Ключевые слова. Культура, урбанизация, опера, балет, телерадио, компьютер,
массовый, информация.
The article analyzes the various forms of modern art, mass creativity, educational and
propaganda activities of people embodied in our nation.
Key words. Culture, urbanization, artistic creativity, opera, ballet, tv, computer, mass,
information.
G‘ayrat ABDULLAXODJAYEV,
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy
rassomlik va dizayn instituti dotsenti
MADANIYATNING ZAMONAVIY SHAKLLARI
HAMDA ULARNING XALQIMIZ MADANIYATIGA
TA’SIRI
Annotatsiya
81
munikatsiya va madaniy-gumanitar aloqalar, milliy o‘zlikni anglash madaniyati kabi
ko‘rinishlariga e’tibor qaratishni zarur deb hisoblaymiz.
Ushbu maqolada xalq zamonaviy madaniyatning ayrim ko‘rinishlariga to‘xtalib
o‘tildi.
Xalq badiiy havaskorlik ijodi ijtimoiy-madaniy hayotimizda keng o‘rin olgan, kishi-
larimizning bo‘sh vaqtlarida badiiy ijod bilan shug‘ullanishga qaratilgan faoliyatidir. O‘z-
bek xalqining obyektiv va subyektiv omillari bois XX asrda turli xalqlar bilan o‘rnatgan
madaniy aloqalari badiiy ijod bilan shug‘ullanishni yangi bosqichga ko‘tardi.
Mustaqillik xalq badiiy havaskorligini xalq madaniyatining tom ma’nodagi ko‘rini-
shiga, haqiqatan ham xalq ijodiga aylantirdi. Ikkinchidan, ijtimoiy-tashkiliy nuqtai na-
zardan istagan bir kishi badiiy ijod ustaxonasi, uyushmasi ochish huquqiga ega bo‘ldi.
Bunga tadbirkorlik va ishbilarmonlikni rivojlantirishga qaratilgan maxsus qonunlar rux-
sat beradi. Demak, xususiy tadbirkorlik asosida badiiy ijod bilan shug‘ullanish yoki uni
yoshlarga o‘rgatish mumkin. Uchinchidan, xususiy tadbirkorlik madaniyat o‘choqlari
tizimini kengaytirdi. Masalan, xalq amaliy san’ati bilan shug‘ullanuvchi aksariyat us-
taxonalar fuqarolarning hovlilarida, kichik korxonalarda ochilgan.
Aholining, ayniqsa yosh avlodning o‘sib borayotgan madaniy-ma’rifiy ehtiyojlari-
ni qondirish, ularning bo‘sh vaqtlarini samarali va mazmunli o‘tkazishni tashkil etish
maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2013-2018-yillarda za-
monaviy madaniyat va aholi dam olish markazlarini tashkil etish chora tadbirlari to‘g‘ri-
sidagi qarori e’lon qilindi. Bu respublikamizda yoshlarning barkamol, komil inson bo‘lib
yetishishlari yo‘lida amalga oshirilayotgan say harakatlarning, qolaversa xalq zamona-
viy madaniyatining rivojiga qaratilayotgan e’tiborning yorqin na’munasidir. Preziden-
timiz to‘g‘ri ta’kidlaganidek: ma’rifat va madaniyat muassasalarining moddiy-texnika
bazasini mustahkamlash, ‘‘insonning to‘laqonli hayoti uchun nihoyatda zarur bo‘lgan
maktablar, kutubxonalar, teatr va boshqa madaniyat o‘choqlarini ko‘paytirish, ularning
sharoitini yaxshilash’’ zarur.
Mustaqillik yillarida xalqimizning ruhini, o‘zligini anglashga qaratilgan say-hara-
katlarini, tub o‘zgarishlarga nisbatan faolligini qo‘llab-quvvatlash ommaviy-badiiy vosi-
talardan keng foydalanishni taqozo etdi. Bir onga bo‘lsa-da, kishilarni dunyo tashvish-
laridan xalos qilib, ular qalbida hayotga, kelajakka optimizm bilan qarash tuyg‘usini
uyg‘otish lozim edi. Bunday vazifani bayram va tomoshalar bajaradi. Zamonaviy bay-
ramlar va tomoshalar eng avvalo davr bilan, ijtimoiy hayotda ro‘y berayotgan o‘zga-
rishlar bilan birga yuzaga keladi. O‘z davrining badiiy-estetik ehtiyojlariga javob bera
oladigan tadbirlargina zamonaviydir. U.H.Qoraboyev yozganidek ‘‘Yangi davr, yangi
mazmun va yangi shakl’’, an’analarning paydo bo‘lishi mustaqil hayotning quvonchli
daqiqalarini tantana qilishga imkon beradigan yangi tadbir-bayramlar yaratishni taqozo
etadi. Jumladan, istiqlolni sharaflaydigan ‘‘Mustaqillik bayrami’’, hayotimizning bosh
qonunini targ‘ib etadigan ‘‘Konstitutsiya kuni’’ rasmiy bayram sifatida nishonlanadigan
bo‘ldi. Endilikda kelajak avlodni tarbiyalashda alohida rol o‘ynayotgan sharafli kasb
egalari mehnatini ulug‘laydigan ‘‘O‘qituvchilar va murabbiylar kuni’’, o‘tgan ajdodlar
yodini esga olishga bag‘ishlangan ‘‘Xotira va qadrlash kuni’’ mamlakatimizda keng ni-
shonlanmoqda.
Zamonaviy madaniy hayotni ommaviy axborot institutlari, kommunikatsiya va ma-
daniy gumanitar aloqalarsiz tasavvur etish qiyin. Ommaviy axborot institutlari (radio,
televideniye, gazeta va jurnallar, agentliklar, telefon aloqa tarmoqlari)ning ijtimoiy-ma-
daniy hayotda:
82
Do'stlaringiz bilan baham: |