~ 169 ~
ijobiy baholashmoqda. Mazkur me‘yorning qonunchilikka kiritilishi bu boradagi
kichik bo’shliqni to’ldirdi va saylovlarni yanada adolatli o’tishiga xizmat qiladi.
Amalga oshirilayotgan bu kabi islohotlarning barchasi milliy saylov tizimining
izchil va bosqichma-bosqich liberallashuvini,
ikki palatali parlament
saylovlarining qonun talablari va umume‘tirof etilgan xalqaro tamoyil va
me‘yorlarga to’la mos holda o’tkazilishini ta‘minlaydigan mukammal
qonunchilik bazasining shakllanishiga olib keldi. Ushbu qonunlarda davlat
hokimiyati vakillik organlariga saylovlarning faqat ko’ppartiyaviylik asosida
o’tkazilishi qat‘iy belgilab qo’yildi. Mamlakat Birinchi Prezidenti lavozimiga,
Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarni
siyosiy partiyalar tomonidan,
mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlarni esa – siyosiy partiyalarning
joylardagi tegishli organlari tomonidan ko’rsatilishi to’g’risidagi tamoyilial
qoida mustahkamlandi. Deputatlikka nomzodlarning davlat hokimiyati ijro organlari
tomonidan ko’rsatilish amaliyoti bekor qilindi va bu mamlakatimizda amalga
oshirilayotgan demokratik o’zgarishlarni chuqurlashtirish yo’lidagi tamoyilial qadam
bo’ldi.
Saylov qonunchiligimizga saylovga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish
bilan bog’liq bo’lgan, eng rivojlangan demokratik
davlatlar tajribasida ham
kamdan-kam uchraydigan mutlaq vakolatlarning Markaziy saylov komissiyasiga
berilishini ko’zda tutadigan o’zgartishlarning kiritilishi o’ta muhim ahamiyatga molik
ulkan voqea bo’ldi. Amaldagi qonunchiligimizga ko’ra, saylov kampaniyasi
jarayoniga davlat va hokimiyat tuzilmalari, jamoat birlashmalari tomonidan
aralashishga qaratilgan har qanday urinish qonun bilan taqiqlanishi ham buni yaqqol
ko’rsatib turibdi.
So’z va fikr erkinligi hamma fuqarolarga tegishli. Ayni chog’da,
saylov
jarayonlaribilan bog’liq holda tahlil etadigan bo’lsak, ham milliy, ham xalqaro
amaliy taj-ribaga muvofiq, ana shu muhim ijtimoiy-siyosiy voqeaga tayyorgarlik,
uni o’tkazish davrida aholining uch qatlami so’z va fikr erkinligi huquqiga ega
bo’lishi ayniqsa jiddiy ahamiyatkasb etadi. Bular:
1) umumiy aholining muayyan qismi hisoblanuvchi saylovchilar;
2)
ommaviy axborot vositalari;
3) saylanadigan o’rinlar uchun kurashayotgan yoki ovoz berish natijalariga
ta‘sir ko’rsatadigan siyosiy kuchlar.
Saylovchilarning bu boradagi erkinliklari ta‘minlanishi, shak-shubahasiz,
ularning to’la va aniq axborotga ega bo’lish huquqi nechog’li ijobat etilishida
namoyon bo’ladi. Siyosiy partiyalar va saylovchilar tashabbuskor guruhlarining
bunday erkinliklari esa o’z qarashlarini erkin, hech qanday
soxtalashtirishlarsiz
bayon eta olish, shuningdek, bu fikrlar saylovchilarga tushunarli bo’ladigan darajada
etarli vaqtga ega bo’lish layoqatiga bog’liqdir.
Demokratik saylovlarni erkin va mustaqil ommaviy axborot vositalarisiz
tasavvur etib bo’lmaydi. Negaki, ular fuqarolarning siyosiy partiyalar faoliyati,
ularning saylovoldi dasturlari, deputatlikka ko’rsatayotgan
nomzodlari, saylov
jarayonining barcha bosqichlari haqida axborot olish huquqini ta‘minlashi lozim.
SHunday qilib, ommaviy axborot vositalari demokratik saylovlarni ochiqlik,
oshkoralik va transparentlik asosida o’tkazishda muhim vosita bo’lib, fuqarolik