Xarajat elementlari, turlari
|
Baholash usullari
|
Ishlab chiqarish xarakteridagi bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar
|
FIFO
|
LIFO
|
AVEKO
|
Xaqiqiy tannarxida
|
|
Ishlab chiqarish xarakteridagi bevosita va
bilvosita mehnat haqi va ajratmalar
|
Hisoblangan va tan olingan qiymati bo’yicha
|
Ishlab chiqarish xarakteridagi asosiy vosita
va nomoddiy aktivlar eskirishi
|
Belgilangan me’yorlar asosida
|
Ishlab chiqarish xarakteridagi bevosita va bilvosita boshqa xarajatlar
|
Xaqiqiy qiymati bo’yicha
|
Debitorlik va kreditorlik majburiyatlari
|
Tan olingan bo’yicha
|
va
|
yuzaga
|
kelgan
|
qiymati
|
Qimmatli qag’ozlar
|
Pulli ekvivalentlarni xaqiqiy qiymati bo’yicha
|
Asosiy vositalar kapital qo’yilmalar
|
va
|
nomoddiy
|
aktivlar,
|
Sotib olish va qurish qiymatida (har yilning 1-yanvar holatiga qayta baholash amalga oshiriladi)
|
Tugallanmagan ishlab chiqarish
|
Tugallanmagan ishlab chiqarishni haqiqiy qiymati bo’yicha
|
Marjinal foyda kontributsiyasi va uning omilli tahlili
Marjinal foyda- faoliyat natijaviyligini baholashda muhim samaradorlik ko’rsatkichi hisoblanadi. Uning aniqlanishida ishlab chiqarish xarajatlarini mahsulot hajmining o’zgarishiga muvofiq, o’zgaruvchan va o’zgarmas xarajat moddalariga tarkiblanishi hisobga olinadi. Mahsulot sotishdan olingan sof tushumdan o’zgaruvchan xarajatlarni chegirish asosida marjinal foyda ko’rsatkichiga chiqiladi. Marja foydasidan o’zgarmas xarajatlarni chegirish asosida mahsulot sotishdan yalpi foyda (sof foyda) ko’rsatkichi aniqlanadi.
Ishlab chiqarish xarajatlarining o’zgaruvchan va o’zgarmas xarajatlarga tarkiblanishi nashr etilgan adabiyotlarda nazariy jihatdan bayon etiladi, lekin uning buxgalteriya hisobining ob’ektiga aylanmaganligi, ularning amaliyotda alohida tarkiblanishini talab etmaydi. Shu sababli, amaliyotda ishlab chiqarish xarajatlarini o’zgaruvchan va o’zgarmas xarajatlarga tarkiblagan holda hisobga olish tartibiga amal etilmaydi. Ishlab chiqarish xarajatlarini o’zgaruvchan va o’zgarmas xarajatlardan tashqari, shartli o’zgaruvchan xarajatlarga ham tarkiblash “Xarajatlar tarkibi to’g’risidagi” N......42F43 berilgan sharxlarda keltirib o’tiladi. Shartli o’zgaruvchan xarajatlarni tarkiblash esa so’ngi o’zgarishlarga muvofiq olib tashlangan.
Ishlab chiqarish xarajatlarini o’zgaruvchan va o’zgarmas xarajatlarga tarkiblashdan maqsad shuki-bu xarajatlarni yuzaga chiqish shakli, o’rni va javobgarlik markazlari bo’yicha hisobga olish hamda xarajatlarni maksadli boshqarish imkonini beradi. Afsuski, ishlab chiqarish xarjatlarini o’zgaruvchan va o’zgarmas xarajatlariga tarkiblashda ishlab chiqarish va davr xarajatlarini bir xil mazmunda qarashmoqda. Vaxolanki bu tarkib xarajatlarning har ikkalasida ham o’zgaruvchan, o’zgarmas xarajatlar mavjud.
43F
Mahsulot sotishdan olingan tushumni hisoblashda “Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi”44 Qonunni qa’bul qilinishi va amaliyotga kiritilishi bilan kassali usuldan hisobga olish usuliga o’tish belgilandi. Buni bevosita hisobning barcha o’zgaruvchi birliklarini o’z ichiga oluvchi korxona hisob siyosatining o’zgarishi bilan xarakterlash mumkin. Demak, marjinal foyda kontributsiyasiga ta’sir etuvchi asosiy birliklardan biri bu- korxona hisob siyosatining o’zgarishidir.
Kassali usuldan hisobga olish usuliga o’tilishi marjinal foyda, yalpi summasini oshiradi. Lekin keyingi davrlar bo’yicha uning realligini ta’minlash vazifasi qo’yiladi.
43 Maxsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish xarajatlari tarkibi, maxsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar hamda moliyaviy natijalarning shakllanish tartibi to’g’risidagi” Nizom. O’zR. MV. 1999 y. 54-son
44 “Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi” Qonun, 1996 y. 30-avgust
– jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |