# 3-son 2019. indd


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2019. № 3



Download 2,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/163
Sana26.09.2021
Hajmi2,6 Mb.
#186206
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   163
Bog'liq
3-son-2019

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2019. № 3.   www.xtjurnali.zn.uz
day davr keldi’’
1
, degan edi.
 
Bu esa rahbar shaxslardan, birinchi navbatda, shaxsiy 
javobgarlikni talab qilmoqda. Chunki, rahbarlikning o‘ziga xos mas’uliyati va javobgar-
ligi yuqori, shu sababli uning yukini ko‘tarish hech qachon oson bo‘lmagan. Rahbar 
mas’uliyat va javobgarlikni shaxsan o‘z yelkasiga olmas ekan, bu ularga ishonch bildir-
gan, hurmat-e’tibor ko‘rsatgan odamlarni aldash, ularga xiyonat qilish bilan barobardir. 
Umuman, rahbar shaxsining asosiy vazifasi odamlarga xizmat qilish, ularni rozi qilish-
dan iborat. Shunday ekan, ular o‘z mas’uliyati va javobgarligini, avvalo, vijdoni oldida, 
unga ishonch bildirgan odamlar, el-yurt oldida chuqur anglashi, zimmasiga yuklangan 
vazifalarni ado etish uchun o‘zi jonbozlik ko‘rsatib, o‘zgalarni ham fidokorlikka chorla-
shi hamda ishlashi lozim. 
Xo‘sh, ta’lim tizimida zamonaviy rahbar qanday bo‘lishi kerak?, uning boshqa 
sohalardan farqli boshqaruv jihatlari qanday va unda mas’uliyat hissi qanday bo‘lishi 
zarur?, ya’ni bugungi kun rahbari ta’lim boshqaruvida qanday sifatlarga ega bo‘lishi 
lozim?, u o‘zida qanday fazilatlarni namoyon etmog‘i kerak? Bizningcha, ta’lim tizimida 
rahbar mas’uliyatining boshqa sohalardan farqi shundaki, u avvalombor boshqaruvga 
tarbiyaviy yondashmog‘i, ya’ni ‘‘ta’lim berib, tarbiyalaylik, tarbiyalab, ta’lim beraylik’’ 
shioriga amal qilmog‘i lozim. Jumladan, u pedagogik jamoada ro‘y berayotgan har 
qanday jarayonga ta’lim va tarbiyaviy jihatdan yondashmog‘i, o‘qituvchilarning faoliya-
tini tez va adolatli tahlil qilishi va rivojlantira olishi hamda o‘zi jamoaga o‘rnak bo‘la oli-
shi lozim. Shundagina ta’limda rahbarning o‘quv tarbiyaviy jarayondagi faoliyati uchun 
qulay sharoitlar yaratiladi va u ijobiy natijalar beradi. 
Ta’limdagi pedagogik rahbarlik rahbar va o‘qituvchilarning ta’lim-tarbiyaviy faoli-
yatida yuzaga keladi. Masalan, oliy o‘quv yurti, fakultet yoki kafedrada to‘g‘ri tashkil 
etilgan pedagogik rahbarlik professor-o‘qituvchilarning ilmiy hamda ishchanlik muhitini 
shakllantiradi, ularni o‘z ustida tinimsiz izlanishga, o‘qishga va ishga intilishga, o‘zligini 
anglashga imkoniyat yaratadi, ularni faollashtiradi. Bunda o‘qituvchining vazifasi mu-
loqot asosida jamoaga o‘zining «men»ligini anglashni, shaxs sifatida o‘z fikrini dadil 
va erkin aytishni, jamoada o‘z o‘rnini bilishni, o‘z-o‘zini baholashni o‘rgatishi kerak. 
Chunki ta’limda pedagogik rahbarlik rahbar ijodkorligining ta’limiy hamda tarbiyaviy 
namunasidir.
Darsda o‘qituvchi talabalarni tashkilotchi va ijrochi bo‘lishga imkoniyat yaratgani-
dek, ta’limda ham rahbar o‘z xodimlaridan ilmiy ijodkorlikni, bilimli bo‘lishga intilishni, 
shaxsiy tashabbuskorlikni namoyish qilishi uchun sharoit yarata olishi zarur.
Albatta rahbarlarga xos bo‘lgan fazilatlar ko‘p, avvalombor barcha rahbarlar talab-
chan, qat’iyatli, intizomli, javobgar hamda mohir ishbilarmon bo‘la olishi zamon tala-
bidir. Ta’limda esa zamonaviy rahbar quyidagi sifat va fazilatlarga ega bo‘lishi zarur:

ilmiy salohiyatli, bu borada o‘z salohiyati bilan barchaga o‘rnak bo‘la olishi;

o‘z ustida tinimsiz ishlovchi;

ijodkor, tashkilotchi;

tashabbuskor, ishbilarmon va tadbirkor;

murakkab vaziyatlardan chiqishga yo‘l topa oladigan;

mehribon va jamoani o‘z ortidan ergashtira oladigan; 

mas’uliyatli, qat’iyatli, o‘z so‘zining ustidan chiquvchi;

vijdonli, andishali, insofli va o‘ziga nisbatan ishonch uyg‘ota olishi muhim.
1
 SH.M. Mirziyoyev. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar 
faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. – T., 2017, 7-b..


59
Yuqorida ta’limda rahbar o‘z tarbiyaviy jihatlari bilan barchaga o‘rnak bo‘la olishi 
ham muhim ahamiyat kasb etadi, dedik. Bu haqda fikr yuritganda, avvalo, ta’limda fa-
oliyat yuritayogan rahbarlar tarbiyali va intizomli bo‘lishi lozim. Shu bilan birga, bilimli, 
yuqori malakali, yuksak saviyali, tashabbuskor, mas’uliyatli, talabchan, adolatli, bag‘ri-
keng, kechirimli, axloqan yetuk, sadoqatli, qat’iyatli va albatta tartib-intizomli bo‘lishi 
shart. 
Bugungi globallashuv va modernizatsiya sharoitida esa ta’limni boshqaruvchi rah-
barda yana quyidagi jihatlar ustuvor bo‘lishi muhim: 
birinchidan, ilm-fandagi innovatsiyalarni ta’lim tizimiga olib kirishga qodir, zamo-
naviy fan texnika yutuqlaridan xabardor shaxs bo‘lishi;
ikkinchidan,  u  zamonaviy  sharoitda  turli  kashfiyot  yoki  «nou-xau»larni  ishlab 
chiqarishga tezda tatbiq qiluvchi va uni baholab boruvchi innovator bo‘la olishi;
uchinchidan, u yuqori madaniyatli, halol, har qanday sharoitda ham namunali 
fe’l-atvori bilan barchaga o‘rnak bo‘la olishi;
to‘rtinchidan, u professional sifatga, ijobiy fazilati va emotsiyalari bilan o‘z qo‘l 
ostidagilarini orqasidan ergashtirishga qodir lider(yetakchi) bo‘lishi;
beshinchidan, u ichki va tashqi nizolarni ijobiy hal qiluvchi, sheriklar va rahbarlar 
bilan kelishuvchilik aloqalarini o‘rnatuvchi, mohir diplomat bo‘la olishi;
oltinchidan, u o‘z jamoasida ishchanlik muhitini yaratishga qodir va uning rivojla-
nishini ta’minlovchi yuqori ma’naviy fazilatga ega bo‘lgan tarbiyachi bo‘lmog‘i;
yettinchidan, ta’limni boshqarishda rahbar ishbilarmon va tadbirkor bo‘lishi muhim 
ahamiyat kasb etadi. Zero, ta’limda zamonaviy rahbarning tadbirkor bo‘lishi bugungi 
bozor iqtisodiyotining muhim talabidir. 
Ta’limda  rahbar  shaxslar  oldiga  qo‘yilayotgan  navbatdagi  muhim  talab  bu  – 
rahbar xodimlardagi halollik mezonidir. Ta’limdagi har qaysi rahbar o‘z lavozimi 
asosida burchini halol bajarishi zarur. Chunki davlat va jamiyat taraqqiyoti avva-
lombor ta’lim sifati bilan bevosita bog‘liq. Bunda rahbar shaxslar har doim, barcha 
joyda  ibrat  ko‘rsatishi,  shu  jumladan,  sofligi  va  halolligi  bilan  barchaga  namuna 
bo‘lishi lozim. 
Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev hayotning o‘zi va xalqning intilishlari ol-
dimizga yangi va yanada murakkab vazifalarni qo‘yayotgani haqida to‘xtalib: “birinchi-
dan, ayrim idoralar va ularning rahbarlari real hayotdan va xalq ehtiyojlaridan ma’lum 
darajada uzilib qolmoqda. Ikkinchidan, tarmoq va hududlarni rivojlantirish konsepsiya-
lari va dasturlarini ishlab chiqishda yuzaki yondashuvga yo‘l qo‘yilmoqda. Va nihoyat, 
uchinchi asosiy kamchilik – ko‘pchilik rahbarlarning murakkab muammolarni kabinet-
dan chiqmasdan, iqtisodiyot tarmoqlari, har bir korxonadagi, shahar va tumanlardagi, 
ayniqsa, qishloq joylardagi ishlar qanday ahvolda ekanini chuqur o‘rganmasdan hal 
etishga odatlanib qolgani bilan bog‘liq” deydi.
2
Yurtboshimizning bu borada bildirgan fikr va mulohazalardan kelib chiqib, bizning-
cha, bugungi kunda ta’lim tizimida boshqaruvning quyidagi talablari rahbar faoliyatiga 
xos mezon bo‘lishi lozim. Ular quyidagilar:

tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbar faoliya-
tining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak;
2
 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ‘‘Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan 
ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida’’gi Farmoni. Xalq so‘zi gaze-
tasi. – T., 2016-yil 28-dekabr.


60

Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish