~ 160 ~ O’zbekiston saylov qonunchiligida saylovlarning ochiqligi va oshkoraligi
prinsipiga alohida o’rin berilgan. qonunchilik palatasi saylovlariga tayyorgarlik
ko’rish va uni o’tkazishni saylov komissiyalari ochiq va oshkora amalga
oshiradilar («O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida»gi
qonunning 6-moddasi). Saylovlarni belgilash, tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish,
fuqarolarning saylov huquqini ta‘minlash va himoyalash bilan bog’liq qarorlar saylov
to’g’risidagi qonunlarda ko’zda tutilgan tartibda va muddatlarda rasmiy e‘lon qilinadi
va ko’pchilikning e‘tiboriga havola etiladi. Ushbu prinsipga amal qilinishi saylov
jarayonlarini milliy va xalqaro doiralarda kuzatishni yo’lga qo’yish uchun ham
tegishli shart-sharoit yaratadi.
Respublikamiz mustaqillikni qo’lga kiritishi munosabati bilan saylov
huquqini rivojlantirishning yangi davri boshlandi. Saylov qonunchiligi xozirgi
kunda takomillashuv jarayonini boshdan kechirmoqda, uning mukammal bo’lishi
uchun etakchi demokratik mamlakatlarning tajribasidan ijobiy jihatlari olinmoqda.
Har qanday qonun uchun eng asosiy narsa uni amaliyotga tadbiq etish
mexanizmidir. SHuning uchun qabul qilinayotgan qonunlarning mazmuni bilan birga
amalga kiritish mexanizmlarini ham mukammal darajada takomillashtirishimiz
lozim. Bunda milliy davlatchiligimiz tarixiy hususiyatlari va saylovlarni
o’tkazishda ilgari to’plangan ijobiy tajribaga suyanish, yo’l qo’yilgan nuqsonlarni
takrorlamaslik, ilg’or jahon tajribasi hamda demokratiya tamoyillari ustivorligiga
erishish g’oyatma‘suliyatli vazifadir.
1992 yil 8 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul
qilinishi milliy saylov tizimimizni yaratilishiga asos soldi. Jumladan, uning 7-
moddasida ―Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir‖, ―O’zbekiston
Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko’zlab va O’zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat
bergan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi‖ deyilgan muhim konstitutsiyaviy
qoidalarning belgilanishi konstitutsiyaviy tuzumning asosiy prinsiplari sifatida
mustahkamlandi. SHuningdek, O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining saylov
huquqi Konstitutsiyaning 32-moddasida alohida mustahkamlangan. Unga ko’ra,
O’zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda
bevosita hamda o’z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok
etish o’zini-o’zi boshqarish, referendumlar o’tkazish va davlat organlarini
demokratik tarzda tashkil etish yo’li bilan amalga oshiriladi‖. Saylov huquqiga oid
yana bir 60-moddasida Siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlarning siyosiy
irodasini ifodalaydilar va o’zlarining demokratik yo’l bilan saylab qo’yilgan vakillari
orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar‖, deb belgilangan. SHuningdek,
Konstitutsiyaning 77-moddasida O’zbekistonda saylovlar ko’ppartiyalikasosida
o’tishi ko’zda tutilgan.
Eng asosiysi, Konstitutsiyada saylov tizimi prinsiplariga bag’ishlangan
maxsus bobning mavjudligi O’zbekistonning saylov qonunchiligini shakllantirishda
muhim qadam bo’ldi. Uning XXIII bobi Saylov tizim deb nomlanib, 117-
moddada O’zbekiston
Respublikasining
fuqarolaridavlat
hokimiyati
vakillik
organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Har bir saylovchi bir ovozga
ega. Ovoz berish huquqi, o’z xohish-irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun