Mx * Bo’ - Mo’ * Bo’ = Bo’ * ( Mx - Mo’ );
Marjinal foyda o’zgarishiga baho o’zgarishining ta’sirini quyidagi bog’lanishda topish mumkin;
Mx * Bx – Mx * Bo’ = Mx * ( Bx - Bo’ );
Marjinal foyda o’zgarishiga mahsulot birligiga o’zgaruvchan xarajatlar sarfi o’zgarishini ta’siri quyidagi bog’lanishda topiladi;
Mx * O’x – Mx * O’o’ = Mx * ( O’x - O’o’ );
Uchta omil yig’indisi jamlangan holda marjinal va sof foyda o’zgarishiga omillar ta’sirini hisob-kitob qilib chiqish mumkin.
45 Ushbu bog’lanish i.f.n., dots. M.Yu.Raximov tomonidan tavsiya etiladi..
Firma va kompaniyalar faoliyat yuritayotganda turli kutilmagan xodisalarga duch keladi. Bu esa to’g’ri baholashni talab etadi.
Mahsulot (ish, xizmatlar)ni ishlab chiqarishda uning qanday hajmi korxonaga zararsiz ishlash imkonini tug’diradi, yoki mahsulotning qaysi birligida mahsulot sotishdan olinadigan tushum to’la o’zgaruvchan va o’zgarmas xarajatlarni qoplay oladi?
Ushbu vazifani bajarish uchun firma va kompaniyalarda mahsulot ishlab chiqarishning kritik hajm darajasi ko’rsatkichi aniqlanadi.
Har bitta korxona mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish rejasini tuzishda albatta kutiladigan foyda normasini hisoblashga va biznes samaradorligini baholashga ahamiyat berishadi. Foyda normasini belgilab olish, erkin bozor iqtisodiyoti sharoitida yanada murakkab masala hisoblanadi. Negaki uning hisob-kitobida turli taxlikalarni (risklarni) hisobga olishga to’g’ri keladi.
Foyda normasini hisoblashni murakkabligi shundaki, bunda resurslar, mahsulotlar bahosi, soliqlar, to’lovlar firma va kompaniyalar faoliyatiga bog’liq bo’lmagan holda o’zgaruvchanlikka ega bo’ladi. Ularni hisob-kitob qilish imkoni tug’iladi qachonki aniq ko’rsatkichlar manbasiga ega bo’linsa. Bu manba inflyatsiyani ta’sir darajasi, baholarning o’zgarish holatlari, ishlab chiqarish xarajatlarini o’zgaruvchanligi (mahsulot hajmi va resurslar bahosini o’zgarishi hisobiga) bo’lishi mumkin.
Shu jihatdan, mahsulot ishlab chiqarishning kritik hajm darajasini aniqlash va uni tahlil etish, iqtisodiy harakatda va biznesda muhim masala hisoblanadi. Ushbu ko’rsatkich orqali kompaniya va firmalar mahsulot ishlab chiqarishning foydalilik darajasini belgilab oladilar. Mahsulot ishlab chiqarishning kritik hajm darajasini belgilash, uning hisob-kitoblari olimlar tomonidan o’rganilgan. Jumladan; uni aniqlashning turli ifodalari xam tavsiya etilgan.
Mahsulot ishlab chiqarishni kritik hajm darajasini hisoblashning quyidagi bog’lanishli ifodasini berib o’tish mumkin. (Raximov M.Yu. «Don mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarida moliyaviy natijalarni hisobga olish, tahlil etish va auditni takomillashtirish muammolari» dissertatsiya avtoreferati, T.: O’zR Bank va Moliya Akademiyasi, 1999 y.)
Do'stlaringiz bilan baham: |