~ 152 ~ 10 – mavzu: saylov huquqi erkinligi – fuqarolik jamiyatining sharti reja



Download 444,47 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/21
Sana26.02.2022
Hajmi444,47 Kb.
#468359
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
2 5240047013801759914

~ 170 ~ 
jamiyatining saylovda faol ishtirok etishiga jiddiy ta‘sir ko’rsatadi. 
Mamlakatimiz saylov qonunchiligida ommaviy axborot vositalari saylovga 
tayyorgarlik ko’rish jarayoni va saylov qanday o’tayotganini yoritib borishi 
mustahkamlangan. Saylovoldi tashviqoti olib borilayotganda ommaviy axborot 
vositalari teng shart-sharoit va imkoniyatlar prinsipiga amal qilgan holda,
deputatlikka nomzodlarga, siyosiy partiyalar vakillariga o’z efir vaqti va nashr 
maydonini qonunda belgilangan tartibda taqdim etadi. Bundan tashqari, ular 
fuqarolik jamiyati institutlaridan biri sifatida saylov jarayonida jamoatchilik nazorati 
vazifasini bajaradi. 
Saylov jarayonining barcha bosqichlari ochiqligi, oshkoraligini ta‘minlash, 
jamoatchilikni saylovga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida OAV orqali 
o’z vaqtida xolis xabardor qilish maqsadida Markaziy saylov komissiyasi tomonidan 
2014 va 2015 yilgi saylovlarni yoritish bo’yicha Respublika matbuot markazi 
tashkil qilindi. Ushbu markaz Markaziy saylov komissiyasi saylov
kampaniyasining asosiy bosqichlariga bag’ishlab o’tkazadigan brifinglar, matbuot 
anjumanlarini tashkil etadi, mamlakatimiz va chet el OAV vakillarini mazkur
muhim demokratik jarayon bilan bog’liq zarur axborot materiallari bilan 
ta‘minlaydi. Jurnalistlarni Markaziy saylov komissiyasining www.elections.uz 
saytida e‘lon qilingan akkreditatsiyadan o’tkazish tartibiga muvofiq, Markaziy 
saylov komissiyasiga xorijiy va milliy OAV vakillari bilan qaytma aloqalar 
o’rnatildi. 
Ommaviy axborot vositalari erkin demokratik saylovlarni o’tkazishning 
muhim bo’g’ini hisoblanadi. Erkin va adolatli saylovlarning mazmun-mohiyati faqat 
maqbul muhitda o’z ovozini berishdan iborat emas, balki saylov jarayonlarida 
barcha saylovchilarga saylovda ishtirok etayotgan siyosiy partiyalar, ro’yxatga 
olingan deputatlikka nomzodlarning saylovoldi dasturi, shuningdek, saylov 
jarayonining mohiyati haqida to’liq axborot olish shart-sharoitlari ta‘minlanishi 
lozim. Buning natijasida saylovchilar to’liq va etarli axborot asosida o’zlari ongli 
ravishda munosib nomzodni tanlab ovoz berish imkoniga ega bo’ladi. 
Mamlakatimiz saylov qonunchiligida ommaviy axborot vositalarining saylov 
kampaniyasini yoritib borish, saylovlarning adolatli hamda qonuniy o’tishiga 
bilvosita ko’maklashish imkoniyati huquqiy kafolatlangan. Binobarin, ushbu 
kafolatlar ommaviy axborot vositalarining mamlakatimiz saylov to’g’risidagi 
qonunlarida nazarda tutilgan huquq va erkinliklari, maqsad va vazifalari, burch 
hamda mas‘uliyati bilan o’zaro uyg’unlik kasb etadi. 
Mamlakatimizdagi 
barcha 
ommaviy 
axborot 
vositalari 
saylovga 
tayyorgarlikning borishi va saylov qanday o’tayotganligini keng yoritishlari ular
faoliyatining asosiy yo’nalishlaridan biriga aylangan. Erkin va adolatli saylovlar 
nafaqat muayyan muhitda fuqarolarning o’z ovozlarini berish imkoniyati 
ta‘minlanganligi, balki ularning tegishli nomzodlar va umuman butun saylov 
jarayoni to’g’risidagi axborotlarga doir huquqlarni kafolatlash bilan ham amalga
oshiriladi. Zero, har bir saylovchi o’zining muayyan nomzodga bo’lgan ovozini
ushbu nomzod haqida to’liq ma‘lumotlarga ega bo’lgan taqdirdagina ishonchli va 
asosli berishi mumkin. SHu jihatdan olganda, demokratik saylovlarni erkin va 
mustaqil ommaviy axborot vositalarisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. 



Download 444,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish