# 3-son 2019. indd


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2019. № 3



Download 2,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/163
Sana26.09.2021
Hajmi2,6 Mb.
#186206
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   163
Bog'liq
3-son-2019

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2019. № 3.   www.xtjurnali.zn.uz
Ma’murjon Uzoqov, Akbar qori Haydarov, Erka qori Karimov, Boltaboy Rajabovlarning 
ijro uslubiga tayanib faoliyat ko‘rsatayotgan farg‘onalik Solijon Hoshimov, marg‘ilonlik 
aka-uka Azizovlar, Ibrohimjon Ishokov, andijonlik aka-uka Yusupovlar singari ko‘plab 
xonandalar katta ashulani mohirona ijro etib xalq ichida ardoqli bo‘lishgan.
O‘zbek mumtoz maqom ijodiyoti va ijrochiligi sohasidagi yangi jarayonlar ifodasini 
keksa, yetuk hamda yosh avlodga mansub o‘nlab san’atkorlar, xalq hofizlari, taniqli 
xonanda, sozanda va bastakorlar ijodida kuzatish mumkin. O‘zbekiston xalq artisti
“Buyuk xizmatlari uchun” ordeni sohibi Turg‘un Alimatovning benazir ijrochilik san’ati 
xalqqa ma’lum va mashhur. U Muxtor Ashrafiy nomidagi Toshkent davlat konservato-
riyasida ustozlik faoliyatini davom ettirish barobarida turli xorijiy mamlakatlarda mil-
liy mumtoz musiqamizga oid konsertlarini namoyish etdi. Xorijda SB lazer disklarga 
muhr langan musiqa yozuvlarini chiqarishga muvaffaq bo‘ldi.
Shu  o‘rinda  aytish  joiz,  O‘zbekiston  xalq  hofizlari  Fattohxon  Mamadaliyev  va 
Orifxon Hotamov, O‘zbekiston xalq artisti, sozanda va bastakor Abduhoshim  Ismoilov
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist O‘lmas Rasulovlarning ijodkorona ishlari tah-
singa loyiq bo‘lib,el ichida e’zozlandi. Fattohxon Mamadaliyev an’anaviy uslubdagi 
namunalarni ovoz yoki sozlarga moslashtirish bilan kifoyalanmay, balki bizgacha mu-
ayyan shakl-u shamoyilda yetib kelgan “Miskin”, “Nasrulloyi”, “Munojot” singari ardoqli 
cholg‘u va ashula turkumlarini qimmatli to‘ldirishlar bilan qayta ishladi. Boz ustiga, u 
yoshlik chog‘larida andijonlik zabardast ustozi Umurzoq Polvon Saydaliyevdan ko‘p 
eshitib, o‘zlashtirib olgan “Qadimgi Ushshoq”, “Zikri Ushshoq”, “Umurzoq Polvon Ush-
shog‘i” kabi noyob maqom namunalarini sadolarda jonlantirdi va shogirdlarga o‘rgatdi. 
Shu bilan birga, butkul yangi – “Savti Fattohxon” nomli maqom uslubidagi ashula tur-
kumini ijod qildi. 
Hofiz Muhammadjon Karimov mumtoz kuylarini me’yoriga yetkazib ijro etish baro-
barida xalqimizga manzur qo‘shiqlarni go‘zal ovoz bilan aytib keldi. U yoshlik chog‘lari-
dayoq “Chorgoh”, “Ushshoq”, “Aylading” qo‘shiqlarini shirali tovushda kuylar edi. O‘sha 
kezlarda u Muqimiyning “Zor-u nolon aylading” she’riga bastalangan qo‘shiqning bir 
bandini kattakon davrada aytdi:
Ul kun, jono, yuzni tobon aylading,
Abr ichinda oyni pinhon aylading.
Qomatingni sarvu bo‘ston aylading.
Qumrilarni zor-u nolon aylading...
Shunda To‘ychi hofiz uni to‘xtatib o‘tirganlarga qo‘l ko‘tartirib, yosh hofizga oq fo-
tiha bergandi. Yosh san’atkor ustozining e’tiboridan ilhomlanib katta mas’uliyat hissi 
bilan ijod qildi. Mashhur o‘tmish shoirlarining ellikdan ziyod g‘azallariga bastalangan 
ajoyib kuylar – “Qaro ko‘zim”, “Savti girya”, “Dugoh”, “Ul qaro ko‘z”, “Suvora”lar Mu-
hammadjon Karimov ijrosida talqin topib, uning izlanuvchan shogirdlari tomonidan 
ham qizg‘in kuylab kelindi.
Maqom janri xalqmizning boy merosi hisoblanib, yuksak badiiy estetik kuchga 
ega. Maqomlar davrlar o‘tishi bilan yiriklashib, ulkanlashib bordi. Ko‘p davrlar o‘tib 
maqom xalq qalbiga chuqur singib bordi. O‘z o‘rnida ko‘hna tarix, xalqlarimiz boshidan 
kechirgan shart-sharoitlar va tarixiy hodisalar maqomlarda-da o‘z aksini topa boshladi, 
ular qalblarni maftun etgulik jozibasini yo‘qotmay yanada sayqallanaverdi, rivojlandi, 
mukammallashdi.
Maqomlar o‘tmishdan bizgacha yetib kelgan ulkan meros, boy durdonalardir. Ular-
ning o‘z ijrochilari, o‘z bastakorlari borki, har biri ovozining o‘ziga xosligi bilan maqom-


79
larga  rang-o  rang  ohanglar  bag‘ishlaganlar.  Muxtor Ashrafiy,  Yunus  Rajabiy,  Mutal 
Burhonov, Doni Zokirov singari ko‘plab ulkan bastakorlar ijodiyoti endilikda shogirdlar 
tomonidan chuqur o‘rganilmoqda. Xalqimiz yaratgan ohanglar ularning ilmiy izlanish-
lari tufayli boyib, hayotbaxsh mazmuni yanada ortayapti. Maqom yo‘lidagi ashulalarni 
maromida yetkazib aytayotgan xalq hofizlari safi bugungi kunda tobora kengayib bor-
moqda.  
Hozirgi davrga kelib milliy maqom san’anatining sara durdonalarini targ‘ib qilish 
va rivojlantirish hamda bugungi avlod qalbida bu merosga nisbatan e’zoz-u hurmat-
ni shakllantirish ehtiyoji yuzaga keldi. Davlatimiz rahbarining “O‘zbek milliy maqom 
san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (2017-yil, 17-noyabr) va 
“Xalqaro maqom san’ati anjumanini o‘tkazish to‘g‘risida”gi (2018-yil 6-aprel) Qarorlari 
mazmunida ham bu aks ettirilib, unda respublikamizda maqom san’atini yanada rivoj-
lantirish, bu borada shakllangan ijro va ijodiy maktablar va an’analarni, buyuk basta-
korlar, hofiz va sozandalar merosini chuqur ilmiy asosda o‘rganish va qayta tiklash 
xususida alohida ta’kidlab o‘tilgan.
1
Yaqinda muhtaram Prezidentimiz xalqaro maqom san’atining ikkinchi anjumanini 
o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorga ham imzo chekdilar. Demak, mamlakatimizda maqom 
san’atini o‘rganish va rivojlantirish borasidagi ishlar ko‘lami endilikda yanada kengay-
tiriladi. Bu esa maqom san’ati bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish va uni har tamonla-
ma targ‘ib qilishga oid xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, xalqimizning musiqiy boyligi ko‘p qirrali, ser-
mazmundir. Kuylarimizdagi ohangdorlik insonlarga quvonch baxsh etadi, yuragiga 
shodlik olib kirib dardlaridan forig‘ etadi. Musiqalarimiz insonning oliyjanob fazilatlari, 
his-tuyg‘ularini ifodalab beruvchi kuch-qudratga ham egadir.

Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish