to ‘qqizinchidan,
mustaqillik davrida davlat qurilishi va normativ-huquqiy sohada to ‘plan-
gan tajribani bir xil holga keltirib umumlashtirish va ixtisoslashtirish.
0 ‘tish davri sharoitlaridagi tadrijiy o ‘zgarishlarning parlament yo‘li
ustuvor um um jahon tamoyillariga aylanib bormoqda. Faqat rivojlangan
huquqiy jamiyatgina davlat-huquq tizimi sifatida tadrijiy o ‘zgarishlarni
t a ’minlashga qodir. Bunday jamiyat g ‘oyalarning turli-tumanligi (plyura-
lizm) asosida va jamiyat milliy rivojlanishining o ‘ziga xos xususiyatlari
ham da a n ’analarini hisobga olib, o ‘zgarishlarni izchil amalga oshirishni
ta ’minlay oladi.
Davlat allaqachon “tungi qorovul” b o ‘lmay qoldi. Uning faoliyatida
ijtimoiy ta ’minotni tashkil etish, xalq ta ’limi, sogNiqni saqlashni boshqa-
rish va boshqa ijtimoiy masalalarni hal etish kabi ijobiy vazifalar borgan
sari ko‘proq o ‘rin egallamoqda. XX asrda iqtisodiy munosabatlarni tartib
ga solish masalalarida ham davlatning roli jiddiy tarzda oshdi — davlat
nazorati tanglik holatlarini yumshatish va ularga barham berish imkoni-
yatini yaratdi. Rivojlangan mamlakatlarning huquq tizimlarida ijtimoiy
qonunchilik katta o ‘rinni egallamoqda. Davlat ijtimoiy faoliyatining ken-
gayishi natijasida ommaviy huquqning amal qilish sohasi ham kengaydi.
Rivojlangan mamlakatlarning hozirgi fuqarolik jamiyatini burjuaziya
jamiyati, deb atash qiyin. Hozirgi zam on iqtisodiyotida mulkchilik turli
shakllarining uyg‘unlashib ketganligi, qudratli kasaba uyushmalarining
mavjudligi, ijtimoiy yordam tizimining rivojlanganligi, keng demokratik
harakatlarning shaxs huquq va erkinliklarini q o ‘llab-quwatlashi hamda
ularning kafolatlari borasidagi muvaffaqiyati — davlatmandlarni um um -
milliy manfaatlarga e ’tibor bilan qarashga, fuqarolaming boshqa toifalari
bilan kelishishga majbur qilmoqda.
531
DAVLAT VA HU Q U Q NAZARIYASI
Hozirgi sharoitda davlat m a ’rifiy rivojlanishining maqsadi vakillik
institutlari va bevosita demokratiyaning rivojlangan institutlariga ega,
o ‘zini o ‘zi boshqarishning turli shakllariga, barcha m ansabdor shaxslar
qonunga b o ‘ysunadigan va ularning faoliyati vakillik muassasalari
to m o n id a n
nazorat qilinadigan,
boshqaruv organlarining
rahbar
b o ‘g‘inlari saylab q o ‘yiladigan, davlatning faoliyati oshkora va m ansabdor
shaxslar sud oldida javobgar b o ‘ladigan huquqiy, ijtimoiy davlatga
erishishdir.
Fuqarolik jamiyati demokratik institutlar, inson huquq va erkinlikla
rini e ’tirof etish ham da ularning kafolatlariga asoslangan qonunchilik
orqali, jamoatchilik fikri, ko‘ppartiyaviylik tizimi, ta ’sir ko‘rsatish guruhi
va erkin matbuot orqali davlatni o ‘ziga b o ‘ysundirishga intiladi; davlat
esa, ijtimoiy kelishuvga erishish, ijtimoiy hamkorlikni tashkil etishning,
ijtimoiy qarama-qarshiliklarni bartaraf etish yoki yumshatish vositasiga,
jamiyat ishlarini boshqarish mexanizmiga aylanadi. Bunday davlat
tom onidan yaratilgan va muhofaza etilayotgan huquq, birinchidan, u m u
m an, jamiyat va ay rim fuqaroning manfaatlari, ehtiyojlarini himoya qila
di va ifoda etadi; ikkinchidan, jamiyatning ijtimoiy muhtoj qatlamlariga
bir qator imtiyozlar va afzalliklar beradi, q ator moddiy kafolatlarni
ta ’minlaydi.
Insoniyatning tarixiy rivojlanish yo‘li hech qachon to ‘g‘ri va ravon
boNmagan. Tarixda nafaqat oldinga intilish, sakrash, balki shitob bilan
orqaga chekinish hollari ham m a ’lum. Shuning uchun fuqarolik jamiyati
rivojlanishi istiqbollari to ‘g ‘risida optimistik bashoratlar va fikr-muloha-
zalar bilan bir qatorda bunga qarshi bashoratlar ham kam emas.
K o‘pgina mamlakatlarda fuqarolik jamiyati xavfli davrni boshdan
kechirmoqda. Ay rim mintaqalarda fuqarolik jamiyati jah on tam adduni
taraqqiyoti um um iy prinsipining ifodasi sifatidagina mavjud; boshqa
mamlakatlarda esa, qaror topish bosqichida turibdi, biroq uning shaklla-
nishiga xalqning katta qismini o ‘ziga jalb etish va o ‘z ortidan ergashtirish-
ga qodir nufuzli ijtimoiy guruhlar to ‘sqinlik qilmoqda; uchinchi to m o n -
dan, mavjud fuqarolik jamiyati tashqi va ichki kuchlarning xurujlariga
duch kelmoqda. H ozir jaho nda nafaqat demokratiya va inson huquqla-
532
XXIV B O B. JA M IY A T , DAVLAT, H U Q U Q : H O ZIR G I RIVO JLAN ISH I VA ISTIQ BOLLARI
fining muvaffaqiyatlari to ‘g‘risidagi yaqqol faktlar, balki inson huquq va
erkinliklarini poymol qilayotgan, fuqarolik jamiyatini buzayotgan totalitar
rejimlarning mavjudligi ham barchaga m a ’lum.
Agar komendantlik soati joriy etilib, aholi yalpisiga daktiloskopiya
qilinsa, huquqni muhofaza qilish organlariga tintuv, ehtiyot chorasi sifati
da ushlash, qam oqqa olish, surgun qilish borasida keng vakolatlar berilsa,
huquqbuzarliklar t o ‘glrisidagi ishlar jadal tartibda harbiy va boshqa
favqulodda sudlarda hal etilsa, davlat huquqbuzarliklarga qarshi kurash va
huquq-tartibotni saqlashni ta'm inlash borasidagi vazifalarini ancha oson
va muvaffaqiyatli bajargan b o ‘lardi, biroq bunday davlatda, pirovard nati-
jada inson huquq va erkinliklari poymol etilgan, binobarin huquq-tartibot
barbod qilingan bo‘lur edi. Boshqa tom ondan, agar fuqarolar har qanday
cheklov va bedodliklardan ozod b o ‘lsa, fuqarolik jamiyatida boylik va
erkinlik k o‘proq bo‘lib, u gullab-yashnagan boMardi.
0 ‘tgan XX asr insoniyatning bundan buyongi tarixi uchun bir qator
jiddiy tahdidlarni keltirib chiqardi. Yadro quroliga ega boMgan m am lakat
larning soni ortib bormoqda. Hozirgi vaqtda mavjud yadro quroli Yer
sayyorasidagi hayotni yo ‘q qilib yuborishga yetarlidir. Mahalliy ziddiyat-
lar va urushlar termoyadro urushlariga aylanib, global halokatga olib bo
rishi xavfi mavjud. Sanoatning rivojlanishi tabiatga o ‘m ini tiklab b o ‘lmas
darajada ziyon yetkazib b o kldi; insoniyat naslining buzilishi va halok
bo ‘lishi tahdidini solayotgan ekologik falokat kuchayib bormoqda.
Insoniyat Yer yuzi aholisining, ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlardagi
aholining misli ko‘rilmagan darajada ko‘payib borayotganligiga guvoh
b o ‘lmoqda; demografik portlashning ijtimoiy oqibatlari o ‘ta tushkun,
xavotirli bashoratlami keltirib chiqarmoqda.
Yuqorida bayon etilgan m uam m olar, shuningdek ijtimoiy va siyosiy
barqarorlik oqibatida kelib chiqqan, ayrim xalqlar va um um an, insoniyat
taqdiri uchun tashvish ham da xavotirlar keskin ijtimoiy m uam m olarni hal
etishning ekstremistik, m a ’muriy-harbiy kazarma vositalarini taklif eta-
yotgan avtoritar ham da totalitar yo‘nalishdagi siyosiy harakatlar (das-
turlar) uchun ijtimoiy-ruhiy ozuqa bo ‘lmoqda.
Hozirgi zam on davlatlaridagi mavjud asosiy demokratik institutlar
533
DAVLAT VA HU Q U Q NAZARIYASI
tegishli davlatlarning zaruriy qismi b o ‘lib tuyulsada, aslida bunday muas-
sasalarsiz ham ular davlatligicha qolaveradi. Agar davlat fuqarolik ja m i
yatining ta ’siri va nazoratidan qutulishning imkonini topsa, fuqarolik
jamiyati o ‘z tabiatiga ko‘ra davlatga teng kelish uchun yetarli darajada
tashkil etilmaganligi m a ’lum b o ‘ladi. Xalqning alohida ijtimoiy birlik
sifatidagi holati, hozirgi zam on davlati va huquqi fuqarolik jamiyatini
saqlab qolishning hal qiluvchi omilidir.
Hozirgi davlatlarning deyarli barchasi o ‘z konstitutsiyasida xalq (mil
liy) suvereniteti, xalqning hokimiyat negizi va manbayi ekanligi haqidagi
qoidalarni mustahkamlagan. “ Xalq tushunchasining o ‘zi siyosat sohasida
yuzaga kelgan: qadimgi Gretsiyada oliy hokimiyat aholining aksariyat qis
mini tashkil etuvchi to ‘la huquqli erkin fuqarolarga qarashli b o ‘lgan polis-
lar (davlat-shahar) “ demokratiyalar” deb atalgan. М. T. Sitseronning
“ respublica est res populi” (“ davlat yoki respublika — xalq ishi, boyligi” )
degan m ashhur mulohazasida xalqqa alohida ijtimoiy birlik sifatida qara-
ladi. Sitseron shunday deb yozgan edi: “davlat xalq boyligidir, xalq esa,
qandaydir bir tarzda to ‘plangan odam lar birikmasi emas, balki huquq va
manfaatlaming umumiyligi masalalarida o ‘zaro kelishuvga muvofiq bir-
biri bilan bog‘langan juda ko‘p odamlarning jam oasidir” .
K o‘plab odamlarning yagona xalq b o ‘lib birlashuvi ijtimoiy ongning
barcha shakllari, ayniqsa, tarixiy taqdirlarning umumiyligini anglash shak
li orqali yuz beradi. Tarixiy taqdirlarning umumiyligi deyilganda negizida
a n ’analar izchilligi va um um iy tarixiy istiqbollar ko‘zda tutilgan o ‘tmish,
hozirgi davr va kelajakning yagonaligi nazarda tutiladi. Demokratik davlat
va huqu q — hozirgi z am o n fuqarolik jam iyati m ustahkam ligi va
barqarorligining tamal toshi va ishonchli kafolatidir. Fuqarolik jamiyati
normal rivojlangan davrlarda o ‘rta sinf va xalqning aksariyat qismi uni bir-
lashtiruvchi asosiy a n ’analarni, ijtimoiy-axloqiy aloqalarni saqlash hamda
ko ‘paytirish kayfiyatida (niyatida) b o ‘ladi. Bunday davrlarda xalqning
davlatga nisbatan munosabati demokratik institutlar va rivojlanishning
aniq ijtimoiy istiqbollarini q o ‘llab-quw atlashda, ijtimoiy xomxayollik va
diktatorlik koTinishlariga nisbatan norozilik munosabatlarida aks etadi.
Fuqarolik jamiyati g‘oyasi xalqning barqaror taraqqiy topgan turmushi
534
XXIV B O B . JA M IY A T , DAVLAT, H U Q U Q : H O ZIR G I RIVO JLAN ISH I VA ISTIQ BOLLARI
va holati t o ‘g ‘risidagi tasavvuri, umuminsoniy qadriyatlarning amal qilish
usuli sifatida o ‘zbek xalqining ongi va madaniyatiga uyg‘un tarzda singib
ketdi. Fuqarolik jamiyati, inson huquq va erkinliklariga, huquqiy
d em o kratik davlat qurishni oliy m aqsad deb bilgan 0 ‘zbekiston
Respublikasi va uning xalqi istiqbolining asosiy marrasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |