26
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2019. № 3. www.xtjurnali.zn.uz
ravishda tayanch va fanga oid kompetensiyalar shakllantiriladi. Biroq hanuzgacha
pedagogik jamoada ixtiloflarni va nizolarning oldini olish hamda ta’lim jarayonining
subyektlari bo‘lmish o‘qituvchi va o‘quvchilarning pedagogik nazokat (takt)larini
o‘rganish bo‘yicha muayyan tizim ishlab chiqilmaganligi ko‘zga tashlanmoqda. Ayni
paytda umumiy o‘rta ta’lim tizimida yuksak malakali, kasbiy
va hayotiy muammolarni
mustaqil hal qila oladigan kadrlarning pedagogik faoliyatida didaktik va tarbiyaviy
jarayonlarda sodir bo‘lgan kemtiklarni korreksiyalash mexanizmlarini takomillashtirish
taqozo etilmoqda. Shu bois, pedagogik konfliktologiyaning tashkiliy va texnologik
asoslarini loyihalash, kelajakda rivojlanish tendensiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha
ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Shu bilan bir qatorda, umumiy o‘rta ta’lim tizimida
pedagogik jamoaning istiqboliy rivojlanishini ta’minlaydigan ixtilof
va nizolarning oldini
olishga qaratilgan tadqiqotlarni amalga oshirish zarurati yuzaga kelmoqda.
Didaktik va tarbiyaviy jarayonlarda pedagogik konfliktologiya
– pedagogik
omillarning samaradorligini oshirish maqsadida shaxsga axloqiy, intellektual, estetik,
jismoniy, sotsiologik, ekologik va ijtimoiy-psixologik ta’sir ko‘rsatish uchun xizmat
qiladi. Ta’lim oluvchilarning shaxsiy-xarakterologik sifatlarini aniqlash metodikasini
egallash, uni pedagogik amaliyotga tatbiq etish, kasbiy-pedagogik tayyorgarlikning
muhim unsurlaridan biridir. Ta’lim muassasalari o‘qituvchilari ko‘pincha o‘quvchi-
yoshlarning aqliy qobiliyatlarini o‘rganishga e’tibor
qaratadilar, ammo ta’lim jarayonida
o‘quvchilarning tarbiyalanganlik darajalarini (keng ma’noda) tadqiq etish, pedagogik
konfliktologiya metodlaridan foydalanish mexanizmlarini uzluksiz ta’lim tizimida
yagona uzviylik va yaxlitlik nuqtai
nazaridan talqin qilishga, uning yechimlarini topishga
urinishmaydi. Zero, pedagogik konfliktologiya vositasida ta’lim sifati va samaradorligini
oshirish, o‘qituvchining kompetensiyaviy yondashuvlar asosida ta’lim jarayonini
tashkil etish, tahsil oluvchilarning bilim egallashlarini faollashtirish, ularni intellektual
rivojlantirish, innovatsion ta’lim texnologiyalarini o‘qitish jarayoniga tatbiq
qilish kabi
muhim vazifalar amalga oshiriladi.
Bu sohadagi ilmiy izlanishlar jahonning yetakchi ilmiy markazlari va oliy ta’lim
muassasalarida, jumladan, Italiyaning Bolonya universiteti huzuridagi Layf Kouching
instituti, Germaniyaning Gumbold universiteti huzuridagi Ta’lim instituti, Bavariya
akkreditatsiyalash, sertifikatlash va sifatni kafolatlash instituti, Fransiyaning Sorbonna
universiteti huzuridagi Ta’lim sifatini kvalimetrik
tahlil qilish instituti, AQShning Yel,
Prinston universitetlari, Yaponiyaning Tokio pedagogika universiteti, Rossiyaning
Moskva davlat universitetining boshqaruv kadrlarini tayyorlash o‘quv-ilmiy markazi,
A.S. Pushkin nomidagi Sankt-Peterburgdagi pedagogika instituti,
Rostov-Dondagi
Janubiy Federal universtitetlarida (Rossiya) olib borilmoqda.
Ta’lim muassasalari o‘quv jarayonini innovatsion tashkil etishda pedagogik
konfliktologiya metodlaridan foydalanish strategiyalarini takomillashtirish yo‘nalishida
kadrlar tayyorlash, ta’lim tizimini rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy va pedagogik shart-
sharoitlarini o‘rganishga mamlakatimiz olimlari R.H. Djuraev, R.G‘. Safarova, Sh.A.
Abdullaeva, Yu.M. Asadov, H. Saidov, S. Turg‘unov, Q. Shodmonov, shuningdek, MDH
olimlari L.I. Denyakina, A.P. Pidkasistiy, I.A. Podlasiy, Z. Kretsanlarning ilmiy
ishlarida
alohida e’tibor qaratilgan hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida boshqaruv
faoliyatini takomillashtirish, rahbar va pedagog kadrlar malakasini oshirishga
innovatsion yondashuv texnologiyalarini joriy etish muammolari tadqiq etilgan.
Pedagogik jarayonda umumiy o‘rta ta’lim amaliyoti holatidan kelib chiqib, ixtilof va
nizolarni bartaraf etishga qaratilgan
Do'stlaringiz bilan baham: