“-Property” xususiyati uchun axborot oqimlari sxemasi


Fizik xavfsizlikni nazoratlash



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/27
Sana03.12.2022
Hajmi1,54 Mb.
#877765
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
uc5eSIuXit3c8leeCyPq0vgCzJQaYAcp59HCQQ3m

Fizik xavfsizlikni nazoratlash. 
Biror fizik xavfsizlikni mos 
xavfsizlik nazoratisiz, amalga oshirish qiyin. Fizik xavfsizlik nazoratini, 
qaysi darajada amalga oshirilishiga qarab, quyidagicha tasniflash 
mumkin: 
-
ma’muriy nazorat 
xavfsizlikni nazoratlashda inson omilini 
mujassamlashtiradi. Turli lavozimlardagi barcha xodimlar ma’muriy 
nazoratni qurishda inobatga olinishi kerak. Ma’muriy nazorat har bir 
foydalanuvchi boshqarishi mumkin bo‘lgan resurslarga asoslanib
boshqaruv cheklanishlarini, amaliy muolajalarni, qayd yozuvini amalga 
oshirish muolajalari va axborot tizimi uchun mos himoya darajasini o‘z 


118 
ichiga oladi. U asosan insonni boshqarish uchun shaxsga qaratilgan 
usullarni amalga oshiradi. 
-
fizik nazorat 
tashkilotlardagi fizik tizimlarga zarar yetishini oldini 
olish bilan shug‘ullanib, qurilmalarni, bino yoki biror bir maxfiy muhitni 
ruxsatsiz boshqarishdan himoyalashni qamrab oladi. Fizik nazorat 
qurilmaning yo‘qolishi yoki o‘g‘irlanishi, tasodifan zararlanishi yoki 
yo‘q qilinishi, yong‘in yoki tabiiy ofatlar kabi tahdidlardan 
himoyalashga xizmat qiladi. 
-
texnik nazorat 
mantiqiy nazorat kabi tashkilotdagi fizik aktivlardan 
yoki binolardan foydalanishni nazoratlash texnologiyalaridan 
foydalanib, odatda taqiqlangan hududda foydalanishlarni nazoratlash 
uchun kompyuter qurilmalari, dasturlari, amallari va ilovalardan 
foydalanadi. 
-
fizik xavfsizlikni nazoratlash, joylashuv va arxitektura. 
Tashkilotlar 
o‘zlari uchun binolar sotib yoki ijaraga olishdan oldin binoning 
joylashuvi, qo‘shni binolar, elektr va suv manbalari, kanalizatsiya tizimi, 
kichik va katta yo‘llarga yaqinligi, transport masalasi, tez yordam 
ko‘rsatish holati, shifoxona, ayeroportga yaqinligi, mazkur hududdagi 
jinoyatchilik ko‘rsatkichi yoki turli xavfsizlik insidentlarining 
mavjudligi va boshqa fizik xavfsizligiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan 
barcha omillarni e’tiborga olishlari shart. Tanlangan hudud toshqinlar, 
tarnadolar, yer silkinishi, dovul, yong‘inlar kabi tabiiy ofatlardan xoli 
bo‘lishi tavsiya etiladi. 
Binolarning joylashuvi haqida yetarlicha axborotga ega bo‘lib, 
ichki struktura va arxitekturani loyihalash va rejalashtirish vaqtida 
tashkilot tomondan binodagi barcha aktivlarning ro‘yxati tayyor bo‘lishi 
lozim.
Tashkilot infrastruktura va arxitekturasini loyihalashda quyidagi 
jihatlarga e’tibor berishi lozim: 
-
binoga kirish eshiklarining soni, asosiy kirish, zinalar, lift, 
mashinalar to‘xtab turish joylari, o‘tish yo‘laklari va qabul qilish 
hududlarini aniqlashtirilganligiga; 
-
joylashgan hududga yaqin qo‘shni binolarning ichki va tashqi 
arxitekturasi va atrofdagilar haqida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun 
binolarning egasi va menedjerlari bilan suhbatlashilganiga; 
-
halokatli buzilishlar va tashqi tomondan aktivlarni ko‘rinishi 
orqali zarar yetishi mumkin bo‘lgan tahdidlarga; 


119 
-
agar bino boshqa tashkilotlar bilan sheriklikda foydalanilsa, 
ularni sizning shaxsiy ma’lumotlaringizga va muhim aktivlaringizga 
ta’sirini o‘rganilganligiga; 
-
fizik xavfsizlikni, maxfiy ma’lumotlarni saqlash va tashkilot 
faoliyatini samarali tashkil etishini nazoratlash uchun talab etilgan 
muhim infrastrukturani aniqlashtirishga. 
Fizik xavfsizlikni nazoratlash: yong‘inga qarshi tizimlar. 
Yong‘inga qarshi tizimlar o‘zida 
aktiv 
va 
passiv yong‘inga qarshi 
himoyani 
mujassamlashtirgan bo‘lib, fizik xavfsizlikni ta’minlashda 
muhim omil hisoblanadi, yong‘in yuzaga kelganini avtomatlashgan yoki 
avtomatlashmagan holda aniqlaydi (4.17-rasm). 

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish