KROSSVORD
BO`YIGA:
1. “Kreativlik – o‘z qiymatiga ega original g‘oyalar majmui”. Ushbu fikr muallifi.
3. “Kreativlik muayyan soha bo‘yicha o‘zlashtirilgan puxta bilimlar bilan birga yuqori darajada noodatiy ko‘nikmalarga ham ega bo‘lish”. Ushbu fikr muallifi.
5. Pedagog kreativ potensialining muhim darajalaridan biri.
7. Kreativ pedagogika faning ilmiy tadqiqot metodlaridan suhbat metodining shakllaridan biri.
9. Ijtimoiy sub’ektning yangiligi, ahamiyati va foydaliligi jamiyat yoki muayyan guruh tomonidan tan olingan faoliyati yoki faoliyati natijasi.
11. Psixologiyada kim tomonidan shaxs kreativligini aniqlovchi test ishlab chiqilgan?
13. Fransuz “tekshirish” ma`noni anglatuvchi metod
15. Veksler shkalasining ikkinchi qismi
17. Katta yoshlilar hamda bolalarning aqliy qobiliyatini o‘lchashga xizmat qiladigan test.
19. Muayyan o‘quv fani bo‘yicha ta’lim maqsadi, o‘quv dasturi va didaktik talablarga muvofiq belgilangan ilmiy ma’lumotlarni beruvchi manba
21. Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim mazmuniga hamda sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydigan me’yoriy hujjat.
23. Pedagogik amaliyotda o‘quv va tarbiyaviy ishlar dasturlarini yaratishda kim tomonidan asoslangan tamoyillarga amal qilib kelinmoqda?
25. “Kreativlik otasi” nomi bilan mashhur bo`lgan psixolog
27. Veksler shkalasining qaysi qismida kubiklardan konstruksiyalar yaratish, labirintlarni topish, chizilayotgan surat (kartinalar)ni yakuniga yetkazish, tavsiya etilayotgan kod (tasvir)lar mohiyatini ochib berish kabi topshiriqlar beriladi?
29. Kzikszentmixaylining fikriga ko`ra o‘zlarining kreativlik sifatlaridan faqatgina kundalik hayotda muayyan foydaga erishish uchun foydalanadigan kreativlar qanday nomlanadi?
ENIGA:
2. Individning yangi g‘oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi va mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati.
4. Pedagoglarda kreativ faoliyatni tashkil etishga imkon beradigan malakalardan biri
6. “Kreativlik – shaxs tomonidan amalga oshiriladigan amaliy harakat bo‘lib, u o‘zida muayyan yangilikni aks ettirishi va ma’lum amaliy qiymatga ega bo‘lishi lozim”. Ushbu fikr muallifi
8. Tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini o‘rganadigan fan
10. Aqliy qobiliyatni aniqlashga imkon beruvchi ikki qismdan (og`zaki va harakat) iborat bo`lgan individual test
12. Pedagog-tarbiyachining kreativ potensiali darajasini aniqlovchi mezonlardan biri
14. Veksler shkalasining qaysi qismida ma’lum materialni o‘zlashtirish, uning mazmunini tushunish, arifmetik topshiriqlarni bajarish, o‘zaro o‘xshashliklarni topish, lug‘at boyligiga egalikni namoyish etish kabi beshta ko‘rsatkich bo‘yicha baholanadi?
16. Pedagog kreativ potensialining muhim darajalaridan biri
18. Kim tomonidan “Kreativlik xaritasi” taklif etilgan?
20. “Tartib bilan joylashtirish qonun” ma’nosini anglatadigan so`z
22. B.Bulum taksonomiyasining birichi mezoni (darajasi)
24. Mavjud bilimlarga tayangan holda yaxlit, bir butun ob’ekt, hodisa voqelik va jarayonni tarkibiy elementlarga ajratgan holda o‘rganish, juz’iy xulosa chiqarish. Ya`ni B.Bulum taksonomiyasining to`rtinchi mezoni
26. Patti Drepeau tomonidan ham shaxs (jumladan, pedagoglar)da kreativlik sifatlarini muvaffaqiyatli rivojlantirishning nechta yo‘li ko‘rsatilgan
28. Kreativ pedagogika faning ilmiy tadqiqot metodlaridan suhbat metodining shakllaridan biri.
30. O‘quv fan (modul)lari bo‘yicha tizimlilik, izchillik, o‘zaro muvofiqlik va yaxlitlik asosida shakllantirilib, o‘quv materiallarini to‘liq yoki qisman qamrab olgan holda kompyuter texnologiyasi yoki Internet axborot tarmog‘ida maxsus (alohida) saytda joylashtirilgan elektron nashrlar majmui
-
Do'stlaringiz bilan baham: |