~ 161 ~
bilan kafolatlanadi‖ deyilgan muhim konstitutsiyaviy tamoyillar o’z aksini topdi.
O’zbekistonda demokratik huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyati
asoslarini shakllantirishda saylovlarning mustahkam o’rnini belgilash maqsadida
Konstitutsiyaga alohida Saylov tizimi deb nomlanuvchi XXIII bobni kiritilishi,
bir
tomondan
saylov tizimining
asosiy
prinsiplarining
konstitutsiyaviy
mustahkamlanishi saylov huquqi bo’yicha umumiy tan olingan xalqaro
andozalarga
rioya
qilinishini
kafolatlasa,
ikkinchi
tomondan,
mazkur
konstitutsiyaviy qoidalar saylov qonunchiligini yaratishda poydevor vazifasini o’tadi.
Mustaqqillik davrida O’zbekistonda xalqaro huquq andozalari va talablar,
ilg’or xorijiy yuridik tajriba va milliy-tarixiy an‘analar hamda konstitutsiyaviy
prinsiplar asosida milliy saylov qonunchiligi tizimi yaratildi. Uning asosiy qoidalari
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining maxsus XXIII bobida, shuningdek
alohida qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti saylovi
to’g’risida‖gi (1991 yil 18 noyabr), O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov
to’g’risida‖gi (1993 yil 28 dekabr), Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar
Kengashlariga saylov to’g’risida‖gi (1994 yil 5 may), Fuqarolar saylov huquqlarining
kafolatlari to’g’risida‖gi (1994 yil 5 may), O’zbekiston Respublikasining Markaziy
saylov komissiyasi to’g’risida‖gi (1998 yil 30 aprel) qonunlarda o’z aksini topdi.
Milliy saylov qonunchiligi va amaliyoti O’zbekistonda amalga oshirilayotgan
demokratik islohotlarning uzviy tarkibiy qismi bo’lib, ma‘muriy-buyruqbozlikka
asoslangan totalitar tuzumdan demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik
jamiyati qurish sari qo’yilgan qadamdir.
Saylov tizimi huquqiy asoslarining yaratilishi, rivojlanishini va saylov
amaliyotini bizning fikrimizcha quyidagi asosiy bosqichlarga ajratish mumkin:
Birinchi bosqich (1991-1995 yy.) – O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
qabul qilinishi va O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti saylovi, bir palatali
Oliy Majlisni ko’ppartiyaviylik asosida shakllantirish davrini o’z ichiga oladi.
Bu davrda ―O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti saylovi to’g’risida‖gi
(1991 yil 18 noyabr), O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (1992 yil 8
dekabr), O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to’g’risidagi (1993 yil 28
dekabr), Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov
to’g’risida‖gi (1994 yil 5 may), Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari
to’g’risida‖gi (1994 yil 5 may) qonunlarning qabul qilinishi umume‘tirof etilgan
taomoyillar
asosida
ko’ppartiyali,
muqobil
saylovlarni
tashkil
etishning
huquqiyasosini yaratdi.
Bu bosqichda 1994 yil 5 mayda muhim hujjat – Fuqarolar saylov huquqlarining
kafolatlari to’g’risida‖gi qonun qabul qilinganligi fuqarolarning saylov huquqlarini
amalga oshirish va ularning o’z xohish-istaklarini erkin ifodalash mexanizmini
huquqiy jihatdan mustahkamlab berdi.
Yangi saylov qonunchiligi amaliyotda 1994 yilda ko’ppartiyalilik asosida
o’tkazilgan parlament saylovlarida sinab ko’rildi. Uning natijasida birinchi chaqiriq
Oliy Majlis uchta siyosiy partiya, hokimiyat vakillik organlari, tashabbuskor
guruhlar tomonidan ko’rsatilgan nomzodlar asosida saylangan deputatlardan
shakllandi.
Ikkinchi bosqich (1995-2000 yy.)
– milliy saylov qonunchiligining birinchi
Do'stlaringiz bilan baham: |