# 3-son 2019. indd


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2019. № 3



Download 2,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/163
Sana26.09.2021
Hajmi2,6 Mb.
#186206
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   163
Bog'liq
3-son-2019

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2019. № 3.   www.xtjurnali.zn.uz
Zamonaviy jamiyatning yashash sharoitlari insondan tezkor qaror qabul qilishni, 
katta ma’lumot oqimida to‘g‘ri harakatlana olishni, uzluksiz tarzda o‘qishni, turli soha-
larda o‘zlarini rivojlantirish va amalga oshirishni talab qiladi. Shu bois, o‘rta maxsus 
maktablar va kasb-hunar kollejlari faoliyatida nafaqat o‘quvchilarga ma’lum miqdor-
da bilimlarni yetkazib berish, balki o‘qituvchilarga o‘zlarining bilim va malakalarini 
muntazam ravishda takomillashtirish odatini singdirish ham muhim ahamiyat kasb 
etadi.
Ushbu muammolarni hal qilishda boshlang‘ich ta’lim alohida o‘rin tutadi. O‘quv-
chilarning kelajakdagi turli fanlarga moslashuvchanligi, o‘rta maxsus va kasb-hunar 
ta’limi tizimining turli xildagi ta’lim muassasalarida ta’lim olishlarining natijalari bosh-
lang‘ich ta’limda beriladigan bilim va ko‘nikmalarga bevosita bog‘liqdir.
O‘qituvchining professional salohiyati deganda, muvaffaqiyatli pedagogik faoliyat 
uchun zarur professional va shaxsiy fazilatlarning kombinatsiyasi tushuniladi.
Samarali pedagogik faoliyatga ega o‘qituvchiga – pedagogik aloqalarni yetarli da-
rajada amalga oshirayotgan, o‘quvchilarni tayyorlash va o‘qitishda yuqori natijalarga 
erishayotgan o‘qituvchini misol qilish mumkin.
Kasbiy malakani rivojlantirish – ijodiy individuallikni hamda pedagogik innovatsi-
yalarga nisbatan sezgirlikni rivojlantirish, o‘zgaruvchan pedagogik muhitga mosla shish 
qobiliyatini shakllantirish demakdir. Yosh avlodning kelajakda ijtimoiy va ma’naviy ri-
vojlanishi bevosita o‘qituvchining professional darajasiga bog‘liq. Boshqa manbaada 
keltirilishicha kasbiy malakani oshirish bu – kasbiy faoliyatni egallash hamda uni ta-
komillashtirib borish orqali kasbiy malakaga ega bo‘lish va egallangan ko‘nikmalarni 
uzluksiz tarzda rivojlantirib borishning dinamik jarayonidir.
Zamonaviy ta’lim tizimida yuz berayotgan o‘zgarishlar boshlang‘ich sinf o‘qituv-
chisining malakasini va kasbiy tayyorgarligini oshirishga, ya’ni uning professional 
qobiliyatini uzluksiz tarzda rivojlantirib borishga bo‘lgan ehtiyojni tobora kuchaytirib 
bormoqda.  Zamonaviy  boshlang‘ich  ta’limning  asosiy  maqsadi  –  jamiyatdagi  ijtimo-
iy o‘zgarishlarga moslashuvchan, kelajakda o‘z ish faoliyatini erkin boshlay oladigan, 
o‘z-o‘zini tarbiyalashga va o‘z ustida ishlashga qodir bo‘lgan mamlakatning yetuk fuqa-
rosini tayyorlashga qaratilgan individual, jamiyat va davlatning hozirgi va kelajakdagi 
ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi shaxslarni tarbiyalovchi tizimni yaratish desak 
mubolag‘a bo‘lmaydi. Erkin fikrga ega, o‘z faoliyatining natijalarini to‘g‘ri hisoblay oluv-
chi va o‘quv jarayonini zamon talablariga mos tarzda modellashtirish qobiliyatiga ega 
bo‘lgan boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi yuqorida keltirib o‘tilgan maqsadlarga erishish-
ning asosiy garovidir.
Zamonaviy talablarni hisobga olgan holda, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining pro-
fessional malakasini oshirishning asosiy usullarini quyida keltirib o‘tamiz:
1. o‘qituvchining uslubiy birlashmalar, ijodiy guruhlar bilan ishlashini ta’minlash;
2. boshlang‘ich sinf o‘qituvchisida tadqiqotchilik faoliyatini rivojlantirish;
3. boshlang‘ich sinf pedagogiga innovatsion faoliyat, yangi pedagogik texnologi-
yalarni o‘zlashtirishiga muhit yaratib berish;
4. tinglovchilarga pedagogik yordamning turli xillarini o‘rgatish;
5. pedagogning turli ko‘rik tanlov hamda festivallarda ishtirokini tashkillashtirish;
6. yuqori malakaga hamda ijtimoiy pedagogik tajribaga ega boshlang‘ich sinf o‘qi-
tuvchilarini mahorat darslariga jalb qilish;
7. o‘qituvchilarda AKTdan dars jarayonida oqilona foydalanish ko‘nikmalarini 
shakllantirish;


73
Biroq o‘qituvchi o‘z malakasini uzluksiz tarzda oshirib borishi muhimligini tushunib 
yetmagunga qadar yuqorida sanab o‘tilgan usullar samara bermaydi. Shuni hisobga 
olgan holda o‘qituvchi o‘z malakasini mustaqil tarzda oshirib borishi uchun motivatsiya 
berish hamda kasbiy salohiyatini takomillashtirishi uchun zarur shart-sharoitlarni yara-
tib berish masalasi vujudga kelmoqda. Mazkur muammoni yechish uchun o‘z-o‘ziga 
baho berish ko‘nikmasini pedagog o‘zida shakllantirishi darkor. Natijada pedagog fa-
oliyatining yutuq hamda kamchiliklarini tushunib olishiga, muammoli vaziyatlarni ijobiy 
hal qilishiga hamda yangi bilim va ko‘nikmalarni o‘rganib ularni o‘zining kasbiy faoliyati 
jarayoniga tadbiq qilishiga erishish mumkin.
Kasbiy tayyorgarlikni shakllantirish uchun quyidagi bosqichlarni ajratib ko‘rsatish 
mumkin:
● O‘z-o‘zini baholash va muammoning muhimligini anglab yetish;
● O‘z ustida ishlashni rejali asosda amalga oshirish (maqsad, vazifa, yechim yo‘li);
● Baholash, xatolarni bartaraf qilish;
Malaka oshirish orqali amaliyot va tajribaga yo‘naltirilgan ko‘nikma va bilimlar beri-
ladi, biroq u doim ilmiy asoslarga tayanishi lozim. Malaka oshirish va qayta tayyorlash 
qachonki yangi o‘rganilgan bilim va malakalardan kundalik hayotda foydalanilsagi-
na muvaffaqiyatli hisoblanadi. Buning uchun malaka oshirish tadbirlarining mazmuni 
amaliyot uchun muhim va amaliy yo‘naltirilgan bo‘lishi talab etiladi.
Amaliyotdan kelib chiqqan holda munozaralar va tajriba almashish imkoniyatlarini 
beradigan, bir-biriga bog‘liq, yaxshi rejalashtirilgan darslar malaka oshirish va qayta 
tayyorlashda maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Yosh bolalarga chet tillarini o‘rgatish bo‘yicha mutaxassislarni o‘qitish va mala-
kasini oshirish tadbirlarida bir tomondan o‘qituvchilarning dastlabki kasbiy bilimlari va 
qiziqishlari inobatga olinishi lozim; boshqa tomondan esa til bilimlarini yanada kengay-
tirish zarur. Yangi maxsus o‘quv guruhiga mo‘ljallangan metodik trening amaliyot nuq-
tai nazaridan mantiqiy va tushunarli bo‘lishi va muvaffaqqiyatli natijalarga olib kelishi 
lozim.
Quyida yana bir necha tavsiyalarni keltirib o‘tamiz.
Malaka oshirish va qayta tayyorlash tadbirlari tarbiyachi va o‘qituvchilarning butun 
kasbiy faoliyatlari davomida shuningdek, o‘zlarining tashabbuslariga ko‘ra ham imkon 
qadar uzluksiz tarzda amalga oshirilishi kerak.

Malaka oshirish tadbirlari tarbiyachi va o‘qituvchilarning bilim va mahoratlarini 
kengaytirishga dalda berishi bilan bir qatorda o‘z kamchiliklarini aniqlab olish va mus-
taqil, bosqichma-bosqich tarzda kasbiy mahoratlarini oshirib borishga yordam berishi 
lozim.
Xalq ta’limi xodimlarining davr bilan hamqadam bo‘lishlari, ularning oldilariga 
qo‘yiladigan talablarga javob berishlari uchun o‘z malakalarini uzluksiz ravishda oshi-
rib borishlari shart.
Innovatsion jarayonlarni, jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)
ni pedagog-xodimlar kasbiy-mutaxassislik faoliyatiga tatbiq etish bo‘yicha to‘plangan 
nazariy bilimlar va amaliy tajribalarni keng joriy etish malaka oshirish tizimi orqali mu-
vaffaqiyatli amalga oshirilishi mumkin.
Ma’lumki, pedagog-xodimlar malakasini oshirishda ularni innovatsion o‘quv-me-
todik va ilg‘or tajribalar bilan boyitish hamda kasbiy-mutaxassislik salohiyatini raqo-
batbardosh darajada rivojlantirish asosiy yo‘nalishlardandir. Malaka oshirish tizimida 
axborot xizmatini yo‘lga qo‘yish ta’lim muassasasini zamonaviy AKT bilan ta’minlash 


74

Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish