Musobaqaga hozir bo`lmaslik va bosh tortish-maita.
1. Agar dzyudochilarning biri bellashuvda hozir bo`lmasa, ikkinchisiga g`alaba fusen-gachi e`lon qiladi.
2. Dzyudochi oralig`i 1 daqiqadan bo`lgan 3 marta chaqiruvdan keyin bellashuvni boshlash chizig`i oldida hozir bo`lmasa, bellashuvni o`tkazish huquqidan mahrum bo`ladi.
3. O`rtadagi hakam fusen-gachi e`lon qilishidan oldin Hakamlar Hay`atining roziligini olishi kerak.
4. Agar dzyudochining raqibi bellashuvdan har qanday sabab bilan bosh tortsa, unga kiken-gachi (raqibning bellashuvdan bosh tortganligi natijasidagi g`alaba) e`lon qilinadi.
5. Agar dzyudochi bellashuv paytida o`zining kontakt linzalarini yo`qotib qo`ysa va ularni darhol o`rniga qo`ya olmasa, o`rtadagi hakamga ularsiz bellashuvni davom ettira olmasligini bildirsa, o`rtadagi hakam hakamlarlarning ―uchlikning ko`pchiligi‖ qoidasiga muvofiq uning raqibiga kiken-gachi g`alabasini beradi.
XDFning rasmiy musobaqalarida bellashuvdan hech bir sababsiz bosh tortgan ishtirokchi musobaqadan chetlashtiriladi va ―yupatuvchi uchrashuvlar‖ga ham qo`yilmaydi. Agar jamoa bahslarida shunday qilsa jamoasi ham chetlashtiriladi.
Jarohat, kasallik yoki kungilsiz hodisalar va tibbiy yordam.
1. Bellashuv davomida jarohat, kasallik yoki ko`ngilsiz hodisa tufayli dzyudochilarning biri bellashuvni davom ettira olmasa, o`rtadagi hakam yon hakamlar bilan maslahatlashib, kachi (g`olib) yoki xiki-vaki (teng hisob) e`lon qilishi kerak.
2. Agar jarohat jarohatlangan dzyudochining o`zining aybi bilan sodir bo`lsa, u holda g`alaba uning raqibiga beriladi.
3. Agar jarohat raqibning aybi bilan sodir bo`lsa, u holda g`alaba jarohatlangan dzyudochiga beriladi.
4. Agar jarohatlanish sababini aniqlash imkoni bo`lmasa, xiki-vaki e`lon qilinadi.
5. Bellashuv paytida dzyudochilarning biri kasal bo`lib qolsa va bellashuvni davom ettira olmasa, uning raqibiga kiken-gachi e`lon qilinadi.
6. Agar ko`ngilsiz hodisa tashqari ta`sirlar tufayli yuz bersa, xiki-vake e`lon qilinadi.
7. Bellashuv davomida har bir dzyudochi shifokor bilan bir jarohat uchun ikki marta maslahatlashish huquqiga ega. Shifokor uchinchi marta chaqirilganda o`rtadagi hakam g`alabani uning raqibiga beradi. Agar jarohatlar shifokor har chaqirilganda har hil bo`lsa bellashuv davom ettiriladi.
8. O`rtadagi hakam har bir dzyudochining tibbiy ko`riklari uchun bellashuvni to`xtatishlar soni tabloda qayd qilinganini nazorat qilishi kerak.
9. Shifokor gilamga chiqqanida, tablodagi hakam birinchi tibbiy ko`rikni ko`rsatish uchun bitta krestni, ikkinchi tibbiy ko`rikni ko`rsatish uchun ikkita krestni tabloda qayd qilishi kerak.
10. Har bir dzyudochi uchun faqat bitta shifokor gilamga chiqishga ruxsat beriladi. Agar yordamchi shifokor yordami zarur bo`lsa, u bu haqda avval o`rtadagi hakamga bildirishi kerak.
Murabbiyga hech qachon gilamga chiqishiga ruxsat berilmaydi. Agar shifokorning hozir bo`lishi tibbiy ko`rik sifatida qayd qilinsa, o`rtadagi hakam buni muvofiq ishora bilan tablo dagi hakamga ko`rsatishi kerak.
11. Agar yengil jarohat (burundan qon ketishi, tirnoq sinishi va hk...) tibbiy yordamni talab qilsa, u holda bu yordam tezda bajarilishi kerak.
Izoh: shifokor dzyudochiga teginishi mumkin, ammo davolamaydi.
12. Har qanday yengil jarohat takrorlanganda, shifokor gilamga chaqiriladi va tibbiy yordam tabloda qayd qilinadi. Shifokor gilamda faqat birinchi tibbiy yordam ko`rsatadi.
13. Agar dzyudochi tasodifan jarohatlansa va aybdorni aniqlash imkoniyati bo`lmasa va tibbiy yordam uchun shifokor talab qilinsa, u holda yordam tabloda qayd qilinadi.
Izoh: shifokor dzyudochiga tibbiy yordam berishi uchun teginishi mumkin.
14. O`rtadagi hakam fikricha, jarohat raqib tarafidan yetkazilgan bo`lsa, erkin davolashga ruxsat beriladi. Bunday holatda shifokor: zarur bo`lsa, bog`lash materiallarini ishlatishi; nashatir spirti hidlatishi; tashqi jinsiy a`zosi jarohatlansa, yordam berishi mumkin.
Izoh: Agar shifokor dzyudochiga yuqorida qayd qilinganlardan boshqa tibbiy yordamlarni ko`rsatsa, u holda raqibga kiken-gachi g`alabasi beriladi.
15. Agar jamoaning tayinlangan shifokori jarohatlangan dzyudochini tibbiy tekshiruvdan o`tkazganidan keyin hakamlarga dzyudochining bellashuvni davom qildira olmasligini bildirsa, o`rtadagi hakam yon hakamlar bilan maslahatlashib, bellashuvni tugatadi va natijani bu moddani boshqa shartlariga muvofiq e`lon qiladi.
16. Agar dzyudochi jarohatining darajasi jiddiy bo`lsa va gilamdan tashqarida davolashni talab qilsa yoki dzyudochining (dzyudochilarning) bir jarohati
Ikkitadan ortiq tibbiy ko`rikni talab qilsa, o`rtadagi hakam yon hakamlar bilan maslahatlashib, bellashuvni tugatadi va natijani bu moddaning boshqa shartlariga muvofiq e`lon qiladi.
17. Agar jarohat shifokorning gilamda davolashini talab qilsa ham, o`rtadagi hakam yon hakamlar bilan maslahatlashib, bellashuvni tugatadi va bu moddaning boshqa shartlariga muvofiq natijani e`lon qilishi kerak.
18. Agar bir yoki ikkala dzyudochi jarohatlanganlaridan keyin o`rtadagi hakam va yon hakamlar bellashuv davom etishi mumkin emas deb hisoblasalar, u holda o`rtadagi hakam bellashuvni tugatadi va natijani bu moddaning boshqa shartlariga muvofiq e`lon qilishi kerak.
19. Agar bellashuv davomida dzyudochi raqibining harakati tufayli jarohatlansa va bellashuvni davom ettira olmasa, ―hakamlar uchligi‖ bu holda o`rganib chiqib, Qoidalarga muvofiq qaror qilishlari kerak. Har bir hol alohida ko`rilishi kerak. Misol: Jarohat ta`qiqlangan harakat natijasida yetkazildi. Shifokor jarohatlangan dzyudochini ko`rikdan o`tkazganidan keyin hakamlarga dzyudochining bellashuvni davom ettira olishini bildiradi. ―Hakamlar uchligi‖ maslahatlashib raqibni Qoidalarga muvofiq jazolaydi.
20. Agar bellashuv davom ettirilganidan keyin jarohatlangan dzyudochi oldingi jarohati tufayli bellashuvni davom ettira olmasa, uning raqibi yana shu sabab bilan jazolanishi mumkin. Bu holda jarohatlangan dzyudochi bellashuvni yutqazadi.
21. Agar dzyudochi uchun javobgar shifokor, bellashuv paytida harakatning (ayniqsa bo`g`ish, og`ritish usullari bajarilayotgan paytda) uning vasiyligidagi dzyudochi sog`ligiga jiddiy xavf borligini aniq ko`ra olsa, u gilam chetiga kelishi va o`rtadagi hakamdan bellashuvni to`xtatishini so`rashi mumkin. Hakamlar shifokorga yordam berishlik uchun barcha zaruriy harakatlarni qilishlari kerak. Bunday aralashuv bellashuvda mag`lubiyatni bildiradi va faqat istisno hollarda qo`llanishi kerak.
22. Agar ikkala dzyudochining jarohatlari sababini aniqlash imkoniyati bo`lmasa va aybdorlar yo`q bo`lsa, u hollarda bellashuvni davom ettira oladigan dzyudochiga g`alaba beriladi.
23. XDF chempionatlarida jamoaning rasmiy shifokori yuqori tibbiy bilimga ega bo`lishlari va musobaqagacha qayd qilinishlari kerak. Shifokor belgilangan joyda bo`lishga ruxsat berilgan yagona shaxsdir va u boshqalardan ajralib turishi uchun shifokorlar maxsus kiyimi va qizil krestli qo`lbog`ichlar taqib olishi kerak.
24. Federatsiyalar musobaqa shifokorini tayinlashda, shifokorning xatti-harakati uchun javobgar hisoblanadilar. Shifokorlar Qoidalarga kiritilgan tuzatishlar va tushuntirishlarni bilishlari kerak. Masalan: shifokorlar musobaqa maydoniga oyoq kiyimini yechib chiqishlari va hk.).
Musobaqa boshlanishiga qadar XDF Hakamlar Hay`atining Direktori o`tkazadigan jamoa shifokorlari bilan yig`ilish tashkil qilishi kerak.
Izoh: bu Qoidalarda ko`rilmagan holatlar yuzaga kelganda, har qanday qaror, ―hakamlar uchligi‖ Hakamlar Hay`ati bilan maslahatlashganidan keyin e`lon qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |