Xitoy jamiyatida mafkuraviy jarayonlar tahlili Xitoy Xalq Respublikasi va xitoy xalqi haqida umumiy ma’lumot



Download 22,64 Kb.
Sana21.01.2020
Hajmi22,64 Kb.
#36396
Bog'liq
MILLIY G'OYA

Xitoy jamiyatida mafkuraviy jarayonlar tahlili

Xitoy Xalq Respublikasi va xitoy xalqi haqida umumiy ma’lumot

Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) — Markaziy va Sharqiy Osiyoda joylashgan davlat. Dunyoda aholisi eng ko’p va maydoni jihatidan eng yirik davlatlardan biri sanaladi. Maydoni 9,6 mln. km². Aholisi 1 mlrddan oshiq. Poytaxti — Pekin shahri. Maʼmuriy jihatdan 23 provinsiya, 5 muxtor rayon va markazga boʻysinuvchi 4 shahar (Pekin, Shanxay, Tyendzin, Chunsin)ga boʻlinadi.

Xitoy — koʻp millatli davlat. Jami aholining 95% i xitoylar; qolgan qismi turli til guruhi va oilalariga mansub boʻlgan 56 xalqdan iborat. Xitoyning shimoliy gʻarbida turkiy tillar guruhiga mansub xalqlar — uygʻurlar, qozoqlar, qirgʻizlar, salorlar va boshqa, shimoliy va shimoliy sharqidagi dasht va chala choʻllarda mongol guruhiga kiruvchi xalqlardan mongollar, dunsyanlar, tular, shimol sharqida tungus manjur xalqlari, gʻarbi (Tibet) va jan.gʻarbida tibetbirma xalqlari, janubda tai tillarida soʻzlashuvchi xalqlar va boshqalar yashaydi. Sintszyanning jan.gʻarbida pomir tojiklari ham bor.

Dindor xitoylar buddizm, daosizm va konfutsiychilikka eʼtiqod qiladi. Xueylar va turkiy guruhga kiruvchi xalqlarning ko’pchiligi islom dinining sunna mazhabiga eʼtiqod qiladi (pomir tojiklari ismoiliya mazhabida). Rasmiy til — xitoy tilidir.

Xitoy xalqi dunyodagi eng qadimiy xalqlardan biri hisoblanib, bu millatning madaniy ildizlari uzoq tarixga borib taqaladi. Hozirgi kunda Xitoydagi eng ko'p xalq hisoblanmish Xan millati miloddan avvalgi asrlarda ham hukmronlik qilganini tarix ko'rsatadi. Shundan keyin Xitoyni bir necha sulolalar boshqargani barchamizga ma'lum. Misol uchun mog'ul va manjur xalqlari bir necha asr mobaynida Xitoy hududida hukmronlik o'rnatishgan. Shuncha asr Xitoyda bo'la turib bu buyuk millatlar barchasini o'zining iste’losini bardavom qila olmadi. Bizga yaxshi ma'lumki biron mamlakatni egallash uchun u xalqning madaniyatini yo'q qilish darkor. Lekin ular bu ishni amalga oshira olmadi. Xitoy xalqi o'zining an'analariga sodiq qolib mamlakatni asrab qola oldi. Hukmronlik o'rnatgan sulolalarning oxirgi manzili bo'lib hozirgi kunda Xitoyning kam sonli millatlarga aylanishi bo'ldi. Demak xitoyliklar nafaqat o'zlari madaniyatiga sodiq qolmasdan, boshqalarni ham da'vat etadilar. Bunga yorqin misolni yuqorida keltirib o'tdik.

Xitoy xalqi shunday xalqki, ular eng avvalo o’z madaniyatiga, urf-odatlari va qadriyatlariga sodiqlar. Ularda patriotizm g’oyalari juda kuchli hisoblanadi. Bundan tashqari xitoyliklar qayerga borishlaridan qat’iy nazar hatto o’z madaniyatlarini o’sha joylarda o’tkazishga harakat qiladilar. Ular dastavval, Xitoy hududida yashovchi kam sonli millatlardan boshlashdi. Ularning tiliga, madaniyatiga ta'sir o'tkazishdi. Hozirgi kunda shu xalqlarning asosiy qismi xitoy iyerogliflaridan foydalanishadi.

Xitoyliklarning yana bir katta yutug’idan biri, mening fikrimcha, ularning qadimdan shakllanib kelayotgan yozuvlari – iyerogliflarga asoslangan yozuvlarini saqlab qolganliklari. Xitoy yozuvi dunyodagi eng murakkab sanalgan yozuvlardan hisoblansada, ular bundan voz kechishmadi. Mana shu yozuv orqali ham butun dunyoga mashhur xalq deyish mumkin.

Xitoy xalqida qadimdan milliy g’oyaning shakllanishi

Xitoy xalq Respublikasi dunyoda mavjud sivilizatsiyalardan eng qadimiysi hisoblanadi. Ularning buyuk tarixi mavjud. Shundan kelib chiqgan xitoyliklar o’z tarixini juda yaxshi bilishadi va tarixlari bilan mag’rurlanishadi. Qadimda Xitoy hududiga qanchadan- qancha bosqinchilar bostirib kelmasin, baribir xitoy hali hamon qadimgidek Xitoy maqomini ushlab qolgan. Xitoy xalqining azaldan boshqa ihtirolari bilan bir qatorda, fuqarolarning umummilliy g’oyasini shakllantirganliklari bilan mashhurdirlar. Insoniyat tarixidagi eng qadimgi mafkuraviy ta'limotlarni konfutsiylik, legizm va daosizm g’oyalari bilan bog’liq deb bilishgan.

Xitoy jamiyati tuzilishining o'ziga xosligi - klan (urug’-aymoqchilik birlashmalari) institutining alohida ahamiyatga egaligidir. Agar klan institutlari ko'pincha G'arb davlatlari uchun ijtimoiy taraqqiyotga to'sqinlik qiladigan bo'lsa, Xitoy uchun bu sivilizatsiya mavjudligining tabiiy shakli hisoblanadi. Klanlar bugungi kunda Xitoy xalqi uchun tizimli rol o'ynaydi. Jamiyat organizmining hayotiy muhimligi sifatida ularning asosiy ahamiyatini anglab etgan holda, Xitoy kommunistik ma'murlari hech qachon klan tizimini yo'q qilish vazifasini ilgari surmaganlar.

Xitoyda klan institutlari xitoy xalqining qadriyatlarini ifodasi sifatida ko’riladi. Ular davlat va shaxs o’rtasidagi aloqa hisoblanadi. Shu ma'noda, klan tizimi Xitoy davlatining integratsiyalashgan salohiyatini ta'minlaydi, bu Xitoyning eng muhim sivilizatsion aloqalaridan biri hisoblanadi.

Xitoy xalqining milliy g’oyasi ilk marotaba Gomindan partiyasining asoschisi Sun Yatsin tomonidan nazariy shakllantirilgan. "Haqiqiy siyosatda Konfutsiy" deb baholangan, o'zining yangi kontseptsiyani ishlab chiqqan milliy konfessiyasiga nisbatan mafkuraviy davomiylikni aks ettirgan. Uning bu g’oyasi asosan konfutsiychilik g’oyalari bilan chambarchas bog’langan edi. Sun Yatsin tomonidan ishlab chiqilgan “Uchta milliy prinsip haqida” deb nomlangan nazariyasi hozirgi kunda Tayvan Respublikasining mafkurasi sifatida qaraladi.

“Uchta milliy prinsip”: millatchilik, xalq hokimiyatchiligi va xalq faravonligi.



Zamonaviy Xitoyda Milliy g’oya

Hozirgi zamon XXRning milliy mafkurasi Konstitutsiya bilan mustahkamlangan. Zamonaviy Xitoyda sotsializmning milliy xitoylik xususiyatlari bilan birgalikda ta'limoti ham qabul qilindi. Xitoyda sotsialistik modelning o'ziga xos xususiyatlari g'oyasi ham “maosizm” doirasida asoslab berildi. Biroq Mao hukmronlik davrida, milliy xususiyatlarga qaraganda, sotsializmga ko'proq e'tibor berildi. Bugungi kunda Xitoyda asosiy shior - kommunistik jamiyat qurish emas, balki "Xitoy xalqining ulkan yangilanishi".Xitoy milliy xususiyatiga mos keladigan sotsializm mafkurasida mafkuraviy strukturaning ikkinchi komponentiga yo'nalish belgilandi. Sotsializm endi maqsad emas, balki millatning buyukligini ta'minlash vositasi sifatida qabul qilinadi.

Hozirgi kunda Xitoy jamiyatidagi yana bir ko’zga tashlangan voqea –bu “xitoy orzusi” deb nomlangan yangi shior paydo bo’ldi. Bu bilan bog’liq Xitoy ommaviy axborot vositalarida shu mavzuga doir maqolalar va ko’rsatuvlar namoyish qilindi. Bu tushuncha Xitoy rahbariyatining yangi (beshinchi) avlod hokimiyatga kelganidan keyin, uning keng ommaga yoyildi. Bu atamalarning talqini Xitoyda ham, chet elda ham qizg'in bahs-munozaralarni keltirib chiqarmoqda. Keng ma’noda Xitoy madaniyati xitoy xalqining g’ururi va “millatning buyuk qayta qurilishi” asosiy tarkibini tashkil etadi, shu jumladan, o’z ichiga tarixni, zamonaviy xitoy va xitoy tilini bilish hozirgi kunda Xitoyning faol “Soft power”(yumshoq kuch)ga aylangan. 2011-yilda, madaniyat sohasidagi islohotlar yanada chuqurlashtirish bo’yicha XKP MK qarori XKP qo'mitasi 17-chaqiriq 6 -plenumida qaror qabul qilingan. Ko’p xitoylik mutahassislarning fikriga ko’ra, bu qarorda oldinga qo’yilgan maqsad avvalambor, xitoy madaniyatini chet elda ham targ’ib qilish va “yumshoq kuchning” zamonaviy xitoy jamiyatiga samaradorligini oshirishdan iborat.

Xitoy ortida “yumshoq kuchlar”ning siyosatini amalga oshirishdagi asosiy qurollari bo’lib, bular: Xitoy ta’lim muassasalari, chet eldagi xitoyliklarning va xitoylik ommaviy axborot vositalarining birlashmalari. Hech ajablanarli emaski, Xitoy ommaviy axborot vositalarni bu muassasalarni “uch xazinalar" yoki "uch ko'prik" deb nomlaydilar.

Chet eldagi xitoyliklar tarixiy Vatanni modernizatsiya qilish jarayonida faol ishtirok etmoqdalar. Shu kungacha Xitoyda xorijiy sarmoyalarning 60 foizini chet ellik xitoy fuqarolari tashkil etadi. Chet eldagi xitoylik tadbirkorlar (huasheng)Xitoy kapitalini chet elga chiqarishda faol ishtirok etadilar: Xitoy kompaniyalarining filiallarini tashkil qilishda va transmilliy korporatsiyalarni shakllantirishda katta yordam beradilar.

Xitoylik mutaxassislarninf fikriga qaraganda, chet eldan yangi g’oyalar, jamiyat rivoji uchun foyda bo’ladigan innavatsion g’oyalarni olib kirishning eng samarali usullaridan biri bu - yoshlarni chet elda erkin o’qishlarini, yurtiga qaytganida rag’batlantirishni yo’lga qo’yish va “chet elga kirib chiqishlarni erkinlashrish” ni ta’minlash.

Xitoyning “yumshoq kuch” siyosatini chet elda amalga oshirishdagi yana bir yo’nalishlaridan biri bu xitoy mahsulotlarini chet el bozorlariga olib chiqish, chet el bozorlarini bosib olishni maqsad qilib qo’yishgan.

Bundan ko’rinib turibdiki, yuqorida ta’kidlanganidek, Xitoy xalqi o’z madaniyatiga, qadriyatlariga sodiq bo’lganliklari sababli, ularga tashqi tahdidlar ta’siri unchalik sezilmaydi. Aksincha ular chet elga “yumshoq kuch” orqali butun dunyoga chiqish arafasida ekani bilinadi.

Ammo shuni ham aytish kerakki, hozirgi kunda Xitoy madaniyatida g'arbning ta'sirini ko'rishimiz mumkin. Bu asosan hozirgi zamon yoshlarda g’arbning o’ziga xos bo’lgan ommaviy madaniyati uchrashi bilan seziladi. Barcha xalqlarga ta’sir qilganidek, globalizatsiya xitoyni ham chetlab o’tayotgani yo’q. Albatta, mamlakat bunga qarashi chora-tadbirlar uyushtirishga harakat qiladi.

Bugun biz tarixiy bir davrda – xalqimiz o’z oldiga ezgu va ulug’ maqsadlar qo’yib, tinch – osoyishta hayot kechirayotgan, avvalambor o’z kuch va imkoniyatlariga tayanib, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurishi yo’lida ulkan natijalarni qo’lga kiritayotgan bir zamonda yashamoqdamiz.

Biz o’z taqdirimizni o’z qo’limizga olib, azaliy qadriyatlarimizga suyanib, shu bilan birga, taraqqiy topgan davlatlar tajribasini hisobga olgan holda, mana shunday olijanob intilishlar bilan yashayotganimiz, xalqimiz asrlar davomida orziqib kutgan ozod, erkin va farovon hayotni barpo etayotganimiz, bu yo’lda erishayotgan yutuqlarimizni xalqaro hamjamiyat tan olgani – bunday imkoniyatlarning barchasini aynan mustaqillik berganini bugun hammamiz chuqur anglaymiz.

Shu haqiqatni xalqimiz har tomonlama to’g’ri tushunib, tanlagan taraqqiyot yo’limizni ongli ravishda qabul qilgani va qo’llab – quvvatlagani oldimizga qo’ygan maqsadlarga erishishning asosiy manbayi va garovi ekanini hayotning o’zi tasdiqlamoqda.

Milliy taraqqiyot yo‘lidagi har bir jamiyat o‘z oldiga qo‘ygan bosh maqsaddan kelib chiqib, rivojlanish va taraqqiyotning yaqin-uzoq kelajakka mo‘ljallangan aniq dasturini belgilab olishi kerak. Shu ma’noda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida ko‘zda tutilgan besh ustuvor yo‘nalish mamlakat hayotining barcha sohalari, jumladan, ommaviy axborot vositalari uchun ham yaqin yillar uchun amaliy faoliyat dasturidir.

Keyingi olti yil ichida Birinchi Prezident Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan Kontseptsiya asosida mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotini isloh qilish, boshqaruv tizimini takomillashtirish borasida e’tiborga molik ishlar amalga oshirildi. Shu masalaga bag‘ishlab o‘tkazilgan ilmiy-amaliy konferentsiyada taniqli olimlar, siyosat va jamoat arboblari, nufuzli moliya institutlarining mutaxassislari, shuningdek, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki vakillari Islom Karimovning jahon jamoatchiligiga yaxshi ma’lum besh tamoyiliga yuksak baho berdilar. G‘oyat murakkab sharoitda mamlakat iqtisodiyoti barqaror rivojlanayotgani, xalqimiz hayoti va tafakkurida ijobiy o‘zgarishlar yuz berayotgani, fuqarolik jamiyati institutlari izchil rivojlanayotgani, fuqarolarning ijtimoiy faolligi va boshqa yutuqlarimiz bunday bahoga asos bo‘ldi deyish mumkin.

Bu e’tirofning qimmati yana shundaki, bugun dunyoda kechayotgan, odamlarning turmush tarziga bevosita ta’sir ko‘rsatayotgan moliyaviy inqiroz dunyoning ko‘plab davlatlarida ijtimoiy dasturlarning qayta-qayta ko‘rib chiqilishiga, ish o‘rinlarining qisqarishi oqibatida ishsizlikning ko‘payishiga olib kelgani, O‘zbekistonda esa inqirozga qarshi chora-tadbirlar dasturining o‘z vaqtida qabul qilinishi ko‘plab salbiy holatlarning oldini olishga xizmat qildi.

Kontseptsiyada ilgari surilgan muhim g‘oyalardan biri ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada erkinlashtirish, uning huquqiy bazasini mustahkamlash edi. Bugun hammamizga bir haqiqat ayonki, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonini yanada chuqurlashtirish, aholining mamlakat ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy hayotidagi faol ishtirokiga erishish uchun, avvalo, jamiyatda so‘z erkinligi va axborotni hech qanday moneliksiz olish imkoniyati, ommaviy axborot vositalarining odamlar o‘z fikr-mulohazalarini erkin ifoda etadigan xolis minbarga aylanishi, buning uchun fuqarolarning axborot sohasidagi huquq va erkinliklari to‘la ta’minlanishi zarur bo‘ladi. Chunki, jamiyat a’zolarining axborot olish, axborotni va shaxsiy fikr-mulohazalarini bayon qilish, tarqatish huquqi mamlakatimizda demokratik jamiyat barpo etishning muhim sharti hisoblanadi. Shu bois ham istiqlol yillarida ommaviy axborot vositalarida so‘z erkinligini amalda ta’minlashga, demokratik talab va standartlarga mos keladigan milliy qonunchilik bazasini yaratishga jiddiy e’tibor berildi. “Axborot erkinligi printsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi odamlarning o‘zlari istagan axborotni hech bir moneliksiz olish, ayni chog‘da, axborotni muhofaza qilish, shaxs, jamiyat va davlatning axborot borasidagi xavfsizligini ta’minlash imkonini berdi desak, xato bo‘lmaydi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi "O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida"gi farmonida 2017 – 2021-yillarda mamlakatimiz taraqqiyotini yanada jadallashtirishga doir ustuvor vazifalar belgilab berildi. Harakatlar strategiyasidagi beshta ustuvor yo'nalishdan to'rtinchisi ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratilgan. Aholi farovonligini ta'minlash, bandlik, salomatlikni muhofaza qilish, uy-joy masalalari qatoridan ta'lim-tarbiya tizimini taraqqiy ettirish masalasi ham o‘rin olgan.

Farmonga binoan ta'lim va ilm-fan sohasini yanada rivojlantirish borasida kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Bunda xalq ta'limi tizimida keng islohotlarni amalga oshirish orqali ta'lim-tarbiya sifatini oshirish, yangi maktab binolari barpo etish, rekonstruksiya qilish, kapital ta'mirlash, ularni zamonaviy o'quv-laboratoriya uskunalari, axborot-kommunikasiya texnologiyalari va o‘quv-metodik qo'llanmalar bilan to‘liq ta'minlash kabi qator masalalar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Umumiy o'rta ta'lim sifatini tubdan oshirishda qator fanlar, jumladan, chet tillar, matematika, fizika, informatika, kimyo, biologiya fanlarini chuqurlashtirilgan tarzda o‘qitishga alohida e'tibor qaratiladi.

Bundan tashqari, maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, shart-sharoitlarini tubdan yaxshilash, pedagog va mutaxassislarning malakasini yuksaltirish, maktabgacha ta'limga bolalar qamrovini oshirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish kabi dolzarb vazifalar turibdi. Xalq ta'limi vazirligi jismonan sog'lom, ruhiy va intellektual rivojlangan, teran fikr va qat'iy hayotiy nuqtai nazarga ega, Vatanga sodiq yoshlarni tarbiyalash, jamiyatda ularning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida quyidagi chora-tadbirlarni bajarishni rejalashtirmoqda.

Birinchidan, mavjud me'yoriy-huquqiy hujjatlarni zamon talablari asosida takomillashtirish lozim. Ya'ni, ta'lim tizimiga qo‘yilayotgan zamonaviy talablardan kelib chiqib, umumiy o‘rta ta'limni tashkil etish to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjatlar qayta ko‘rib chiqiladi hamda "Umumiy o‘rta ta'lim to‘g‘risidagi nizom"ning yangi tahrirda qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Ikkinchidan, o'quvchi-yoshlarni vatanparvarlik, yurt taqdiriga daxldorlik, qonunlarga hurmat ruhida o'stirish, zararli ta'sirlar va oqimlarga qarshi ma'naviy immunitetini mustahkamlash, qat'iy hayotiy pozitsiyaga ega qilib tarbiyalash borasida qator ustuvor vazifalar amalga oshiriladi.

Shu maqsadda o‘qituvchilar, hayotiy tajribaga ega keksalar, mahalla faollari ko'magida o'quvchilar va ota-onalar o'rtasida kitobxonlikni, mutolaaning inson kamolotidagi beqiyos o‘rnini targ‘ib etishga alohida ahamiyat berilmoqda.

Uchinchidan, yetuk, mahoratli o‘qituvchilarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini isloh qilish, kadrlar salohiyatini yuksaltirish choralari ko'rilmoqda.

Buning uchun xalq ta'limi tizimidagi rahbar va pedagog kadrlar malakasini oshirish mazmuni va sifatiga qo'yiladigan davlat talablari takomillashtiriladi. O'quv reja va dasturlar mazmuni qayta ko'rib chiqilib, zamon talabiga moslashtiriladi. Pedagog kadrlar malakasini oshirish tizimidagi professor-o'qituvchilar sifat tarkibi yosh, ilmiy salohiyatga ega kadrlar bilan to'ldiriladi. Pedagogika institutlarida ta'lim yo'nalishlari bo'yicha ixtisoslik fanlarini o'qitish metodikasining yangi o'quv dasturlari yaratiladi.

To’rtinchidan, maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish muhim strategik vazifalardandir.

4 aprel kuni Nukus shahrida reabilitatsiya markaziga ega bo’lgan birinchi maktabgacha ta’lim muassasi ochildi.

“Imkon” deb nomlangan yangi loyiha doirasida taqdim etilayotgan ushbu muassasa jismoniy turli nuqsonlari bo’lgan bolalarni ijtimoiy – madaniy muhitga jalb etish, ularni maktabgacha ta’lim va sog’lomlashtirish reabilitatsiyasi bilan ta’minlash imkonini yaratib berdi.

Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”, “Ma’naviyat”, 2008

  2. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev “O’zbekistonni rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi”, 2017-yil 7-fevral

  3. Gen.lib.esc.ru

  4. www.google.com



Xulosa

Xulosa qilib shuni aytmoqchimanki, avvalambor xitoy tilini shuncha yildan beri o’qib, xitoyliklarning mafkurasi bilan doimo qiziqib kelganman. Albatta biz o’zbeklarning milliy mafkurasi bilan xitoy milliy mafkurasida farqlar bor ekan.

Biz avvalambor ona tilimizni ulug’lashimiz unga hurmat ko’rsatishimiz kerak. Chunki hamma narsa tilga borib taqaladi. Bekorga o’z tilini “ona tili” deb aytilmaydi. Onadek muqaddas ko’rilmog’i kerak. Abdulla Qahhorning bir ajoyib gaplari bor: “Nima uchun yo’l harakati buzgan odamga militsiya hushtak chaladiyu, tilni buzganga hech kim indamaydi”. Bu gapda albatta haqiqat bor. Ayniqsa, biz yoshlar hozirgi kunda tilni buzishda juda kata xatolar qilamiz. Hattoki ko’cha- ko’ylarda, barchaning ko’zi tushadigan joylarda juda qo’pol xatolar bilan yozib qo’yishadi. Bo’lajak filolog sifatida shuni aytmoqchimanki, tilimizni asrash, uni hurmat qilish bu bizning milliy g’ururimizni asrash bilan barobar deb o’ylayman va hozirgi kunda yuqorida ta’kidlaganimdek OAV larda o’z ona tilimizni qadrlash doirasida turli xil chora – tadbirlar amalga oshirilmoqda. Yaqqol misol tariqasida shuni aytishim mumkinki, “Kitobxonlik” teleko’rsatuvi butun o’zbek xalqining yuragidan joy oldi. Yoshlarimiz qiziqish orqali o’zaro kitobxonlik musobaqalari uyushtirmoqdalar, buni nafaqat maktab, kollej yoki oliy ta’lim muassasalarida balki hozirda global bo’layotgan internet tarmoqlarida ham ko’rishimiz mumkin.

Taqqoslash uchun Xitoyda yozuvlar 1956-yili qiyin tizimdan yengil tizimga o’tkazildi. O’sha paytlarda olimlar tomonidan xitoy yozuvi, iyerogliflardan voz kechish taklifi ham chiqdi. Lekin ular yozuvdan voz kechmay, uni yengillashtirish yo’lini tashlashdi. Hozirgi kunda Xitoyda iyeroglilarni nazoratga soluvchi kommitet faoliyat yuritadi. Xitoyliklar o’z tilini shu darajada hurmat qilishadiki, xatto chet tilidan o’zlashgan so’zlarga ham iyerogliflar topib, aynan uning xitoy tilidagi muqobil variantini ishlatishga harakat qilishadi. Tilni shu darajada rivojlantira oldiki, Xitoyda barcha kino, ko’rsatuv, hatto musiqalar berilayotganda chog’da, nima deyayotgan bo’lsa uning yozuvi past qismida berib boriladi. Bu yozuvlardan xato topish juda ham mushkul.



Xulosa o’rnida yana shuni aytishim mumkinki, hozirgi kunda davlatimizda jadal rivojlanish yuqori cho’qqilar sari intilmoqda. Xorijda ishlaydigan yurtdoshlarimiz bilan shaxsan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev suhbatlashib kelmoqdalar va ularga hozirgi kunda davlatimizdagi shart – sharoitlar a’lo darajadaligi bilan tanishtirmoqdalar. Bu albatta o’z samarasini bermoqda xorijda o’z faoliyatini yuritayotgan yurtdoshlarimiz yurtimizga qaytmoqdalar.

Davlatimizda xorijiy investorlar faol ish yuritib kelmoqdalar. Butun dunyoga tanilmoqdamiz.
Download 22,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish