# 3-son 2019. indd


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2019. № 3



Download 2,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/163
Sana26.09.2021
Hajmi2,6 Mb.
#186206
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   163
Bog'liq
3-son-2019

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2019. № 3.   www.xtjurnali.zn.uz
a) ma’lumot maydonini yaratish; 
b) madaniy-gumanitar aloqalarning uzluksizligini ta’minlash; 
v) fuqarolarning, jamiyatning axborot ehtiyojlarini qondirish; 
g) fuqarolarning intellektual qobiliyatlarini o‘stirishga yordamlashish; 
d) dam olish va hordiq chiqarishni uyushtirish kabi funksiyalarni bajarishi orqali 
xalq hayotiga, ongiga ta’sir etadi.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan demokratik o‘zgarishlar ham ushbu insti-
tutlarning faoliyati bilan bog‘liqdir. Konstitutsion nuqtai nazardan ular fuqarolarda so‘z 
erkinligini, plyuralizmni rivojlantirishga, xalq hokimiyatini mustahkamlashga, boshqa-
rish ustidan ijtimoiy nazoratni o‘rnatishga, xullas, siyosiy madaniyatning shakllanishiga 
qaratilgandir. Shuning uchun ham ular «to‘rtinchi hokimiyat» nomini olgan.
Madaniy gumanitar aloqalar madaniyatlararo va davlatlararo integratsiyani 
chuqurlashtirish omilidir. Bugun globallashib borayotgan dunyo ushbu aloqalarni na-
faqat kengaytirishni, shu bilan birga, madaniylashtirish, insoniylashtirishni talab etadi.
Mustaqillik O‘zbekiston Respublikasini xalqaro munosabatlarning subyekti sifati-
da dunyo bilan milliy manfaatlariga mos aloqalar o‘rnatishga imkon berdiki, ular ichida 
madaniy-gumanitar aloqalar muhim o‘rin tutadi. 
Bu borada respublikamizda   YUNESKO tashkilotining vakolatxonasi ochilgani, 
O‘zbekistonning inson huquqlariga oid BMT eng muhim hujjatlariga imzo chekkanini 
eslash o‘rinlidir.
Xalq madaniyatining rivojlanishi va jahon sivilizatsiyasi bilan hamkorligi shahar 
madaniyati, urbanizatsiyasi orqali sodir bo‘lmoqda. 
Urbanizatsiya,  ya’ni  ilmiy-texnik  kashfiyotlardan  turmushda,  oilada  keng  foyda-
lanish shahar madaniyatining xarakterli jihatlaridir. Qulaylik, komfort, yuqori maishiy 
xizmat turlaridan foydalanish oddiy reallik bo‘lib bormoqdaki, ular shahar madaniyatida 
jahon andozalariga mos o‘zgarishlar bo‘layotganidan dalolat beradi.
Ijtimoiy-madaniy hayotdagi barcha o‘zgarishlar avval shaharda paydo bo‘lib, as-
ta-sekin tumanlarga, qishloqlarga tarqaladi.
Mustaqillik yillarida shaharlar infratuzilmalari, aholi tizimi, ichki va tashqi migrat-
siya oqimi, madaniy boyliklardan foydalanish ko‘lami tubdan o‘zgardi. Shaharlarning 
tashqi ko‘rinishida, arxitekturasida betakrorlik, o‘ziga xoslik shakllanmoqda. Xususiy 
uy-inshootlar qurilishidagi rang-baranglik, induviduallik har bir shahar muhitiga o‘ziga 
xoslik baxsh etmoqda. Ayniqsa, Toshkent shahri beqiyos darajada o‘zgarib, yangilanib 
bormoqda. Inshootlar milliy me’morchilik an’analari va zamonaviy shaharsozlikning 
eng yuksak talablari asosida qad ko‘tarmoqda. Ularning atrofi ko‘kalamzorlashtirila-
yotgani, ya’ni landshaft dizayni xududlar qiyofasiga o‘zgacha chiroy va tarovat baxsh 
etmoqda.  Rangli  va  musiqali  favvoralar  esa  inson  kayfiyatini  ko‘tarib,  estetik  zavq 
bag‘ishlaydi. Favvoralar yurtimizning tinchligi, ko‘ngillar xotirjamligidan dalolatdir. Zero, 
tinchlik, xotirjamlik hukm surgan yurtdagina xalq bunyodkorlik ishlariga qodir bo‘ladi.

Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish