CASE STUDY
Toshkent viloyatidagi «ORZU» fermer xo‘jaligining 50
gektar yeri bo‘lib, dehqonchilik bilan shug‘ullanadi.
Fermer
xo‘jaligi yerdan unumli foydalanib, meva va sabzavot ekinlaridan
barakali hosil yetishtirib keladi. Sarf-xarajatlardan tashqari har
yili o‘rtacha 100 mln. so‘m sof foyda oladi. Fermer xo‘jaligining
rahbari Rustam akada, taraqqiyoti va farovonligi yilida, hosilning
bir qismini qayta ishlash uchun sex qurish g‘oyasi paydo bo‘ldi.
Yetishtirilgan mahsulotni o‘zida qayta ishlash transport
xarajatlarini kamaytiradi, yangi ish o‘rinlarini ochishga imkon
beradi va mahsulot qayta ishlangandan so‘ng,
uning narxi ham
oshadi. Shu maqsadda sex qurilishi va qayta ishlangan
mahsulotlarni sotishning biznes loyihasi ishlab chiqildi. Hisob-
kitoblar bu ishni samarali ekanligini ko‘rsatmoqda. Loyihaga
ko‘ra, qayta ishlash sexining qurilishi,
ishlab chiqarish
uskunalarini Germaniyadan sotib olish va o‘rnatib, to‘liq ishga
tushurish xarajatlari, loyiha baholangan kundagi milliy valyuta
kursi bo‘yicha fermer xo‘jaligiga 800 mln. so‘mga tushar ekan.
Hozir xo‘jalik hisob raqamida 100 mln. so‘m mablag‘ bo‘lib,
qolgan mablag‘ni xo‘jalik rahbari bankdan qarzga olishni
mo‘ljalladi. Davlat qishloq taraqqiyoti
va farovonligi yilida,
kichik va o‘rta biznes sub’ektlari o‘z iqtisodiy va moliyaviy
ahvollarini yaxshilab olishlariga sharoit yaratish maqsadida,
banklarga markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasining
50% chegirmasidan kelib chiqqan holda, kredit berishga ruxsat
berdi. Xo‘jalik rahbari banklarning fermer xo‘jaliklari
uchun
ajratadigan
kredit
imkoniyatlarini
o‘rganib,
quyidagi
ma’lumotlarni aniqladi:
1) «A» bankda fermer xo‘jaliklariga kreditlar yillik 20% bilan
beriladi. Qarz qiymati va foizlar muddat oxirida bir yo‘la
qaytariladi.
2) «B» - Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining fermer
xo‘jaliklari uchun ajratadigan kreditlari yillik 24% bo‘lib, bunda
kreditorning ishtiroki 25% ni tashkil etadi, ya’ni bank sexni
quruvchi pudratchilarga 300 mln. so‘m mablag‘ni o‘tkazishi
uchun xo‘jalik bu mablag‘ning 25% ni bankka o‘tkazishi kerak
bo‘ladi;
3) «C»ning fermer xo‘jaliklari uchun ajratadigan kreditlari yillik
26% bo‘lib, bank o‘z mablag‘ining qadrsizlanishini oldini olish
maqsadida
ushbu foizga ustama, qo‘shimcha ravishda kredit
shartnomasida davlat tomonidan har yil oxirida e’lon qilinadigan
inflyatsiyani o‘sish darajasini hisobga olgan holda qarzni
qaytarish sharti ko‘rsatilgan. Foizlar esa har yarim yil oxirida
o‘tkaziladi.
4) «D» kredit uyushmasida naqd pulda oyiga 5.5%, hisob
raqamiga o‘tkazish orqali oyiga 3.5% bilan kredit beriladi.
Rustam aka inflyatsiya ko‘rsatkichlari
haqida Davlat statistika
ko’mitasi 2020 yil yakuni bo’yicha bergan hisobotida infilyatsiya
tempi 11%-11,5% ni tashkil etgan. 2021-yilda inflyatsiya darajasi
9,98 foizni tashkil etdi, deya xabar beradi. 2022-yilda infilyatsiya
8% bo’lish kutilmoiqda va hozirda markaziy bankning asosiy
(qayta moliyalashtirish) stavkasi 17%ni (u har yili o‘zgarib turishi
mumkin) tashkil etishini «Birja» gazetasining 33(2000)-sonini
o‘qib bilib oldi. Bu gazetada yana oxirgi to‘rt yillik inflyatsiya
darajalari haqidagi ma’lumotlar ham berilgan bo‘lib, ular mos
ravishda 8%, 7,8%, 7% va 6% larni tashkil etadi.
Ushbu
holatlardan kelib chiqib, fermer xo‘jaligining kredit olish va uni
qaytarish imkoniyatlarini baholang.
Masalani qo‘yilishi (Masalani yechish rejasi):
Bu muammoni hal qilish uchun quyidagi masalalarni hal
qilishimiz kerak bo‘ladi:
1) Fermer xo‘jaligi, birinchi navbatda, qaysi bank bilan
hamkorlik qilish, ya’ni qaysi bankdan qarz olishi maqsadga
muvofiq bo‘ladi.
2) Fermer xo‘jaligi qarzni qancha
muddatga olishi kerakki, uni
o‘z imkoniyatidan kelib chiqqan holda, shu muddatda o‘z
majburiyatini vaqtida, to‘la bajara olsin.
3) Qarzni qaytarish rejasini tanlash va bank bilan shu sxema
bo‘yicha kelishuvga erishish uchun muzokaralar olib borsin.
Kelishilgan sxema bo‘yicha qarzni qoplashda, xo‘jalikning qarz
bo‘yicha yillik sarf-xarajati qancha bo‘ladi?
Banklarning kredit shartnoma shartlarining moliyaviy tahlili
uchun hozircha 5 yil muddatni asos qilib olamiz, chunki qolgan
muddatlar bo‘yicha ham shu nisbat saqlanadi, xo‘jalikning o‘z
imkoniyati darajasida kreditni qancha muddatga olishi mumkin
ekanligini esa bankni tanlaganimizdan so‘ng aniqlaymiz. Yana
yuqoridagi ma’lumotlarga asoslanib, shartli ravishda, markaziy
bankning qayta moliyalashtirish stavkasi 5 yil davomida
o‘zgarmaydi va infliyatsiya darajasi o‘rtacha 8%ni tashkil etadi
deb faraz qilyaylik
.