Паст Да — майдон
бўлмаган ҳолдаги
Дублет; юқорида—
магнит майдонида
дублетнинг бўлини-
ши.
Паст да — ўн
тўртта а- ком -
понента, юқо-
рида —еттита
л- компонента.
ikkita Dr va D2 chiziqdan (XDi = 5895,920 A va 7^ = 5889,963 A) iborat; R2 chiziqning intensivligi D1 chiziqning intensivligidan ikki marta ortiq. Qo‘pincha ko‘p komponentalardan tuzilgan yanada murakkabroq multipletlar uchraydi. Bu multipletlarga magnit maydoni taʼsir etganda spektral chiziqlarning bo‘linish manzarasi yukrrida tavsif etilganidan murakkabroq bo‘ladi. Masalan, natriyning dubleti shunday bo‘linadiki, bunda £>3 chiziq 6 kompo- nentaga, Dx chiziq 4 komponentam ega bo‘ladi. Ularning bir qismi l- komponentalar, bir qismiq o- kompo- nentalar bo‘lib, bir-biridan shuncha- lik qochiq turadiki, ayni o‘sha magnit maydonida baʼzilarining bo‘li- nishi normal bo‘linishdan ortiq, bosh- qalarining bo‘linishi normal bo‘lini- shidan kichik bo‘ladi; alohida l- komponenta va o-komponentalarning intensivligi shundayki, xamma chi- ziqlarning aralashmasi qutblanmagan yorug‘lik bo‘ladi. 31.5-rasmda bu bo‘linishning fotosurati, 31.6-rasmda esa bundan ham murakkab hol tasvirlangan, 31.6- rasmda xrom septetining 21 komponentaga bo‘linadigan bitta chizig‘i tasvirlangan; suratning pastki qismida 14 ta o-komponenta, yuqorigi qismida 7 ta l- komponenta bo‘lib, baʼzi ancha zaif komponentalar aniq chiqmagan.
Zdemanning bu anomal effekta manzarasining murakkab bo‘- lishi chyziq xarakterining tashqi magnit maydoni bo‘lmagan holda murakkabligiga tasodifan bog‘liq bo‘lib qolgan emas. Umumiy sabab elektronning elektr zaryadiga ega .bo‘lishdan tashqari yana maʼlum bir magnit momentiga ham ega bo‘lishidadir. Bu magnit momenta bilan atom ichida taʼsir qiladigan magnit maydonining o‘zaro taʼsiri natijasida spektral chizidlar murakkab struktu- rali bo‘ladi, bu magnit momenta bilan tashki magnit maydonining o‘zaro taʼsiri natijasida chiziqlar murakkab (anomal) raviщda bo‘linadi. Bunday o‘zarotaʼsirlar faqat kvant nazariyasi yordamida hisobga olinadi. Faqag kvant nazariyasigina Zyemanning anomal effekta ni qanoatlanarli darajada talkin etish bilan baravar spektral chiziqlar strukturasining murakkab bo‘lish sababini ham aniqladi.
Zyemanni oddiy (normal) effekti ham kvant nazariyasida talqin etiladi, buningustiga, kvant nazariyasi yordamida topil- gan natija Lorents yaratgan oddiy nazariya natijalari bilan bir xil bo‘lib chiqadi. Zyemanning dastlabkitajribalarida normal triplet kuzatilish fakti juda qulay hol bo‘lib, birok U optik hodisalarning elektron nazariyasini rivojlantirishda g‘oyat muhim rol o‘ynadi. Zyemanning normal effektini elektron tasavvurlar asosida talknn etim Lorents nazariyasining hal qiluvchi yutuq- laridan biri bo‘lib, keyingi kuzatishlarda hodisa ko‘pincha bundan yanada-murakkab bo‘lishm aniklangan holda ham bu yutuqlar og‘ishmay turdi. Elektron nazariyaning talqiniga amal qilib, bu murakkabrok hollar anomal hollar jumlasiga kiritildi; haqiqat- da esa ular umumiyrok hodisa bo‘lib, normal effekt esa bu umumiy hodisaning atigi xususiy holidir.
173-§. Zyemanning teskari effekti. Bu effekt bilan
Faradey hodisasi o‘rtasidagi munosabat
Zyeman effekti yutilish chizyqlarida xam kuzatildi (Zyemanning teskari ■ effekti). Agar yutuvchi modda, masalan, yutilish- ning3 keskin spektral chizig‘ini beradigan metall bug‘lari elektromagnit kutblari orasiga qo‘yilsa, u holda yutilish spektrining ko‘rynishy magnit maydoni berilganda o‘zgaradi. Maydon bo‘lmagan holda bo‘ylama kuzatishda yutilishning keskin chizig‘i ko‘rinadi; magnit maydoni berilganda bu chiziq ikki yutilish chizig‘iga al- mashadi, ular dastlabki chiziyedan ikki tarafda simmetrii ravishda katta va kichik to‘lqinlar sohasiga surilgan bo‘ladi; bunda Av siljish kattaligi magnit maydonining N kuchlanganligiga propor- sional ravishda o‘sadi va o‘sha (171.8) formula bilan anyqlanadi (bundagi chizyq normal effektga mos keladigan chiziq);
Av=±— — N. (173.1)
4l m
Qo‘ndalang kuzatishda dastlabki .yutilish chizigi yonida yana ikki chiziq paydo bo‘ladi, bular uning ikki tomonida undan Dv = ~ ± N masofada turadi. Yutilish koeffitsiyenta tushayotgan
4l t
yorug‘likning qo‘tblanish xarakteriga (yaʼni chiziqli yoki doiraviy qutblangan ekaniga) bog‘liq.
Bu hodisalarning nazariy maʼnosini tushunish oson. Magnit maydonlari taʼsiri ostida atomlar tebranishining xususiy davr- lari va demak, yutilish chiziqlarining vaziyati o‘zgaradi. Buylama yo‘nalishda kuzatish o‘ng va chap aylanishga mos keladigan xususiy chastotalar turli tomonlarga surilishini ko‘rsatadi. Zyeman hodi- sasi bilan Faradey hodisasi o‘rtasidagi munosabat ana shunga qarab aniqLanadi. Sinish ko‘rsatkichi teqshirilayotgan to‘lqinning chastotasy moddaning xususiy chdstotalariga yaqinligiga bog‘liq bo‘l- gani (dispersiya egri chizig‘i) uchun, magnit maydoni taʼsiri ostida sinish ko‘rsatkichi ham o‘zgaradi; bunda o‘ng doyra va chap doyra bo‘yicha qutblangan tayinli chastotali to‘lqinlar uchun sinish ko‘r- satkichi turlicha o‘zgaradi.
Shunday qilib, magnit maydoni taʼsiri ostida nurniig ikkiga ajralib (aylanib) sinish hodisasi, yaʼni Frenel nazariyasiga asosan qutblanish tekisligining aylanish hodisasi (Faradey hodi- sasi) yuz beradi.
Dispersiya egri chizig‘ida (31.7-rayem) munosabatlar orttirilgan masshtabda tasvirlangan. I egri chiziq magnit maydon ida chap doyra bo‘yicha qutblangan nurning sinish ko‘rsatkichi o‘zgarishini, 7/ egri chiziq o‘ng doyra bo‘yicha qutblangan nurning sinish ko‘rsatkichi o‘zgarishini ko‘rsatadi. Biror X to‘lqin uzunligi uchun magnit may- donida nur doira bo‘ylab ikkiga ajralib sinishi chizmadan ko‘ri- nib turibdi. X uzunlik Xo ga qanchalik yaqin bo‘lsa, bu effekt shunchalik kuchliroq bo‘ladi. Haqiqatan ham, yutilishning xususiy chiziqlari yaqinida aylanish effekta ayniqsa katta bo‘ladi. Biroq qutblanish tekisligi aylanishining metodi nihoyat darajada sezgir metod bo‘lgani tufayli xususiy chastotalardan ancha uzoqda ham Hodisa oson kuzatiladi (q. 168-§).
31.7-rayem. Magnit maydoni bo‘lmagan holdati dispersiya »gri chizig‘i (yaxlit chiziq) va magnit maydoni taʼsir eta- yotgan holdagi dispersiya egri chizig‘i.
Do'stlaringiz bilan baham: |