Konfliktologiya –
(“
conflictology“
nizo; “logos” ta’limot degan ma’noni
bildiradi) o‘rganilayotgan jarayonda sodir bo‘layotgan nizo, ziddiyat, ixtiloflarning kelib
chiqish sabablari va ularning oldini olish haqidagi pedagogikada yangi fan tarmog‘i.
Fan sifatida konfliktologiya nemis va amerika sotsiologi Lyuis Kozerning XX asr
boshida shu nomli kitobining paydo bo‘lishi bilan taraqqiy etdi.
Pedagogik nizo – bu ruhiy tizilmalarda stixiyali sodir bo‘ladigan qarama-qarshi
fikrlar to‘qnashuvi, qarashlar, g‘oyalarning bir-biriga nomutanosibligi natijasida paydo
bo‘ladigan, pedagogik jarayon ishtirokchilarida salbiy hissiy kechinmalarni keltirib
chiqaruvchi ruhiy holat shakli.
Pedagogik nizolar, o‘z mohiyatiga ko‘ra, bir necha turlarga bo‘linadi. Ularni
quyidagicha turkumlashtirish mumkin:
1) shaxslararo;
2) guruhlararo;
3) shaxs va guruh o‘rtasidagi;
4) uzoq muddatli;
5) yaqin muddatli;
6) xufyona;
7) oshkora va h.k..
Nizolarni bartaraf etish bo‘yicha konstruktiv va destruktiv konfliktlar kabi guruhlarga
ajratish mumkin.
Pedagogik konfliktologiya – bu pedagogik vaziyatlarda jamoada paydo bo‘lgan
ixtilof va nizolarni o‘rganish, ularni bartaraf etish va oldini olishga yo‘naltirilgan faoliyat
hisoblanadi.
2
Demak, muomala odobiga rioya qilish pedagoglar jamoasining maqsadiga,
o‘qituvchilarning axloqiy saviyasiga bog‘liq. Bu jarayonda o‘qituvchilar orasida o‘zaro
fikr almashish, o‘rtoqlarcha munozaralar qilish natijasida har bir o‘qituvchining bilim
darajasi ortadi, o‘zaro aloqalari mustahkamlanadi.
Fikrimizcha, pedagogik konfliktologiya – pedagog shaxsining va u bilan pedagogik
faoliyatga kirishuvchi ta’lim subyektlarining didaktik va tarbiyaviy tizimda sodir bo‘lgan
ixtilof va nizolarning oldini olish, ma’naviy muhitning samarali natijalarini kafolatlash va
tavsiyalar berish jarayoni.
Bunday hamkorlik ko‘pincha bir xil fanlardan dars beradigan muallimlar o‘rtasida
mavjud bo‘ladi. Pedagoglar jamoasida o‘zaro tajriba almashish bir-birlarining darslari-
ga kirish, tarbiyaviy tadbirlarini kuzatish shaklida amalga oshiriladi. Afsuski, ayrim
hollarda maktab ma’muriyati o‘zaro darslarga kirish natijalari yozilgan daftardagi
kam chiliklarni ro‘kach qilib, pedagogik kengashlar va yig‘ilishlarda o‘qituvchilarni
tanqid qiladilar. Bu bilan muomala odobi mezonlariga, axloqiy munosabatlarga ziyon
yetkazadilar. Vaholanki, muallimning faoliyatiga kuzatilgan bitta darsning natijasiga
qarab baho berib bo‘lmaydi. Bunday kuzatish daftarlariga muallim darsda erishgan
2
Sh.A. Abdullayeva. Pedagogik diagnostika. – T.:Fan va axborot texnologiyalari, 2015, 282-bet.
28
Do'stlaringiz bilan baham: |