# 3-son 2019. indd


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2019. № 3



Download 2,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/163
Sana26.09.2021
Hajmi2,6 Mb.
#186206
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   163
Bog'liq
3-son-2019

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2019. № 3.   www.xtjurnali.zn.uz
rol o‘ynaydi. Ma’lumki, bola o‘z tarbiyasiga ko‘ra g‘oyat ta’sirlanuvchan bo‘ladi. Bola 
ilk yoshligidanoq kattalarning harakatlariga taqlid qiladi, ularning so‘zlarini takrorlaydi. 
Kishi ulg‘aygach, bolaligida ko‘rgan hamma narsani takrorlamaydi, ammo ana shu nar-
salarning barchasi uning qalbida, ongida qandaydir iz qoldirgan holda saqlanib qoladi. 
Shuning uchun ham oilada farzandlarga beriladigan nasihat va o‘gitlar, ma’rifiy g‘oya-
lar shaxs tarbiyasi kabi masalalar muhim ahamiyatga ega.
Ma’lumki, bilimli, ma’rifatli bo‘lish kishining kibr-havodan uzoqroq turishini ta’min-
laydi, o‘gitlarda insonning kibru-havodan uzoq bo‘lishi atrofdagi kishilar bilan ijobiy 
munosabatni o‘rnata olishi uchun zamin hozirlaydi. Ilm sari intilish qutlug‘, ezgu ish 
sanaladi. Demak, har bir kishi ilm o‘rganish sari intilishi, o‘zlashtirilgan bilimlarga amal 
qilishi, kibr-havodan voz kechishi zarur. Ilm o‘rganish yo‘lida aziyat chekkan, ma-
shaqqat tortgan kishigina uni to‘laqonli o‘zlashtira olishi, kasb-hunar sirlarini mukam-
mal egallashi mumkin. Inson zehnining o‘tkirligi, har qanday muammoni hal eta olish 
layoqatini xuddi yuqorida parvoz etayotgan qushning yerdagi o‘ljani ko‘rib, unga ega 
bo‘lish ilinjida pastga sho‘ng‘ishiga o‘xshaydi. Oqil odam zehnining tezligi qush parvo-
ziga qiyoslanadi.
Oilada farzandlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash xususiyatlaridan yana biri xush-
xulqlikdir. Bilim va hunar egasi bo‘lish, ezgulik, yaxshilik yo‘lida hamda umum manfaati 
uchun mehnat qilish xushxulq insonga xos fazilat hisoblanadi.
Yoshlarni inson shaxsi va uning qadr-qimmatini ulug‘lashga o‘rgatish, mehmon-
do‘stlik,  do‘stlik, o‘zaro hamkorlik, mehnatga muhabbat, ilm olish va kasb-hunar egal-
lashga nisbatan ishtiyoq va ehtiyoj, vatanparvarlik va qon-qardoshlik tuyg‘usiga ega 
bo‘lish, tejamkorlikning ahamiyati va isrofgarchilikning oldini olish, adolat va adolat-
sizlik, yaxshilik va yomonlikning oqibatlari, axloq-odob qoidalari, sihat-salomatlikni 
saqlashga oid o‘gitlar haqida ma’lumotlar berish insonni yoshlikda aniq bir maqsadga 
intilishga tinimsiz harakat qilish, voyaga yetganida uning rohatini, mehnati natijasini 
ko‘rish tushunchalarini shakllantiradi.
Ko‘rinib turibdiki, oilaning ta’lim-tarbiya borasidagi donishmandligi farzand kamo-
lotining asosini tashkil etadi.
Oila  psixologiyasining  umumiy  asoslari  va  fanining  predmeti  –  oilaning  ijtimoiy 
va etnopsixologik xususiyatlarini tashkil etishi, jamiyatnining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlani-
shi shaxsning madaniy takomillashuviga, shaxlarni bir-biriga qo‘yadigan talablari 
 oshishiga va shaxslararo munosabatning noziklashuviga olib keladi. Buning debo-
chasi sifatida muhabbat, oila va oilaviy munosabatlar yuzaga keladi bu esa, o‘z navba-
tida, oila psixologiyasining ilmiy tadqiqot predmeti sifatida o‘rganilishi talab etiladi. Oila 
psixologiyasi fanining vazifasi – oila psixologiyasiga doir eng muhim bilimlarni berish 
va ular asosida tegishli malaka ko‘nikmalarini shakllantirib, yoshlarni oilaviy hayotga 
tayyorlashdir. Oilanining shaxsni shakllanishidagi roli haqida yoshlarga tasavvur be-
rish, oilaviy hayotda kuzatiladigan o‘zgarishlar haqidagi ilmiy bilimlar bilan tanishtirish
yoshlarga oilaviy hayotda bo‘ladigan muammolar, qonuniyatlar haqida ilmiy tasavvur 
bilan tarbiyalash, ularni bu jarayonlarga tayyorlash, yoshlarni oilaviy hayotda yuzaga 
keladigan, muammolarga konstruktiv tus berishga, destruktiv yo‘nalishlardan saqla-
nishga o‘rgatish, yoshlarni muammoli vaziyatlardan psixologik jihatdan oqilona chiqish 
malakalarini o‘rgatish, o‘zlarining turmush o‘rtoqlarini to‘g‘ri tanlash malakalarini shakl-
lantirish, oilaning mustahkamligini ta’minlovchi bilim va malakalarini shakllantirish, 
yoshlarni oilaviy muloqatga  tayyorlash, oilani rejalashtirishga o‘rgatish kabi vazifalar 
o‘quvchilarga berilishi ko‘zda tutilgan.


23

Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish