Oila psixologiyasi fanining maqsad va vazifalari
Fanning maqsadi: oila psixologiyasi fani predmeti bo‘yicha o‘quvchi-yoshlarni oi-
laviy hayot va undagi murakkab o‘zaro munosabatlarning qonuniyatlari, mexanizm-
larini tanishtirish.
Fanning vazifalari: sharq allomalarining oilaga bergan baholari, uning tarkib topi-
shi, shakllanishi, mustahkamlanishi, eng yuksak darajaga yetishining shart-sharoitlari
va qonuniyatlarini o‘rgatish.
O‘quvchilarda ilmiylik, tadqiqotchilik, ijodkorlik, kompyuter savodxonligi, axborot
texnologiyalaridan samarali foydalanish ko‘nikmalarini hosil qildirish.
Ta’lim sifatini oshirish uchun texnik vositalar: audio-video, kino materiallari, komp-
yuterlar, videoproektor, slaydlar, badiiy asarlardan parchalar; zamonaviy pedagogik
texnologiyalardan, xususan, interfaol metodlardan o‘rinli foydalanilsa maqsadga mu-
vofiq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |