Mavzu bo’yicha tavsiya etiladigan adabiyotlar ro’yxati
(1, 3, 4, 5, 6, 8, 10, 13, 14, 15, 17,20, 21, 23, 24, 25, 27, 39, 40, 42, 45, 48, 49, 54, 55,
56, 58, 59, 61, 62, 63, 64, 65, 69, 70)
Realizatsiya hajmi, ishlab chiqarish xarajatlari va foyda aloqadorligini tahlili
Realizatsiya hajmi, ishlab chiqarish xarajatlari va foyda ko’rsatkichlari uzviy bog’liqlikga ega. Realizatsiya hajmi orqali yalpi daromad, yalpi tushum ko’rsatkichiga ega bo’linadi. Uning ishlab chiqarish xarajatlari bilan taqqoslash asosida foyda, natija ko’rsatkichiga chiqiladi. Buni matematik ifodada quyidagicha tasvirlash mumkin.
F(D)=MSST-MIChT(TSOQ)
Bunda;
F(D)-foyda(daromad);
MSST-mahsulot sotishdan sof tushum;
MIChT (TSOQ)-mahsulotni ishlab chiqarish tannarxi (sotib olingan tovarlar qiymati).
Buxgalteriya hisobida mahsulot chiqishi, xarajat va natija olaqadorligini quyidagi bog’lanishda hisobga olish tartibi ham belgilanadi.
Mahsulot chiqishi - Xarajatlar=Natija
Natijaviy ko’rsatkich demakki, mahsulot ishlab chiqarish hajmiga yoki tovaroborot ko’rsatkichiga xamda, ishlab chiqarish xarajatlari yoki tovarlarni sotib olish qiymatiga bog’liq deb qaraladi. Uning birlik ifodasini esa kuyidagicha tasvirlash mumkin.
N=D*B-D*T;
N=D (B-T);
Bunda;
N-foyda;
B-mahsulot birligini bahosi (so’m); D-mahsulot birligi (dona);
T-mahsulot birligini ishlab chiqarish tannarxi (so’m).
Yuqoridagi bog’lanishdan natijaviy ko’rsatkichni mahsulotning miqdori, bahosi va birlik tannarxiga bog’liq ekanligi kelib chiqadi. Uning ifodasi bevosita natijaviy ko’rsatkichni omilli tahlil etish imkonini ham beradi. Demak, natija o’zgarishiga hisob-kitob qilinadigan quyidagi omillar ta’sir etishini izoxlash mumkin;
-ishlab chiqarilgan mahsulotlar birligini o’zgarishi;
-mahsulotlar birlik bahosining o’zgarishi;
-mahsulotlar birlik tannarxining o’zgarishi;
Marjinal foyda kontributsiyasiga nisbatan oladigan bo’lsak ishlab chiqarish xarajatlarini shartli o’zgaruvchan, o’zgarmas, o’zgaruvchan xarajatlarga tarkiblanishi, bog’lanishni yanada murakkablashtiradi. Bunda ishlab chiqarish xarajatlarining o’zgarishida mahsulot (ish, xizmat)lar hajmini o’zgarishi asos qilib olingan.
3.1.-jadval natijalaridan shuni xulosa qilish mumkinki ; mahsulot sotishdan olingan sof tushum 2500.0 ming so’mni va uning ishlab chiqarish tannarxi 2250.0 ming so’mni tashkil etgan. Mahsulot sotishdan ko’rilgan natija 250 ming so’m ijobiy farqlanishga ega bo’lgan.
Umumiy ishlab chiqarish xarajatlarining ichida 2000.0 ming so’mi o’zgaruvchan xarajatlar, 250 ming so’mi o’zgarmas xarajatlar sifatida belgilangan. Bu orqali mahsulot sotishdan marjinal foyda va sof foyda ko’rsatkichlari aniqlangan.
Qolgan bog’lanishlar boshqa faoliyatdan daromad- xarajat= natija aloqadorligni xarakterlaydi.
3.1.-jadval
Mahsulot sotish hajmi, ishlab chiqarish xarajatlari va natija aloqadorligini ko’rsatkichlar 41F42
Daromad
|
Xarajat
|
Natija
|
1
|
2
|
3
|
Mahsulot sotishdan sof tushum
(2500.0 m.s.)
|
Sotilgan mahsulotni ishlab chiqarish tannarxi
(2250.0 m.s.)
|
Mahsulot sotishdan yalpi foyda
(250.0 m.s.)
|
|
A)O’zgaruvchan xarajatlar
(2000.0 m.s.)
|
Marjinal foyda
(500.0 s.m.)
|
|
B)O’zgarmas xarajatlar
(250.0 m.s.)
|
Mahsulot sotishdan sof foyda
(250 m.s.)
|
Operatsion faoliyatdan tushum
(230.0 m.s)
|
Operatsion xarajat
(335.0 m.s)
|
Operatsion faoliyatdan foyda (daromad)
(-105 m.s.)
|
Moliyaviy faoliyatdan tushum
(410.0 m.s.)
|
Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar
(300.0 m.s.)
|
Moliyaviy faoliyatdan foyda (daromad)
(110 m.s.)
|
Kutimagan holatlardan tushum
(0.0)
|
Kutilmagan holatlardan xarajat
(0.0.)
|
Kutilmagan holatlardan foyda
(0.0)
|
Umumiy tushum (daromad)
(3140 m.s.)
|
Umumiy xarajat (sarf)
(2885 m.s.)
|
Umumiy foyda
(265 m.s.)
|
42 M.Yu.Raximov “Don maxsulotlari ishlab chiqarish korxonalarida moliyaviy natijalar hisobi, taxlili va auditini takomillashtirish”(dissertatsiya). T.; O’zR. Bank va Moliya akademiyasi, 1999 yil
Do'stlaringiz bilan baham: |