“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2019. № 3. www.xtjurnali.zn.uz
day davr keldi’’
1
, degan edi.
Bu esa rahbar shaxslardan, birinchi navbatda, shaxsiy
javobgarlikni talab qilmoqda. Chunki, rahbarlikning o‘ziga xos mas’uliyati va javobgar-
ligi yuqori, shu sababli uning yukini ko‘tarish hech qachon oson bo‘lmagan. Rahbar
mas’uliyat va javobgarlikni shaxsan o‘z yelkasiga olmas ekan, bu ularga ishonch bildir-
gan, hurmat-e’tibor ko‘rsatgan odamlarni aldash, ularga xiyonat qilish bilan barobardir.
Umuman, rahbar shaxsining asosiy vazifasi odamlarga xizmat qilish, ularni rozi qilish-
dan iborat. Shunday ekan, ular o‘z mas’uliyati va javobgarligini, avvalo, vijdoni oldida,
unga ishonch bildirgan odamlar, el-yurt oldida chuqur anglashi, zimmasiga yuklangan
vazifalarni ado etish uchun o‘zi jonbozlik ko‘rsatib, o‘zgalarni ham fidokorlikka chorla-
shi hamda ishlashi lozim.
Xo‘sh, ta’lim tizimida zamonaviy rahbar qanday bo‘lishi kerak?, uning boshqa
sohalardan farqli boshqaruv jihatlari qanday va unda mas’uliyat hissi qanday bo‘lishi
zarur?, ya’ni bugungi kun rahbari ta’lim boshqaruvida qanday sifatlarga ega bo‘lishi
lozim?, u o‘zida qanday fazilatlarni namoyon etmog‘i kerak? Bizningcha, ta’lim tizimida
rahbar mas’uliyatining boshqa sohalardan farqi shundaki, u avvalombor boshqaruvga
tarbiyaviy yondashmog‘i, ya’ni ‘‘ta’lim berib, tarbiyalaylik, tarbiyalab, ta’lim beraylik’’
shioriga amal qilmog‘i lozim. Jumladan, u pedagogik jamoada ro‘y berayotgan har
qanday jarayonga ta’lim va tarbiyaviy jihatdan yondashmog‘i, o‘qituvchilarning faoliya-
tini tez va adolatli tahlil qilishi va rivojlantira olishi hamda o‘zi jamoaga o‘rnak bo‘la oli-
shi lozim. Shundagina ta’limda rahbarning o‘quv tarbiyaviy jarayondagi faoliyati uchun
qulay sharoitlar yaratiladi va u ijobiy natijalar beradi.
Ta’limdagi pedagogik rahbarlik rahbar va o‘qituvchilarning ta’lim-tarbiyaviy faoli-
yatida yuzaga keladi. Masalan, oliy o‘quv yurti, fakultet yoki kafedrada to‘g‘ri tashkil
etilgan pedagogik rahbarlik professor-o‘qituvchilarning ilmiy hamda ishchanlik muhitini
shakllantiradi, ularni o‘z ustida tinimsiz izlanishga, o‘qishga va ishga intilishga, o‘zligini
anglashga imkoniyat yaratadi, ularni faollashtiradi. Bunda o‘qituvchining vazifasi mu-
loqot asosida jamoaga o‘zining «men»ligini anglashni, shaxs sifatida o‘z fikrini dadil
va erkin aytishni, jamoada o‘z o‘rnini bilishni, o‘z-o‘zini baholashni o‘rgatishi kerak.
Chunki ta’limda pedagogik rahbarlik rahbar ijodkorligining ta’limiy hamda tarbiyaviy
namunasidir.
Darsda o‘qituvchi talabalarni tashkilotchi va ijrochi bo‘lishga imkoniyat yaratgani-
dek, ta’limda ham rahbar o‘z xodimlaridan ilmiy ijodkorlikni, bilimli bo‘lishga intilishni,
shaxsiy tashabbuskorlikni namoyish qilishi uchun sharoit yarata olishi zarur.
Albatta rahbarlarga xos bo‘lgan fazilatlar ko‘p, avvalombor barcha rahbarlar talab-
chan, qat’iyatli, intizomli, javobgar hamda mohir ishbilarmon bo‘la olishi zamon tala-
bidir. Ta’limda esa zamonaviy rahbar quyidagi sifat va fazilatlarga ega bo‘lishi zarur:
−
ilmiy salohiyatli, bu borada o‘z salohiyati bilan barchaga o‘rnak bo‘la olishi;
−
o‘z ustida tinimsiz ishlovchi;
−
ijodkor, tashkilotchi;
−
tashabbuskor, ishbilarmon va tadbirkor;
−
murakkab vaziyatlardan chiqishga yo‘l topa oladigan;
−
mehribon va jamoani o‘z ortidan ergashtira oladigan;
−
mas’uliyatli, qat’iyatli, o‘z so‘zining ustidan chiquvchi;
−
vijdonli, andishali, insofli va o‘ziga nisbatan ishonch uyg‘ota olishi muhim.
1
SH.M. Mirziyoyev. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar
faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. – T., 2017, 7-b..
59
Yuqorida ta’limda rahbar o‘z tarbiyaviy jihatlari bilan barchaga o‘rnak bo‘la olishi
ham muhim ahamiyat kasb etadi, dedik. Bu haqda fikr yuritganda, avvalo, ta’limda fa-
oliyat yuritayogan rahbarlar tarbiyali va intizomli bo‘lishi lozim. Shu bilan birga, bilimli,
yuqori malakali, yuksak saviyali, tashabbuskor, mas’uliyatli, talabchan, adolatli, bag‘ri-
keng, kechirimli, axloqan yetuk, sadoqatli, qat’iyatli va albatta tartib-intizomli bo‘lishi
shart.
Bugungi globallashuv va modernizatsiya sharoitida esa ta’limni boshqaruvchi rah-
barda yana quyidagi jihatlar ustuvor bo‘lishi muhim:
birinchidan, ilm-fandagi innovatsiyalarni ta’lim tizimiga olib kirishga qodir, zamo-
naviy fan texnika yutuqlaridan xabardor shaxs bo‘lishi;
ikkinchidan, u zamonaviy sharoitda turli kashfiyot yoki «nou-xau»larni ishlab
chiqarishga tezda tatbiq qiluvchi va uni baholab boruvchi innovator bo‘la olishi;
uchinchidan, u yuqori madaniyatli, halol, har qanday sharoitda ham namunali
fe’l-atvori bilan barchaga o‘rnak bo‘la olishi;
to‘rtinchidan, u professional sifatga, ijobiy fazilati va emotsiyalari bilan o‘z qo‘l
ostidagilarini orqasidan ergashtirishga qodir lider(yetakchi) bo‘lishi;
beshinchidan, u ichki va tashqi nizolarni ijobiy hal qiluvchi, sheriklar va rahbarlar
bilan kelishuvchilik aloqalarini o‘rnatuvchi, mohir diplomat bo‘la olishi;
oltinchidan, u o‘z jamoasida ishchanlik muhitini yaratishga qodir va uning rivojla-
nishini ta’minlovchi yuqori ma’naviy fazilatga ega bo‘lgan tarbiyachi bo‘lmog‘i;
yettinchidan, ta’limni boshqarishda rahbar ishbilarmon va tadbirkor bo‘lishi muhim
ahamiyat kasb etadi. Zero, ta’limda zamonaviy rahbarning tadbirkor bo‘lishi bugungi
bozor iqtisodiyotining muhim talabidir.
Ta’limda rahbar shaxslar oldiga qo‘yilayotgan navbatdagi muhim talab bu –
rahbar xodimlardagi halollik mezonidir. Ta’limdagi har qaysi rahbar o‘z lavozimi
asosida burchini halol bajarishi zarur. Chunki davlat va jamiyat taraqqiyoti avva-
lombor ta’lim sifati bilan bevosita bog‘liq. Bunda rahbar shaxslar har doim, barcha
joyda ibrat ko‘rsatishi, shu jumladan, sofligi va halolligi bilan barchaga namuna
bo‘lishi lozim.
Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev hayotning o‘zi va xalqning intilishlari ol-
dimizga yangi va yanada murakkab vazifalarni qo‘yayotgani haqida to‘xtalib: “birinchi-
dan, ayrim idoralar va ularning rahbarlari real hayotdan va xalq ehtiyojlaridan ma’lum
darajada uzilib qolmoqda. Ikkinchidan, tarmoq va hududlarni rivojlantirish konsepsiya-
lari va dasturlarini ishlab chiqishda yuzaki yondashuvga yo‘l qo‘yilmoqda. Va nihoyat,
uchinchi asosiy kamchilik – ko‘pchilik rahbarlarning murakkab muammolarni kabinet-
dan chiqmasdan, iqtisodiyot tarmoqlari, har bir korxonadagi, shahar va tumanlardagi,
ayniqsa, qishloq joylardagi ishlar qanday ahvolda ekanini chuqur o‘rganmasdan hal
etishga odatlanib qolgani bilan bog‘liq” deydi.
2
Yurtboshimizning bu borada bildirgan fikr va mulohazalardan kelib chiqib, bizning-
cha, bugungi kunda ta’lim tizimida boshqaruvning quyidagi talablari rahbar faoliyatiga
xos mezon bo‘lishi lozim. Ular quyidagilar:
−
tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbar faoliya-
tining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak;
2
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ‘‘Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan
ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida’’gi Farmoni. Xalq so‘zi gaze-
tasi. – T., 2016-yil 28-dekabr.
60
Do'stlaringiz bilan baham: |