77
muhabbatdan sarxushligi, baxtiyor va quvnoq damlari-yu ma’shuqasidan mamnunligi
jarangdor pardalarda akslanadi.
Maqomlar asosida ishlangan asarlarga bastakorlar tomonidan yangi musiqa
lavhalari, yangi usul va qochirimlar kiritilishi bois ularning yoqimliligi va ta’sirchanligi
orta bordi. Mashhur bastakorlar – T. Jalilov, Yu. Rajabiy, G‘. Toshmatov, T. Sodiqov
va bo shqalar maqomlarning tarona va uforlari, savt va mo‘g‘ulchalari asosida ko‘plab
ashulalar yaratdilar. Ular musiqa madaniyati tarixida katta
ahamiyatga ega ekanligi
bilan ajralib turadi.
Maqom mulkining sultoni Yunus Rajabiy avlodlarimizning musiqa an’analarini da-
vom ettirib, unga o‘zining munosib ulushini qo‘shgan san’atkordir. U Hoji Abdulaziz,
Mulla To‘ychi Toshmuhammedov, Mirzaqosim, Nabixo‘ja, Shorahim Shoumarov, Dom-
la Halim Ibodovlarning ashula aytish uslublarini, ularning o‘ziga xos ijrochilik maktab-
larini ijodiy o‘zlashtirgan holda o‘zining mustaqil ijrochilik uslubini yaratgan.
Ulug‘ san’atkor va tug‘ma qobiliyat egasi Yunus Rajabiy maqomchilik yo‘lida izla-
nib, O‘zbekiston radiosi qoshida xalq cholg‘u ansamblini tashkil etadi. Bu ansamblda u
to umrining oxirigacha o‘zbek xalq musiqa boyliklarini targ‘ib qilishda faol qatnashadi.
Yunus Rajabiy umri davomida bir necha jildlik maqomlar
kitobi va ilmiy ahamiyatga
molik “Musiqa merosimiz haqida” risolasini yaratdi. Ushbu risolada o‘zi notalashtirgan
Shashmaqomdan keng foydalanish, maqomning professional musiqa ekani, bu bora-
da malakali kadrlar tayyorlash zarurligi haqida so‘z yuritiladi. Yunus Rajabiy repertua-
ridagi “Ushshoq”, “Bayot I-II”, “Koshki”, “Girya I-II”, “Adoyi I-II”, “Chorgox-I” kabi o‘nlab
ashulalar bu kun xonandalar tomonidan mahorat bilan ijro etib kelinadi.
Mashhur aktyor Razzoq Hamroev Yunus Rajabiyni e’zozlab “maqomdon akade-
mik” deya ta’rif bergan va o‘z xotiralarida shunday yozgan edi:
“Xalq kuylarining tengsiz bilimdoni Yunus aka hayotligidayoq o‘ziga abadiy haykal
qo‘ydi. Uning bir necha jildlik maqomlar kitobi oltindan qo‘yilgan haykaldek xalqimiz
yuragida o‘rnashib qoldi...”
Maqomdor akademik Yunus Rajabiydan ta’lim olgan yuzlab shogirdlari maqom
yo‘llarini chuqur o‘rganib mohir ijrochi bo‘lib yetishdilar. Yunus Rajabiy kelajak avlodlar
qalbida maqomlar singari mangu yashaydi, zotan, u maqom mulkining sultonidir.
Maqomlar asosida katta ashula janri yuzaga kelgani tarixiy manbalardan ma’lum.
Katta ashula asosan Farg‘ona vodiysiga xos bo‘lib, ikki-to‘rt ijrochi hofiz tomonidan
cholg‘u asboblari jo‘rligisiz aytiladigan yirik ashula turlaridandir. Ashulani hofizlar qo‘l-
lariga patnis yoki likobcha
ushlab aytganlari uchun, u “patnusaki ashula” deb ham
nomlangan.
Hozirgacha ijro etib kelinayotgan katta ashula turi mutaxassislar fikriga ko‘ra, XIX
asrdayoq shakllangan. Katta ashulada lirika yetakchilik qiladi. Kompozitsion tuzilishi
esa to‘rt tarkibiy qismdan iborat: daromad, o‘rta avj, avj, furovard (daromadga qay-
tish). Ularning mazmunida inson kechinmalari, muhabbati va nafrati, sevinchu iztirobi
lirik ifoda topadi. Xalq orasida “Bir kelib ketsun”, “Ko‘p erdi”, “Yolg‘iz”, “Muncha ham”
(Muqimiy), “Ohkim”, “Kuling”, “Adashganman” (Furqat), “Ey dilbari janonim” (Miskin)
kabi katta ashulalar keng tarqalgan.
Maqomlarning o‘zagi sifatida katta ashula keyinchalik o‘zgacha ohang, yangic-
ha uslub kasb etadi. Uning yangi turlari (ashula-cholg‘u turlari) yuzaga keldi.
Ijrochilik
uslubi ham o‘zgardi, xalq cholg‘u asboblari ko‘magida ijrosi takomillashdi. Bastakor-
larimiz katta ashulaga cholg‘u muqaddimalari, musiqaviy pauzalar bastalab, ularning
ajoyib turlarini yaratdilar. Xalq orasida keng tanilgan xofizlar – Jo‘raxon Sultonov,