t a ’riflagan. “ Davlat fuqarolar yig‘indisining o ‘z ehtiyojlarini yetarli
darajada qondirish qobiliyatiga ega b o ‘lib yashashidir” . Mark Tulliy
Sitseron jamiyatda fuqarolaming huquqiy jihatdan tengligini isbotlashga
uringan: “ ... qonu n fuqarolik jamiyatini bog‘lovchi b o ‘g‘ini, huquq esa
qon un bilan o ‘rnatilib, barcha uchun bir xil bo‘ladi” . Taraqqiyotning bu
bosqichida fuqarolik jamiyati davlat bilan aynan bir deb e ’tirof etilgan.
“ Fuqarolik jam iyati” tushunchasi tarixan insoniyat taraqqiyotining
turli davrlarida yashagan mutafakkirlaming... adolatli ijtimoiy tuzum
535
DAVLAT VA H U Q U Q NAZARIYASI
modelini yaratish yoMidagi intilishlari bilan tavsiflanadigan alohida bir
davrni aks ettiradi.
Hozirgi sharoitda fuqarolik jamiyatini barpo etish dunyodagi aksariyat
davlatlarning siyosiy dasturlarida, konstitutsiyalarida mustahkamlangan
maqsadiga aylangan. Shuningdek, 0 ‘zbekiston Respublikasi ham mus-
taqilikka erishgach, o ‘z oldiga adolatli fuqarolik jamiyati va demokratik
huquqiy davlat barpo etish vazifasini strategik maqsad qilib belgiladi.
Z otan, mamlakatimizda shakllantirilayotgan jamiyat — demokratiya va
adolat prinsiplariga tayanuvchi erkin insonlar jamiyati b o 1m o g‘i lozim.
Konstitutsiyaning m azm un va mohiyatidan shu narsa q a t’iy ayonki,
mamlakatimizda shakllantirilayotgan jamiyat — demokratiya va adolat
prinsiplariga tayanuvchi erkin insonlar jamiyati b o ‘ladi. 0 ‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov shunday degan edi: “ Biz fuqarolik
jamiyati qurishga intilmoqdamiz. Buning m a ’nosi shuki, davlatchiligimiz
rivojlana borgani sari boshqaruvning turli xil vazifalarini bevosita xalqqa
topshirish, ya’ni o ‘zini o ‘zi boshqarish organlarini yanada rivojlantirish
dem akdir” .'
Prezident yana quyidagilarga e ’tiborni qaratgan edi: “ Biz
uchun fuqarolik jam iyati—ijtimoiy makon. Bu m akonda qonun ustuvor
b o ‘lib, u insonning o ‘z - o ‘zini kamol toptirishga monelik qilmaydi, aksin-
cha, yordam beradi. Shaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklari to ‘la
darajada r o ‘yobga chiqishiga k o ‘maklashadi. Ayni vaqtda boshqa
odamlarning huquq va erkinliklari kamsitilishiga yo ‘l q o ‘yilmaydi. Y a’ni
erkinlik va qonunga b o ‘ysunish bir vaqtning o ‘zida amal qiladi”2.
X o‘sh, fuqarolik jamiyatining mohiyatini nima tashkil qiladi, u q a n
day jamiyat?
Eng um um iy tarzda lo‘nda ta ’rif beriladigan bo‘lsa,
Do'stlaringiz bilan baham: |