“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2019. № 3. www.xtjurnali.zn.uz
bilan qirqish, egovlash, parmalash, termik ishlov berish, rezbalar ochish tartibida o‘rga-
niladi. Bu ishlab chiqarish sharoitida metallarga slesarlik usuli bilan ishlov berish tarti-
biga to‘g‘ri keladi. Shu sababli o‘quvchilar faqat ba’zi slesarlik operasiyalarini bajarish
malakasini egallab qolmay, slesarlik ishi texnologiyasi haqida ham muayyan bilimlar
oladilar.
Ko‘rsatmalilik prinsipi. Ustaxonadagi mashg‘ulotlarda ko‘rsatmalilik, avvalo,
texnik chizmaning hozirgi zamon ishlab chiqarishidagi roli bilan bog‘liq holda alohida
ahamiyat kasb etadi. Chizmani o‘qish mehnat topshirig‘ini bajarish bosqichlaridan bi-
ridir. Bundan tashqari, chizmachilikka oid ayrim bilimlarsiz o‘quvchilarga konstruksiya-
lash va texnologiya elementlarini o‘rgatib bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |