¬¬¬¬¬¬¬ O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi



Download 141 Kb.
bet6/12
Sana25.02.2023
Hajmi141 Kb.
#914371
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1443846744 61532

Xitoy mintaqaviy siyosatining shakllanish xususiyatlari
Mintaqaviy siyosat - bu umumdavlat mintaqaviy, mahalliy manfaatlarni ma’muriy, iqtisodiy, milliy, madaniy va boshqa sohalarda optimal tarzda mutanosibligini ta’minlovchi chora–tadbirlar majmuasidir. Mintaqaviy siyosatning asosiy qismlaridan biri - ishlab chiqarish kuchlarini, iqtisodiy salohiyatni, zamonaviy ilm fan va texnika markazlarini, ishlab-chiqarish infratuzilmasini optimal ravishda joylashtirishdan iboratdir.
XXR si tashkil topgan kunga qadar ham qoloq bo‘lib kelgan iqtisodiyot undan keyin ham vayrona holatga tushib qoldi. Ishlab – chiqarish kuchlarini taqsimlashda bir tomonlama yondashish o‘z ta’sirini o‘tqazdi. Butun sanoat quvvatining yarmidan ko‘pi 5 ta shaharda: Shanxay, Tyanszin, Guanchjou, Chanchun va Sindouda jamlangan bo‘lib, ular orasida, birinchidan, Xitoyning markazga bo‘ysungan 4 ta yirik shaharlari bo‘lsa, ikkinchidan, aynan mana shu shaharlarga chet el investisiyalari eng ko‘p hajmda kiritilgandir.
1978 yil oxirida XKP si MK sining 3 – Plenum, 11 - Chaqirig‘ida mamlakatda iqtisodiy islohotlarni va “ochiq eshiklar” siyosatini olib borish, ya’ni mamlakatni janubiy-sharqiy hududini chet el investisiyalari uchun dunyo davlatlariga ochib berish lozimligi ta’kidlandi va bu islohotlarni amalga oshirish uchun esa, mamlakatda 1980 yilda «to‘rtlik modernizatsiyasi» dasturi qabul qilindi. Bunda ustuvor sohalar aniqlab olinib, ularni rivojlantirish birinchi darajali vazifa qilib belgilandi. Bu sohalar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: qishloq xo‘jaligi, sanoat, xizmat ko‘rsatish, harbiy himoya sohalaridir.

Xitoy mintaqaviy iqtisodiy-siyosatining asosiy yo‘nalishlari va uning zamonaviy o‘zgarish tendensiyalari.
Xitoydagi iqtisodiy islohotlar jarayoni asosiy ikki davrni o‘z ichiga olib, ular quyidagilardan iboratdir:
I davr – 1979-1991 yillardan iborat bo‘lib, bu yillarda sanoat ishlab chiqarishi miqyosini o‘stirishni davom ettirish va uni boshqarishni isloh etishda birinchi qadamlar qo‘yildi. Mamlakatning qishloq joylaridagi agrosanoat qurilishlari shu davrga xos bo‘lgan hodisalardan biri edi. Boshqarishdagi o‘zgarishlar «quyi qatlamga huquq berish» konsepsiyasi asosida olib borildi. Asosan, mazkur xarakatlar mamlakat territoriyasining janubiy-sharqiy va markaziy hududlarida amalga oshirila boshlandi.
1984 yildan boshlab, eksperiment (tajriba) tariqasida, turli xildagi yangi mulk shakllari joriy etila boshladi, ya’ni: oilaviy pudrat, ijara, hissadorlik, pay kabilar. 1987 yildan boshlab esa, sekin-asta deyarli hamma o‘rta va yirik davlat korxonalari yuqori tashkilot bilan o’zlarining aniq ishlab chiqarish hajmi va davlat byudjetiga muayyan mablag‘ ajratish to‘g‘risida bitimlar tuzib – xo‘jalik yuritishning pudrat turiga o‘tqazildi.
1988 yilda davlat sektorini isloh etishni faollashtirish bo‘yicha bir qator tadbirlar olib borish bilan kechdi. Ushbu yilda korxonalar to‘g‘risida qonun qabul qilindi, hissadorlik bo‘yicha tajribalar amalga oshirilib, mamlakatda Davlat mulk qo‘mitasi tashkil etildi.
Xitoyda yangi tizimiy siyosat shakllana borib, u qishloq xo‘jaligi, og‘ir va yengil sanoat orasidagi mutanosiblikni hamda infrastrukturaviy ta’minotni yaxshilashga yo‘naltirildi. 1980 yillar o‘rtalariga kelib, yengil sanoatdagi sezilarli orqada qolish bartaraf etildi. Yengil sanoat shu yilda o’zining o‘sish sur’ati bo‘yicha 11,7% ni tashkil yetdi, og‘ir sanoat esa, atigi 6,6% dan iborat bo‘ldi. Yengil sanoatning umumiy sanoat o‘sishiga qo‘shgan hissasi 59,2% ni tashkil etdi.
1985-1990 yillarda og‘ir sanoatning o‘sish sur’atlari yanayam ko‘tarildi va u qayta ishlab chiqarish tarmog‘i foydasiga hal bo‘ldi. Agar, 1978 yilda xom ashyoviy va qayta ishlovchi sohalar nisbati 1: 0,96 ga teng bo‘lgan bo‘lsa, 1988 yilga kelib, ularning nisbati 1:1,67 ni tashkil etdi. Bu yo‘nalishda yuqori texnologik soha ortda qola boshladi. Yengil sanoat ichida qishloq xo‘jalik xom ashyosida ishlaydigan tarmoqlar juda ham tez sur’atlarda o‘sib bordi, natijada ushbu tarmoqlar, nisbatan past sur’atlarda rivojlanayotgan qishloq xo‘jaligiga qarama-qarshi turib, unda raqobat muhitini keltirib chiqardi.
II davr – bu 1992-1998 yillar hisoblanib, unda islohotlarning birinchi 10 yili natijalaridan iborat bo‘lgan o‘tish davri xo‘jalik mexanizmi bozor qonunlari va direktiv rejalashtirish tamoyillari birligiga asoslandi. Uning natijasida korxonalar ikki, bir-biriga o‘xshamagan manbalar yordamida boshqarila boshladi, ya’ni, ma’muriy boshqaruv va bozor orqali.
Davlat reglamentatsiya va dotatsiyalariga (pul mablag‘lari yordami) o‘rganib qolgan va amalda zarar emas, balki faqatgina daromad (foyda) olish uchun javobgar bo‘lgan korxonalar «bozor sharoitiga» uncha xush bermasdan kira boshladilar yoki kirsalar ham, qisqa muddatli maqsadlarni ko‘zlagan holda unga qatnashdilar.
Mavjud gorizontal aloqalarning va makroiqtisodiy nazoratning bo‘shligi natijasida, turli darajadagi xo‘jalik boshqaruvidagi korxonalaruchun vazifalarni taqsimlash markaz darajasida amalga oshirilar edi. Bunda eng katta yutuqqa quyi tashkilotlar emas, balki ular orasidagi mintaqaviy boshqaruv tashkilotlari erishdilar.
XXR sidagi mintaqaviy bo‘linish uning 7- besh yillik (1986-1990y) rejasini tuzish bilan bevosita bog‘lik bo‘ldi. U siyosiy ma’noga ega bo‘lib, mintaqaviy siyosat tamoyillaridan va yangi vazifalardan kelib chiqdi. Bu yerda gap iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichi maqsadlariga yaqinlashish to‘g‘risida, XXRsini faol ravishda jahon xo‘jaligi aloqalari tizimiga qo‘shilishiga va bu jarayonga Xitoyni ichki rayonlarini sekin-asta qo‘shilishi to‘grisidadir. Shunday qilib, g‘arbiy hududlarni keng miqyosli o‘zlashtirilishi natijasida, iqtisodiy qurilish markazini sharqiy rayonlardan g‘arbiy rayonlarga olib o’tish ko‘zda tutildi

Download 141 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish