" s h a r q " n a sh r iy o t -m a t b a a a k s iy a d o r L ik k o m pa n iy a si bosh t a h r ir iy a t I



Download 17,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet651/702
Sana02.01.2022
Hajmi17,78 Mb.
#307312
1   ...   647   648   649   650   651   652   653   654   ...   702
Bog'liq
Одилқориев Х.Т. Давлвт ва ҳуқуқ назарияси.Дарслик (1)

tarbiyaviy funksiya

  ikki  xil  mohiyat  kasb  etadi, 

birinchidan,

 jamiyat 

barcha  a ’zolarini  huquqbuzarlik  sodir  etmaslik,  huquqqa  hurm at  ruhida 

tarbiyalasa, 



ikkinchidan,

  bevosita  huquqbuzar shaxslarni  qayta  tarbiyalash, 

kelajakda  huquqqa  rioya  etish  va  uni  hurm at  qilishga  safarbar  etadi.

4 - § .  Aybsizlik  prezum psiyasi.  Yuridik javobgarlik  va  qilm ishning

 

huquqqa  xilofligini  istisn o   qiluvchi  holatlar



Aybsizlik  prezumpsiyasi  —

  yuridik  javobgarlikka  jalb  etilgan  fuqaro­

ning  aybsizligi  ehtimolidir.  Bu  prinsipga  ko‘ra,  gum on  qilinuvchi, 

ayblanuvchi  yoki  sudlanuvchining jinoyat  sodir  etishda  aybdorligi  q o n u n ­

da  nazarda  tutilgan  tartibda  isbotlangunga  va  qonuniy  kuchga  kirgan  sud 

hukmi  bilan  aniqlangunga  qadar  ular  aybsiz  hisoblanadilar.

G u m o n   qilinuvchi,  ayblanuvchi  yoki  sudlanuvchi  o ‘zining  aybsizligi- 

ni  isbotlab  berishi  shart  emas.  Ya’ni  u  bunga  majbur  emas.  M azkur  vazi- 

fa  sud  va  huquqni  muhofaza  etuvchi  organlar  zimmasiga  yuklanadi.  Sud 

va  huquqni  muhofaza  qiluvchi  mutasaddi  organlar  shaxsni  yuridik javob­

garlikka  tortish  b o‘yicha  yakuniy  xulosa  chiqarishdan  oldin  uning  ayb- 

dorligini  isbotlovchi  ishonchli  dalillarni  t o ‘plashi  lozim.  Agar  buning 

uddasidan  chiqilmasa,  ushbu  prezumpsiyaga  muvofiq  shaxs  aybsiz 

hisoblanadi  va javobgarlikdan  ozod  etiladi.

Aybdorlikka  oid  barcha  shubhalar,  basharti  ularni  bartaraf  etish 

imkoniyatlari  tugagan  b o is a ,  gum on  qilinuvchi,  ayblanuvchi  yoki  sud­

lanuvchining  foydasiga  hal  qilinishi  lozim.  Q onun  qollanilayotganda 

kelib  chiqadigan  shubhalar  ham  gum on  qilinuvchi,  ayblanuvchi  va  sud­

lanuvchining  foydasiga  hal  qilinishi  kerak.  Fuqaroning  aybsizlik  prezum p­

siyasi—shaxs  huquq  va  erkinliklarining  mustahkam  kafolatidir.  0 ‘zbe- 

kiston  Respublikasi  Konstitutsiyasida  (26-m odda)  aybsizlik  prezumpsiyasi 

o ‘zining  ifodasini  topgan  b o iib ,  unda  jum ladan,  shunday  deyiladi: 

“Jinoyat  sodir  etganlikda  ayblanayotgan  har  bir  shaxsning  ishi  sudda 

qonuniy  tartibda,  oshkora  ko ‘rib  chiqilib,  uning  aybi  aniqlanm aguncha  u

524



XXIII  B O B .  H U Q U Q IY  XU LQ -ATVO R ,  H U Q U Q B U ZA R LIK   VA  Y U R ID IK   JAVO BG A R LIK

aybdor  hisoblanmaydi.  Sudda  ayblanayotgan  shaxsga  o ‘zini  himoya  qilish 

uchun  barcha  sharoitlar  t a ’minlab  beriladi...”

Bu  masala  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining 

23-moddasida  ham  o ‘zining  aniq  ifodasini  topgan.

Aybsizlik  prezumpsiyasi  jinoyat  ishi  yuzasidan  haqiqatni  aniqlash 

kafolati  hisoblanadi.  Binobarin,  0 ‘zbekiston  Respublikasining  Jinoyat 

kodeksi  4-moddasining  2-qismida  hech  kim  sudning  hukmi  chiqarilmay 

turib,  jinoyat  sodir  qilishda  aybli  deb  topilishi  va  qonunga  xilof  ravishda 

jazoga  tortilishi  m um kin  emasligi  aniq  belgilab  q o ‘yilgan.  Ushbu  qoidada 

aybsizlik  prezumpsiyasi  mohiyatining  ikki jihati  ochib  berilgan.  Y a’ni:  bi- 

rinchisi  —  jinoyatning  muayyan  tarkibini  belgilash  va  shaxsning  jinoyat 

sodir  etganlikda  iqror  bo‘lishini  qonunga  aniq  rioya  qilgan  holda  amalga 

oshirish;  ikkinchisi  —  shaxs  faqat  sudning  ayblov  xulosasiga  binoan  ayb­

dor  deb  topilishi  va  q onunda  ko‘zda  tutilgan  huquqiy  chora  yoki  jazoga 

tortilishi  mumkin.  Demak,  shaxsning  aybdorligini  belgilash  uchun  faqat 

isbotlash  tartib-qoidalariga  rioya  qilishning  o ‘zi  kamlik  qiladi,  shu  sababli 

jinoyat  uchun  javobgarlik  va  uning  asoslari  yetarlicha  mavjud  b o ‘lishi 

talab  etiladi.

Shaxsning  harakatlarida  Jinoyat  kodeksida  nazarda  tutilgan  alomatlar 

rasmiy  jihatdan  mavjud  b o ‘lsada,  lekin  u  ijtimoiy  xavfli,  g‘ayriqonuniy 

yoki  aybli  boflmasa,  qilmishning jinoiyligini  istisno  qiladigan  holatlar  deb 

topiladi.

Yuridik javobgarlik  va  qilmishning  huquqqa  xilofligini  istisno  qiluvchi 

holatlar  mavjud  va  ularga  quyidagilar  kiradi: 

aqli norasolik,  zaruriy  m udo­

fa a ,  oxirgi  zarurat,  ijtimoiy  xavflilik  darajasi  bo ‘Imagan  huquqbuzarliklar

 

sodir etish  va  hokazolar.

Yuridik javobgarlik  va  davlat  majburlovining  boshqa  turlarini  farqlash 

katta  nazariy  ham da  amaliy  ahamiyatga  ega.  U  shaxs  va  jamiyat  m an- 

faatlarini  himoya  qilish  uchun  ta ’sir  o ‘tkazishning  maqsadga  muvofiq  va 

qonuniy  vositasini  tanlash  imkonini  beradi.

Shunday  qilib,  fuqaroning  aybsizligi  prezumpsiyasi  o ‘zboshimchalik, 

z o ‘ravonlik,  g ‘ayriqonuniy  bosim  o ‘tkazish  va  qonuniylik  buzilishining 

oldini  oluvchi  m uhim   kafolatdir.

525



DAVLAT  VA  HU Q U Q   NAZARIYASI


Download 17,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   647   648   649   650   651   652   653   654   ...   702




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish