126
imkoniyati kamayadi. Muhitning yoritish tizimi holat va sezuvchanligiga
ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi:
-
doimiy yoritish tizimlari
– tashkilot binosi atrofida o‘rnatilgan
yoritish vositalari;
-
kutish rejimidagi yoritish tizimlari –
biror bir ogohlantiruvchi
signal ta’sirida avtomatik yoki noavtomatik tarzda ishlaydigan yoritish
vositalari;
-
harakatlanuvchi yoritish tizimlari –
qo‘lda boshqariluvchi
yoritish vositalari bo‘lib, qorong‘uda zaruriyat bo‘lganida yoritish uchun
foydalaniladi;
-
favqulotda yoritish tizimlari –
elektr energiyasi manbalari ishdan
chiqqanida tashkilot binolarini vaqtinchalik yoritish uchun foydalaniladi.
Boshqa fizik xavfsizlik choralari: energiya manbalari.
Energiya
manbalari nafaqat tashkilotning axborot
texnologiyalari tizimiga, balki
fizik xavfsizlikni ta’minlash tizimlariga ham katta ta’sir qiladi.
Energiyaning yetarli darajada bo‘lmasligi yoki tez-tez uzilib qolishi
natijasida jixozlarga zarar yetishi mumkin. Tashkilotlarda energiya
manbaining uzilishi natijasida yuzaga keladigan zararni kamaytirish
uchun quyidagi xavfsizlik choralarini ko‘rish lozim:
-
energiya
tebranishlariga tayyor turish;
-
energiya uzilishi kuzatilganida uzluksiz energiya manbalaridan
(UPS – Unintrruptible power supply) foydalanish;
-
vositalarni tahdidlardan himoyalash tizimlarini o‘rnatish;
-
ish joylarida statik elektr ta’siridan himoyalash tizimlarini
o‘rnatish;
-
elektr energiyasida ishlaydigan vositalardan to‘g‘ri foydalanish.
Ish joyining xavfsizligi: qabulxona.
Tashkilotning qabulxonasi har
doim mehmon va tashkilotlar orasida o‘zaro aloqa o‘rnatishda muhim
joy hisoblanadi. Tashkilot qabulxonasida
deyarli har kuni turli
mehmonlar, hamkorlar, xodimlar va h. bo‘lishadi. Shu sababli,
qabulxonadagilar ularning har birini tanib olishga harakat qilishlari va
qaydlashlari lozim.
Ish joyining xavfsizligi: Server/ zaxira nusxalash qurilmalarining
xavfsizligi.
Har bir tashkilot o‘z serverining va zaxira nusxalash
vositalarining fizik xavfsizligini ta’minlashga e’tibor berishi lozim.
Ushbu vositalarga nisbatan fizik ruxsatlarning cheklanganligi bois,
ulardan faqat ruxsat etilgan shaxslar foydalana olishlari mumkin. Server
va zaxira nusxalash qurilmalarining fizik xavfsizligini ta’minlash uchun
quyidagilar amalga oshiriladi:
127
-
server va zaxira nusxalash qurilmalarini alohida xonada saqlash.
Bu chora ushbu qurilmalarning noma’lum shaxslar yoki xodimlar
tomonidan ruxsatsiz boshqarilishini cheklaydi;
-
server va zaxira nusxalash vositalari
joylashgan xonaga yoki
muhitga kuzatuv kameralarini va smart karta yoki biometrik
parametrlarga asoslangan autentifikatsiyani joriy etish;
-
serverlarni, o‘g‘irlanishidan va zararlanishidan himoyalash
uchun, maxsus tagliklarga o‘rnatish;
-
turli energiya o‘zgarishidan himoyalash uchun serverlarni zaxira
UPS
vositasiga ulash;
-
qurilmalarni qulflanuvchi xonalarda saqlash;
-
xodimlar tomonidan ruxsatsiz zaxira nusxalamasligini va server
vositalarini olib chiqib ketilmasligini ta’minlash.
Do'stlaringiz bilan baham: