“-Property” xususiyati uchun axborot oqimlari sxemasi



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/27
Sana03.12.2022
Hajmi1,54 Mb.
#877765
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27
Bog'liq
uc5eSIuXit3c8leeCyPq0vgCzJQaYAcp59HCQQ3m

Kombinatsion qulflar
raqam va simvollar kombinatsiyasidan iborat 
bo‘lgan maxfiy kodni kiritishni talab etadi. 


123 
Fizik xavfsizlikni nazoratlash: Yashirin qurol/ kontrabanda 
qurilmalarini aniqlash moslamasi. 
Tashkilotlarda odatda shaxslar 
tomonidan olib kiriladigan jixozlar yoki vositalar maxsus skanerlar 
yordamida turli qurollar yoki kontrabanda vositalarini, bombalar, yoki 
o‘q otar qurilmalari aniqlanadi. Mazkur skanerlarga misol tariqasida, 
metallni aniqlovchilar, X-ray aniqlash tizimlari va harakat bo‘ylab 
metallni aniqlash tizimlarini keltirish mumkin (4.20-rasm). 
4.20-rasm. X-Ray metall detektorlar 
Fizik xavfsizlikni nazoratlash: qopqon 
chegarani buzib o‘tuvchini 
tutuvchi fizik xavfsizlikni nazoratlash vositasi hisoblanib, odatda xavfli 
hududni xavfsiz hududdan ajratadi. Qopqon ikki eshikli mexanik 
qulflashga asoslangan kichik hudud bo‘lib, ikkinchi eshik ochilishidan 
oldin birinchi eshik yopiladi. Shaxsni autentifikatsiyalash smart karta, 
PIN kod yoki biometrik usullar asosida amalga oshirilishi mumkin
(4.21-rasm). 
4.21-rasm. Qopqon 


124 
Fizik xavfsizlikni nazoratlash: xavfsizlik yorliqlari va 
ogohlantiruvchi signallar. 
Yorliqlar xavfsizlik darajasi turlicha bo‘lgan 
axborotdan foydalanishda ruxsatlarni cheklash uchun qulay hisoblanadi. 
Buning uchun, tashkilotdagi ma’lumotlarga xavfsizlik yorliqlari beriladi. 
Quyidagi xavfsizlik yorliqlari mavjud: 
-
ochiq ma’lumotlar (unclassified); 
-
chegaralangan ma’lumotlar (restricted); 
-
konfidensial ma’lumotlar (confidential); 
-
maxfiy ma’lumotlar (secret); 
-
o‘ta maxfiy ma’lumotlar (top secret). 
Axborotdan foydalanishdan oldin uning yorlig‘iga qarab, 
ruxsatning borligi yoki yo‘qligi aniqlanadi, agar ruxsat bo‘lsa undan 
foydalanish mumkin.
Ogohlantiruvchi signallardan, odatda, tashkilotdagi ko‘p sonli 
xodimlarning ruxsatsiz harakatlarini cheklash uchun foydalaniladi. 
Ogohlantiruvchi signallarga “TAQIQLANGAN HUDUD” 
(RESTRICTED AREA), “OGOHLANTIRISh” (WARNING), 
“XAVFLI” (DANGER) iboralarini misol tariqasida keltirish mumkin 
(4.22-rasm).
 
 
4.22-rasm. Ogohlantiruvchi belgilar 
 
Fizik xavfsizlikni nazoratlash: video kuzatuv vositalari 
tashkilot 
aktivlarining fizik xavfsizligini ta’minlashda muhim komponent 
hisoblanadi. Video kuzatuv moslamalari odatda tashkilotning kirish 
eshiklarida, zallarida va ishchi hududlarida o‘rnatilib, kirish va chiqish 
harakatlarini kuzatishga yordam beradi. Zamonaviy video kuzatuv 
vositalari nafaqat harakatlarni qaydlashga, balki nomaqbul harakatlarni 
aniqlash imkonini ham beradi. Masalan, taqiqlangan jixoz olib 
kirilayotgan yoki olib chiqilayotgan holatni aniqlaydi yoki janjal 
bo‘layotgan holatni aniqlab, ogohlantirish signalini yuboradi. Video 
kuzatuv vositalari sifatida hozirgi kunda quyidagi kameralardan 
foydalanib kelinmoqda (4.23-rasm). 


125 
a) Dome CCTV b) Bullet CCTV 
c) C-mount 
CCTV 
d) Day/ night 
CCTV 
4.23-rasm. Kuzatuv kameralari 
Fizik xavfsizlikni nazoratlash: fizik xavfsizlik siyosati va 
muolajalari. 
Har bir tashkilot samarali fizik xavfsizlikni amalga oshirish 
uchun talab qilingan fizik xavfsizlik siyosatini va muolajalarini amalga 
oshirishi zarur. Turli tashkilotlar uchun fizik xavfsizlik siyosati turlicha 
bo‘lishi mumkin. Xususan, tashkilot fizik xavfsizligining siyosati o‘zida 
quyidagilarni mujassamlashtiradi: 
-
xodimlarning huquq va vazifalari; 
-
foydalanishlarni boshqarishning nazorati; 
-
qaydlash va audit. 
Fizik xavfsizlik muolajalari o‘z ichiga quyidagilarni oladi: 
-
qulflash tizimini boshqarish; 
-
suqilib kirish insidentlarini qaydlash; 
-
tashrif buyuruvchilarni boshqarish; 
-
konfidensial materiallarni yo‘q qilish; 
-
qog‘ozdagi axborot uchun 

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish