~ 162 ~
bosqichda o’tkazilgan parlament saylovlarida to’plangan amaliy tajribaga muvofiq
saylov tizimining demokratik asoslarini mustahkamlash va qonunlarga tegishli
o’zgartirishlar kiritish kabi tadbirlarni o’z ichiga oladi.
Jumladan, bu bosqichda saylovlarni tashkil etish va natijalarini aniqlashda
xolislik hamda ehtiroslarga yo’l qo’ymaslikni ta‘minlashga qodir mustaqil organ –
Markaziy saylov komissiyasi tuzish talabidan kelib chiqib, O’zbekiston
Respublikasining Markaziy saylov komissiyasi to’g’risida‖gi (1998 yil 30 aprel)
qonun qabul qilindi va mamlakatimiz tarixida ilk bor demokratik yo’l bilan
O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tuzildi. Bundan tashqari,
deputatlikka mustaqil nomzodlarni ilgari surishni kuchaytirish, O’zbekistonda
ko’ppartiyaviylik va siyosiy fikrlar xilma-xilligini kuchaytirishga keng shart-
sharoitlar yaratish maqsadida saylov qonunchiligidan ―besh foizlik to’siq haqidagi
qoida chiqarib tashlandi va saylovchilar tashabbuskor guruhlarini bevosita nomzod
ko’rsatish huquqlari mustahkamlandi. SHuningdek, 1999 yil 19 avgustda
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar hamda xalq deputatlari, tuman
va shahar Kengashlariga saylovlar to’g’risidagi qonunlarga bir qator jiddiy
to’ldirishlar va o’zgartirishlar kiritildi.
Saylov jarayoning muhim sub‘ektlari sanalgan siyosiy partiyalar faoliyatini
huquqiy tartibga
soluvchi
O’zbekiston Respublikasi
―Siyosiy partiyalar
to’g’risidagi qonunni 1996 yilning dekabrida qabul qilinishi 1999 yilda o’tkazilgan
parlament saylovlariga yangi huquqiy zamin yaratdi. Siyosiy partiyalarda Oliy
Majlisda o’z siyosatini uyushgan holda o’tkazish uchun parlament fraksiyalarini
tashkil etishning qonuniy kafolatlari vujudga keldi. Eng muhimi, siyosiy partiyalar
saylov tartib-qoidalariga rioya qilinishini nazorat etish bo’yicha vakolatlari
kengaydi va nomzod ko’rsatgan siyosiy partiya har bir saylov uchastkalariga o’z
kuzatuvchilarini tayinlash huquqiga ega bo’ldi.
1999 yilda o’tkazilgan parlament saylovlarida fuqarolar ikkinchi marotaba bir
nechta nomzod orasidan o’zlariga ma‘qullarini saylashdi, ularning har biriga
tegishli baho berishdi. Bu saylovlarda raqobat yanada kuchli, saylovchilarning
nomzodlarga talablari esa yanada yuqori bo’ldi.
Uchinchi bosqich (2000-2009 yy.) –
faol demokratik yangilanishlar va
mamlakatni modernizatsiya qilish davri bo’lib, iqtisodiyotimizni barqaror
rivojlantirish, siyosiy hayotimizni, qonunchilik, sud-huquq tizimi va ijtimoiy-
gumanitar sohalarni izchil isloh qilishda muhim rol o’ynagan davr bo’ldi.Bu davr
bevosita ikki palatali Oliy Majlis tizimiga o’tish bilan bog’liq saylov qonunchiligi
tadrijiy taraqqiyoti uchinchi bosqichning asosiy mazmun-mohiyatini tashkil etadi.
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov 2000 yil 25 mayda bo’lib
o’tgan Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisining ikkinchi sessiyasidagi O’zgarish va
yangilanish hayot talabi ma‘ruzalarida: hayot o’zgarishi bilan, odamlarimizning
avvalgi siyosiy va ma‘naviy ongi ulg’ayishi bilan, bizning parlamentimizning
tashkil etilishida ham, uning faoliyatida ham o’zgarishlar bo’lishi tabiiy. SHu
holatlarni nazarda tutib, men doimiy asosda ishlaydigan ikki palatali parlament
tizimiga o’tish taklifini kiritmoqchiman deb, ilgari surgan mazkur g’oyalari bu davrda
qabul qilingan qonun ijodkorlik faoliyati dasturida markaziy bo’g’in bo’ldi. Bunda
asosiy e‘tibor quyi palata – qonunchilik palatasini shakllantirishning bosh prinsipi
Do'stlaringiz bilan baham: |