# 3-son 2019. indd


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2019. № 3



Download 2,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/163
Sana26.09.2021
Hajmi2,6 Mb.
#186206
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   163
Bog'liq
3-son-2019

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2019. № 3.   www.xtjurnali.zn.uz
yutuqlarni, yangi usullarni yozib, tahlil etib, boshqalarga namuna sifatida ko‘rsatish 
muomala odobi talablariga mos bo‘lib, jamoada axloqiy vaziyatni yaxshilashga xiz-
mat qiladi. 
Ma’lumki, o‘qitish jarayonida muallim o‘quvchilar bilan yakka holda muloqotda 
bo‘ladi. Maktabda ta’lim tarbiya ishlarining samarasi ayrim o‘qituvchigagina emas, av-
valo, maktabda inoq, ahil pedagoglar jamoasi yaratilganligi, ularning yuksak axloqiy-
ma’naviy darajasiga bog‘liqdir. 
Sog‘lom va ahil pedagoglar jamoasi yosh o‘qituvchilarni axloqiy tarbiyalash, ular-
ning pedagogik mahoratini oshirish maskanidir. Pedagoglar jamoasi o‘zining har bir 
a’zosiga hurmat bilan qarashi, uning yutuqlari va kamchiliklaridan ogoh bo‘lishi, ular-
ni tuzatishga ko‘maklashishi zarur. Pedagoglar jamoasining muallimga qo‘yayotgan 
talablari, muomalasi adolatli bo‘lmog‘i kerak. Pedagogik jamoaning a’zolari mayda 
to‘dalarga bo‘linib guruhbozlik yo‘liga kirib ketsa, jamoada muomala odobi qoidalari, 
ma’naviy-axloqiy vaziyat buziladi, bo‘lar-bo‘lmasga o‘qituvchilar orasida nizolar chiqav-
eradi. Ma’lumki, tarbiyaviy jarayon konfliktlarsiz sodir bo‘lmaydi. Demak, pedagoglar ja-
moasining ijodiy faoliyatida fikrlar to‘qnashuvi bo‘lishi ham mumkin. Ijodiy munozaralar-
da, pedagogik jarayonda vujudga keladigan tortishuvlarning ba’zilari o‘qituvchilar 
o‘rtasidagi yaxshi muomala munosabatlarni buzmasdan turib hal etiladi. Bunday holda 
jamoatchilikning fikri odob normalariga binoan umumiy manfaatni himoya qilayotgan, 
jamoaning ishiga ijodiy ruh, yangilik kiritayotgan o‘qituvchi tomonida bo‘ladi. 
Bunday muhit ishni yaxshilashga qaratilgan prinsipial tanqid va o‘z-o‘zini rad et-
maydi. O‘qituvchining xato kamchiliklarini to‘g‘ri ko‘rsata bilish, kasbdoshining mulo-
hazalarini hamdardlik sifatida qabul qilish lozim. Kishi o‘z sha’niga aytilgan tanqidni 
to‘g‘ri tushunishi – o‘qituvchining axloqiy madaniyatidan, pedagoglik burchini yuksak 
darajada anglashidan dalolat beradi. 
Mamlakatimizda ko‘plab maktab jamoalarida ishchanlik, xayrixohlik muhiti yara-
tilgan bo‘lib, bu o‘zaro yordam va talabchanlikka, har bir muallimning yaxshi ishlarini 
qadr lashga, qo‘llab-quvvatlashga yordam bermoqda. O‘qituvchi mehnatini ilmiy asosda 
tashkil etish ham pedagoglar jamoasida o‘zaro muomala  munosabatlarini yaxshilaydi. 
Maktabdagi axloqiy-ruhiy vaziyatni jamoa – a’zolarining kayfiyatidan bilib olish mumkin. 
Bugungi kunda, ming afsuski, ayrim maktab o‘qituvchilari o‘quvchining kunda-
lik daftaridan  axloqiy tarbiyaning, bolaga ta’sir o‘tkazishning muhim vositasi sifatida 
foydalanishni unutishgan va u dars jadvali va uy vazifalari yoziladigan oddiy bir daf-
targa aylanib qolgan. Vaholanki, kundalik daftari o‘quvchi, ota-ona, o‘qituvchi triada-
sida tarbiyaviy vositani o‘tovchi hujjatdir. Shu bilan birga, kundalik daftarga bolaning 
xulqi va u o‘qishda erishgan yutuqlari, maslahat va takliflarini yozadigan sinf rahbarlari 
ham bor. Bolaning kundalik daftarida uchraydigan: “Darslarda faolroq qatnashadigan 
bo‘lding, o‘qituvchilar sendan mamnun!”, “Adabiyot va matematikadan dars qoldirgan 
kunlaringda o‘tilgan mavzularni o‘zlashtirib ol, boshqa fanlardan biliming yaxshi!”, “Ja-
moatchilik ishlariga, mehnatga munosabatingni o‘zgartir, faolroq bo‘l!”, “Sinfdoshlaring 
bilan xushmuomala bo‘l, o‘zingni tuta bil, irodangni ishga sol” kabi yozuvlar shundan 
dalolat beradi. O‘qituvchi o‘quvchi bilan gaplashayotgandek tuyulsa ham, aslida bu 
yozuvlar ota-onalar uchun ham eslatmadir. 
Pedagogik jamoada ixtilof va nizolarning pedagogik-psixologik xususiyatlari turli-
tumandir. Pedagogik jamoalarida ijtimoiy-ruhiy iqlimning holati nizolar soni bilan bel-
gilanadi. 
Nizo – bu rahbar, ishchi va boshqa xodimlar orasida muayyan masalalarni hal 


29
qilishda tomonlarning bir-biri bilan bir yechimga kela olmaganligini bildiradi.
Jamoa a’zolari orasidagi nizolarning ko‘pchiligi ishlab chiqarishning qoniqarsiz 
tashkil qilinganligi, rahbarlarning ish jarayonida o‘ziga bo‘ysunuvchi jamoa a’zolarining 
ruhiy holatlarini hisobga olmaganligi, zarur ish sharoitining yaratilmaganligi va boshqa 
sabablar natijasida vujudga keladi. Nizolar qanchalik ko‘p bo‘lsa, mehnat jamoalarida 
ijtimoiy-ruhiy iqlim shunchalik yomonlashadi. Pedagogik jamoalarda ayrim nizo chiqa-
rishga moyil shaxslar bo‘lishi tabiiy. Bunday shaxslar ish paytida foydali mehnat bilan 
shug‘ullanish o‘rniga o‘zlarining nizolarida ko‘rsatilgan masalalar rahbar xodimlar to-
monidan qanday qabul qilinayotgani to‘g‘risida fikr yuritib, o‘zlari va boshqalarni ishdan 
chalg‘itib, ishga xalaqit beradilar. Bunday nosog‘lom vaziyat jamoadagi ijtimoiy-ruhiy 
holatga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Pedagogik jamoada nizolarni bartaraf etishning to‘rtta tuzilmaviy usuli mavjud 
bo‘lib,  bular:  ishga  bo‘lgan  talablarni  yaxshilab  tushuntirish  (koordinatsiya);  o‘zaro 
kelishtirish  va  integratsiya;  o‘zaro  singdirish  mexanizmlarini  qo‘llash;  umumtashkiliy 
kompleks maqsadlarni belgilash; taqdirlash orqali rag‘batlantirish tizimini qo‘llashdir. 
Jamoa a’zolari orasidagi insoniy munosabatlar oqibatida yuzaga keladigan nizolarni 
hal qilishda: nizoga chap berish; yumshatish; majbur qilish; kompromiss, ya’ni o‘zaro 
bitimga kelish; muammoni hal qilishdir.
Shunday qilib, hozirgi davrda zamonaviy texnika va texnologiyalarning  hayotga 
kirib kelishi inson faoliyatida, ijtimoiy ongida katta o‘zgarishlar  bo‘lishini taqozo et-
moqda. Zero, olam to‘g‘risida va insonning hayotda tutgan o‘rni to‘g‘risidagi tasav-
vurlari o‘zgarmoqda, tafakkuri va olamni tushinishning yangi usullari shakllanmoqda, 
ma’naviy-amaliy o‘zlashtirishning yangi vositalari va usullariga o‘tish yuz bermoqda. 
Shunday jarayonlarda nizolarning oldini olish muhim ahamiyat kasb etadi. 

Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish