Mamlakat iqtisodiy qurilishidagi xatolar («Katta sakrash», «Madaniy inqilob»)
1957-1966 yy. yirik sotsialistik qurilishlar davri bo‘ldi. Lekin, bu davrda bir qator kamchilik va xatolar ham bo‘ldi. 1956y. XKP VIII-s’ezdida mamlakatdagi industrialashtirish jarayonining birinchi bosqichini tugallash uchun 15 yil muddat belgilandi. Biroq, bu reja “Katta sakrash”ning avantyuristik dasturi orqali surib chiqarildi. Mazkur «Katta sakrash» dasturi bo‘yicha Xitoy, yetti yilda Angliyaga va yana 8 yildan so‘ng esa, Amerikaga yetib olish ko‘zda tutilgan edi.
Xitoy Xalq Respublikasi o‘z oldiga mamlakatni industriallashtirishni rejalashtirdi va ushbu yonalishda yangi dastur qabul qilindi. Mamlakatni industriallashtirishning qabul qilingan yangi Xitoy spesifikali kursi bir vaqtning o‘zida ham sanoatni, ham qishloq xo‘jaligini, kichik va yirik korxonalarni hamda ishlab chiqarishning an’anaviy va zamonaviy turlarini rivojlantirishni ko‘zda tutgan edi.
«Katta sakrashning» salbiy oqibatlari 1960 yildayoq ko‘rina boshladi. Mayda ishlab chiqarishning keng tarqatilishi zamonaviy sanoat ishlab chiqarishni buzilishiga olib keldi. Shu bilan bir qatorda, olib borilgan ishlar mavjud xom ashyoning ulkan miqdorda chiqitga chiqishiga, energiya va mehnat resurslarini keragidan ortiqroq foydalanilishiga olib keldi. Xalq xo‘jaligidagi to’liq xo‘jalik yuritishdagi anarxiyaning real havfi tug‘ilib, uning natijasida «Katta sakrash» kursi bekor qilindi.
1966 yilda yana bir marotaba iqtisodiy rivojlanishda xatoga yo‘l qo‘yildi, ya’ni "Madaniy inqilob» dasturini amalga oshirilishi natijasida, mamlakat yana bir marotaba ulkan talofotga yuz tutdi. Shu yili boshlangan «Madaniy inqilob» partiya va davlat organlarini bir necha yillik faoliyatini barbod qilib, ziyoli va texnik mutaxassislarga nisbatan repressiyalarni kuchaytirish bilan kechdi. Bu esa, xo’jalik hayotida tartibsizliklarga olib keldi va sanoatni rivojlantirish ishiga juda ham salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Madaniy inqilob” oqibatida ham mamlakat iqtisodiy jihatdan (600 mlrd yuan miqdorida ziyon kurdi) katta talofotlarga yuz tutdi. 1976 yilda XKPsi MQ keng omma yordamida kontrrevolyutsion guruhlarga qarshi kurashdi va shu bilan yangi tarixiy davrga qadam qo‘yildi.
1978 yil aprel oyi plenumidan keyin, Den Cyaopin boshchiligida olib borilgan iqtisodiy islohotlar va “Ochiq eshiklar” siyosati iqtisodiyot rivojlanishida tub burilishlar yasadi. O‘tgan yillar davomida yo‘l qo’yilgan xato va kamchiliklardan saboq oliinib, bilim va tajribalarga asoslangan holda hamda iqtisodiy islohatlar olib borilishi natijasida, Xitoy so‘nggi 10 yilliklarda barqaror iqtisodiy o‘sishga erishdi. Xitoy o‘zining rivojlanish yo‘lini tanlashda g‘arb mamlakatlari, Sobiq Ittifoq, Yaponiya, Tayvan va Janubiy Koreya davlatlarining rivojlanish modellariga asoslandi. Mamlakat aholisining kopligi, uning madaniy, ilmiy-texnikaviy darajasining pastligi, ekin maydoni, chuchuk suv va energiya resurslarining taqchilligi hamda tabiiy muhitning buzilishi kabi muammolar iqtisodiy rivojlanishda bir qancha iqtisodiy qiyinchiliklarga olib keldi.
1978 yilning oxirida XKP MK 3 Plenum 11-chaqirigidan so‘ng, Xitoy ochiqlik va islohotlar siyosatini amalga oshira borib, sekin-asta “Xitoy spesifikali” sotsialistik modernizatsiya (yangilanish) yo’li tanlab olindi va bu borada qator ishlar amalga oshirila boshlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |