¬¬¬¬¬¬¬ O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi



Download 141 Kb.
bet10/12
Sana25.02.2023
Hajmi141 Kb.
#914371
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1443846744 61532

1.Sanoatni rivojlantirish
2.Harbiy kuchlarni mustaxkamlash
3.Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish
4.Fan va texnika yutuqlarini yangilash
«To‘rtlik modernizatsiyasi» dasturi orqali Xitoy xalq xo‘jaligini tiklash hamda uni rivojlantirishni ishlari 1978-yil dekabr oyida bo‘lib o‘tgan XKP MK ning 11 chaqiriq 3- plenumida o‘z ifodasini topib, uni amalga oshirish bosqichlari aniqlandi.
Iqtisodiy islohotlarning maqsadi – Xitoy davlatini iqtisodiy jihatdan rivojlanishini va aholi farovonligini oshirishni ta’minlashdan iborat bo’lib, uning asisiy vazifalari mamlakat iqtisodiyotining hamma jabhalarida uni bosqichma-bosqich amalga oshirish hisoblanadi.
Mamlakat aholisi va hududining ma’lum bir qismining boyib borishi, bu umumiy maqsad yo‘lidagi qo’yilgan birinchi qadamlar edi. Sharqiy Osiyo mintaqasi mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanish tajribasidan kelib chiqqan holda, iqtisodiy islohotlarning boshlang’ich davrida turli xil rayonlarning iqtisodiy o‘sishida farqlarning yuzaga kelishi tabiiy holdir.
«To‘rtlik modernizatsiyasi» dasturi orqali qishloq xo‘jaligini tiklash va uni ko‘tarish ko‘zda tutilar ekan, avvalo 2 daryo oralig‘idagi serhosil hududlarni isloh qilish maqsad qilib qo’yilganligini qayd qilish lozimdir. Qishloq xo‘jaligida yerlarning dehqonlarga ijaraga berilishi, davlat buyurtmalarining qisqartirilishi va unga sifat jihatdan yangicha qaralishi natijasida, dehqonlarning ishlab chiqarishga bo‘lgan munosabati sekin-asta o‘zgara bordi. Hosildorlik yildan-yilga oshib borib, 2000-yillar boshida mamlakatdagi oziq-ovqat muammosi deyarli hal etildi. Qishloq xo‘jaligini isloh qilish mobaynida yalpi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari-2,2 marotabaga, shu jumladan, don yetishtirish-42,8% ga, paxta yetishtirish -2,6 marotabaga, qand lavlagi yetishtirish-3,5 marotabaga, go‘sht yetishtirish esa - 3,7 marotabaga oshdi.
Xitoy sanoatining isloh qilinishi
1949-yilda, ya’ni, XXR tashkil qilingan davrda, xitoy sanoatining rivojlanganlik darajasi juda past edi. Asosiy fondlar 12,4 mlrd. yuani tashkil etib, sanoatning tovarlarni ishlab chiqarishdagi ulushi ham juda past bo‘lgan. Masalan, tekstil sanoatida ishlab chiqarilgan ip-tolasi yiliga 3327 ming tonnani, ko‘mir kazib chiqarish esa - 32 mln. tonnani tashkil etib, asosiy sanoat uchun xom ashyo va tayyor mahsulotlar xorijdan keltirilar edi. 1949-1978 yillar davomida Xitoy sanoati bir tomonlama rivojlangan bo‘lib, asosan harbiy sanoatni o‘z ichiga olar edi. 1980 yilda XXR Hukumat Kengashi «xo‘jalik birlashmalarini qo‘llab-quvvatlashning chora va tadbirlari haqida»gi maxsus qarorini chiqardi. Gorizontal xo‘jalik birlashmalariga turli xil soha korxonalari kirgan bo‘lib, uning natijasida yirik korxonalar guruhi, (ya’ni - YKG lar) tashkil etildi.
Bu davrda xo‘jalik sub’ektlarining faoliyatida boshqaruv munosabatlari, mulkchilik shakllari va soliqlarning turlari o‘zgarishsiz saqlanib qolindi.
Xitoy sanoatini isloh qilish asosan, 1984-yildan boshlandi. Dastlab tajriba sifatida xo‘jalik korxonalarida soliq imtiyozlari berilib, o‘z-o‘zini ta’minlash tizimiga o‘tila boshlandi. 1986-yilda Xitoy hukumati «Xo‘jalik korxonalarini gorizontal birlashtirishning ba’zi bir jihatlari to‘g‘risida»gi qarorini qabul qildi va uni e’lon qildi. Bu qarorda davlat korxonalarini qayta tashkil etish modellari ko‘rib chiqildi.
Shu bilan birga, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga keng imtiyozlar berildi. Energetika, elektronika, mashinasozlik, aviasozlik, ximiya, oziq-ovqat sanoatlari juda yuqori sur’atlar bilan rivojlandi. Xorijiy texnologiyalar asosida maishiy texnika (televizorlar, sovutgichlar, audio-apparaturalar) ishlab chiqarila boshlandi. Bu qilingan ishlar esa, aholining turmush sharoitini yaxshilanishiga olib keldi. 1978-2004 yillarda yalpi sanoat ishlab chiqarishning o‘rtacha yillik o‘sishi 12%ni tashkil etdi.
1988-1990 yillar Xitoy iqtisodiy islohotlarida tub burilishlar davri bo‘ldi. Bu davrga kelib, Xitoy qishloq xo‘jaligi, sanoati va xizmat ko‘rsatish sohasidagi olib borilgan islohotlar o‘z natijalarini berayotgan bo‘lib, Xitoy xalqi esa, bozor iqtisodiyoti tushunchalari va qonun-qoidalariga o‘z munosabatlarini bildirayotgan edi. 1988-1989 yillarda XXR poytaxti Pekin shaxrida bo‘lib o‘tgan ommaviy namoyishlar (Pekin shaxrining Tyananmin maydonida talabalar va ziyolilar o’zlarining ijtimoiy huquqlarini himoya qilib chiqishdi) mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar yo’nalishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Qisqa vaqt ichida jamiyat 3 ga bo‘linib ketdi: bir guruh odamlar, yuqori davlat amaldorlari sof sotsialistik tuzum va mafkurani saqlab qolishga intilgan bo‘lsalar, jamiyatning aksariyat faollari bozor iqtisodiyotiga to’liq o‘tishni talab qilib chiqdilar. Xitoy iqtisodiy islohotlar bosh arxitektori hisoblangan Den Syaopin Xitoy Xalq Respublikasining keyingi rivojlanish yo’lini belgilab berib, quyidagi ijtimoiy rivojlanish tamoyilini e’lon qildi:

  1. Ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishga to’sqinlik qilmaslik.

  2. Reja sotsializmga ekvivalent emas, shuningdek bozor ham kapitalizmga ekvivalent emas. Reja va bozor iqtisodiyotidan ikkala tizimda ham foydalanish mumkindir.

  3. Insonning ongini o‘stirib, ularning moddiy boyliklarini ko‘paytirishda ko‘maklashish.

1990-yillar boshlarida “xitoycha sotsialistik bozor iqtisodiyoti” tizimi to’liq shakllandi va qaror topdi. 1992-yil 12-oktyabrda bo‘lib o‘tgan XKP ning 14-Umum Xitoy s’ezdida 1990-2000 yillarda Xitoy jamiyatining qurilish yo‘nalishlari va isloh qilishning asosiy maqsad xamda vazifalari belgilab olindi.

Download 141 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish