“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2019. № 3. www.xtjurnali.zn.uz
sifatida AKT vositalaridan foydalangan holda o‘qitish belgilab berilgan. Ushbu muhim
qarorga muvofiq bugun, ayniqsa, chet tillarini o‘rganish darslariga yanada chuqurroq
nazar tashlandi. Jahon maydonida yurt sha’nini munosib himoya qilishi uchun yoshla-
rimiz, avvalo, o‘zining xorijiy tengdoshlari bilan raqobatlasha olishi lozim. Bugun esa
raqobat chet tillari, xususan, xalqaro biznes tili bo‘lgan ingliz tilida olib borilmoqda. AKT
vositalari – kompyuter texnikasi, magnitofon, kitob, video uskunalari, elektron doska
orqali dars vaqtini tejash va yanada ko‘proq va samarali ma’lumot olishga imkoniyat
demakdir. Bugun yoshlar ham qo‘shimcha ma’lumot olish uchun kitobni izlab va varaq-
lab vaqt sarflamaydilar, balki uni tejab Internetga murojaat etadilar.
Chet tillarini o‘qitishda Internet hamda uning katta imkoniyatlaridan foydalanish-
lari natijasida, ta’lim va pedagogik jarayonlariga multimediya texnologiyalarining joriy
etilishining istiqbolliligi tobora namoyon bo‘lmoqda. Ma’lumki, asosiy kommunikatsiya
vositasi sifatida Internet bilan tanishuv to‘rt yo‘nalishda:
● Internet axborot olish vositasi sifatida;
● Internet muloqot vositasi sifatida;
● Internet o‘qitish vositasi sifatida;
● Internet ko‘ngilochar vosita sifatida amalga oshiriladi.
Bunda tarmoqda axborot izlashda kommunikatsiyaning asosiy vositalari (elekt-
ron pochta, chat) bilan ishlashni mashq qilishga katta e’tibor qaratiladi. Boshlang‘ich
bosqich da axborot almashuv jarayoni faqat yozma matn bilan cheklangan bo‘lsa, as-
ta-sekin unga grafik va ovozli hujjatlar kiritiladi. Hozirgi kunda boshlang‘ich sinflarda
o‘quvchilar o‘zlari istagan xorijiy tillarni o‘rganmoqdalar. Misol uchun, ingliz, rus, xitoy,
nemis, fransuz va sharq tillari ham shular jumlasidandir. Lekin respublikamizning mak-
tab muassasalarida ham ta’lim jarayoni va sifati bir xil emas. Afsuski, ayrim qo‘shtirnoq
ichidagi ta’lim muassasalarida darslar o‘z vaqtida o‘tilmaydi yoki o‘qituvchilar yetarli-
cha dars o‘tish malakasiga ega emas.
Hozirgi kunda buning oldini olish uchun ko‘plab chora-tadbirlar o‘tkazilmoqda va
o‘qituvchi-o‘quvchi muloqot dasturi yaratilmoqda, bundan tashqari, o‘quvchini xorijiy
tillarga bo‘lgan malakasini oshirish maqsadida ota-onalar bilan hamkorlikda ish olib
borilmoqda. Har bir o‘qituvchi, jumladan, maktab, kollej, litsey va oliy ta’lim muassasa-
si o‘qituvchilarining kasbiy mahoratlarini oshirishda innovatsion pedagogik texnologi-
yalarning o‘rni muhimligi sir emas. Har bir chet tili o‘qituvchisi dars jarayonida yangi
innovatsion texnologiyalardan foydalana olishi, o‘z ustida muntazam ishlab, kasbiy
mahoratlarini oshirib borishi va albatta XXI asrga mos dars jarayonini tashkillashtirishi
lozim. Chet tili darslarida to‘liq xorijiy tilda gapirib dars o‘tishning imkoni yo‘q. Balki
maktabning katta sinflarida, ayniqsa, bitiruvchilar bilan bu yo‘sinda dars o‘tish mumkin-
dir, ammo yosh o‘rganuvchilar bilan o‘zbek tilini ishlatmasdan xorijiy tilni o‘rgatish im-
konsizdir. Ammo birinchi til (ona tili)ni ham haddan ortiq ko‘p ishlatish o‘quvchilarning
chet tilini o‘rganishlariga katta to‘siq bo‘lishi mumkin. Sinflarda chet tili darsi vaqtida
o‘qituvchining chet tili va o‘zbek tilidan foydalanib dars o‘tishi o‘rtasida balans bo‘lishi
kerak. Ammo bu me’yorni qanday qilib topish mumkin? Agar o‘zbek tilida ko‘p gapiril-
sa-yu, chet tilida o‘quvchilarga yetarlicha gapirilmayotgandek tuyulsa. Aksincha, chet
tilida ko‘p gapirilib, natijada o‘quvchilar nima haqida gapirilayotganligiga tushunmay
qolishsa, ba’zi topshiriqlarni to‘liq anglab olisholmasa. Ta’lim texnologiyalari, bu ta’lim
jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishdir. Shuningdek,
ta’lim jarayoniga zamonaviy innavatsion texnologiyalarini olib kirish orqali ta’lim sifati
va samaradorligini oshirishni nazarda tutadi. Xususan, chet tilini o‘rganishda bunday
55
axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanishning bir qancha afzalliklari
mavjuddir. Til o‘rganish va o‘qitishda zamonaviy taxnologiyaning roli beqiyosdir. Tex-
nologik vositalardan foydalanish chet tili o‘rganishning har bir aspekti (o‘qish, yozish,
tinglab tushunish va gapirish)da qo‘l keladi. Masalan, tinglab tushunish uchun, al-
batta, kompyuter, player, CD disklarsiz bu jarayonni amalga oshirish mumkin emas.
Tinglab tushunish til o‘rganishning eng muhim qismlaridan biridir. Bunda o‘quvchi bir
paytning o‘zida so‘zlovchining talaffuzi, grammatik qoidalarga rioya qilganligi, so‘z
boyligi va uning ma’nolariga e’tibor berishi talab qilinadi. Ta’lim jarayonida zamona-
viy texnologiyalardan foydalanishda o‘quvchilar ham axborot – kommunikatsion tex-
nologiyalarni yaxshi bilish va ulardan foydalana olishi muhim omil hisoblanadi. Chet
tilini zamonaviy texnologiyalardan foydalanib o‘rgatish va o‘rganish eng samador
usullardan biridir. Bu jarayonda, jumladan:
● kompyuterlardan foydalanganda o‘quvchi chet tilidagi videoroliklarni, namoyish-
larni, dialoglarni kino yoki multfilmlarni ham ko‘rishi ham eshitishi mumkin;
● chet tilidagi radioeshittirishlar va televideniyadagi dasturlarni eshitish va tomo-
sha qilish mumkin;
● ancha an’anaviy usul hisoblanadigan magnitafon va kassetalardan foydalanish;
● CD pleyerlardan foydalanish mumkin. Bu texnik vositalardan foydalanish o‘quv-
chilarning chet tilini o‘rganishlari jarayonini qiziqarliroq va samaraliroq bo‘lishini ta’min-
laydi. Globallashuv jarayonida hayotimizni internetsiz tasavvur qilish qiyin. Chet tilini
o‘rganish va o‘qitish jarayonida undan unumli foydalanish eng samarali usullardan
hisoblanadi. Internet orqali chet tilida so‘zlashuvchilar bilan muloqot qilish imkoniyati
paydo bo‘ladi. E-mail orqali xat yozishish bilan yozish mashqini takomillashtirish mum-
kin. Ta’lim jarayoniga zamonaviy – kommunikatsion texnologiyalarni olib kirish ular-
dan maqsadli va to‘g‘ri, unumli foydalanish, ular orqali o‘quvchida chet tiliga bo‘lgan
qiziqi shni orttirish, o‘qitish samaradorligini oshirish eng muhim masala hisoblanadi. Bu
orqali ta’limning innavatsion texnologiyalaridan foydalanishga imkoniyat tug‘iladi va
talab ortadi. Bugungi kunda innovatsion ta’lim texnologiyalarining bir necha xil usullari
mavjud. Ulardan darslarda mavzuni yoritishda keng va turli usullaridan foydalanilsa,
darsning samaradorligi yuqori bo‘ladi va o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishlari-
ning ortishi ham ta’minlanadi. Ta’lim jarayoniga yangiliklarni olib kirish va ularni tatbiq
qilish orqali ta’lim samaradorligini oshirish nazarda tutiladi. Chet tili darslarining o‘qi-
tilishida turli rolli, harakatli o‘yinlardan foydalanish ham darsga ham til o‘rganishga
bo‘lgan qiziqishni ortishiga sabab bo‘ladi. Chet tilini o‘qitishda grafik organayzerlardan
foydalanib, mavzuga oid yangi so‘zlarni, grammatik qoidalarni tushuntirish maqsadga
muvofiqdir. Grafik organayzerlar orqali bular berilsa, yodda saqlanib qolishi ham oson
bo‘ladi. Chet tilini o‘qitish jarayonida turli jadvallardan foydalanishning ham samarasi
yuqoridir. Ta’lim jarayonida jadvallardan foydalanib, o‘quvchilar ma’lum bir gramma-
tik qoidani,masalan, zamonlardan foydalanib gaplar tuzish, yangi so‘zlarni joylashtirib
chiqishi mumkin. Chet tilini o‘rganishga ehtiyoj yuqori bo‘lgan bir davrda, ta’lim ja-
rayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan, innovatsion ta’lim texnologiyalaridan
unumli foydalanish bu jarayonni samarali bo‘lishiga olib keladi. Innavatsion ta’lim tex-
nologiyalarning samaradorligi ularning ta’lim jarayonida to‘g‘ri va unumli foydalanilga-
nidadir.
Bilamizki, hozirgi ta’lim jarayonida o‘quvchi subyekt bo‘lishi lozim. Bunda ko‘proq
interfaol metodlarga e’tiborni qaratish ta’lim samaradorligini oshiradi. Misol u chun, ing-
liz tilini olaylik: ingliz tili darslariga qo‘yilgan eng muhim talablardan biri o‘quvchilarni
56
Do'stlaringiz bilan baham: |