~ 166 ~
shakllari sifatida,
saylovoldi tashviqoti
omma oldida munozaralar, bahslar, matbuot
konferensiyalari, intervyular, so’zga chiqishlar, saylovchilarning yig’ilishlari,
deputatlikka nomzod, siyosiy partiya to’g’risidagi roliklarni joylashtirish orqali;
saylovoldi tashviqotini amalga oshirishning usullari sifatida,
saylovoldi
tashviqoti
ommaviy axborot vositalari, shuningdek televidenie, umumiy foydalanishdagi
axborot-telekommunikatsiya tarmoqlari (shu jumladan Internet jahon axborot
tarmog’i) orqali; bosma, ko’rgazmali, audiovizual va boshqa tashviqot materiallarini
(plakatlar, varaqalar va boshqa materiallarni) chiqarish hamda tarqatish va orqali;
saylovchilar bilan uchrashuvlar o’tkazish orqali amalga oshirilishi ko’rsatilgan.
SHuningdek, mazkur moddalarda
deputatlikka nomzodlar, siyosiy partiyalar
saylovoldi tashviqotini olib borishning qonun hujjatlarida taqiqlanmagan
boshqa turlari, shakllari va usullaridan ham foydalanishi mumkinligi ham qayd
etilgan.
Saylov jarayonining muhim bosqichi hisoblangan saylovoldi tashviqoti
davomida nomzodlarning qanday usul va vositalardan foydalanishlarini aniq
belgilash, saylovoldi tashviqoti
davomida nimalar mumkin-u, qanday harakat
mumkin emasligi huquqiy me‘yorlar asosida aniqlashtirilishi, birinchidan, turli baxsli
harakatlarni oldini olishga, ikkinchidan, saylovlarning adolatli o’tishiga xizmat
qiladi. Qolaversa, saylov jarayonlariga oid milliy
qonunchiligimizni yanada
demokratlashtirishga xissa qo’shadi.
To’rtinchidan,
yangi qonunga asosan, saylov qonunchiligiga saylovoldi
tashviqotini ommaviy axborot vositalari orqali olib borish tartibini belgilaydigan
272-modda va 252- moddalar kiritildi. Unga muvofiq, saylovoldi tashviqoti olib
borilayotganda davlat ommaviy axborot vositalaridan
foydalanishda deputatlikka
nomzodlarga, siyosiy partiyalarga hajmiga ko’ra bir xil bo’lgan efir vaqti va nashr
maydonini bepul berish yo’li bilan teng sharoitlar ta‘minlanadi. Deputatlikka
nomzodlarga, siyosiy partiyalarga davlat ommaviy axborot vositalarida haq evaziga
ham efir vaqti yoki nashr maydoni ajratilishi
mumkin. Deputatlikka nomzodlarga, siyosiy partiyalarga
nodavlat ommaviy
axborot vositalarida qonun hujjatlariga muvofiq efir vaqti yoki nashr maydoni
ajratilishi mumkin. Saylov kampaniyasida ishtirok etuvchi ommaviy axborot
vositalari tomonidan efir vaqti, nashr maydoni uchun belgilanadigan haq to’lash
shartlari hamda boshqa talablar barcha deputatlikka nomzodlar, siyosiy partiyalar
uchun teng va bir xil bo’lishi kerak. Ommaviy axborot
vositalarida tarqatiladigan
axborot haqiqatga mos bo’lishi, deputatlikka nomzodlarning, siyosiy partiyalarning
huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzmasligi kerak. Haqiqatga to’g’ri kelmaydigan
ma‘lumotlarni, shuningdek deputatlikka nomzodlarning sha‘ni va qadr-qimmatiga
putur etkazadigan ma‘lumotlarni tarqatish taqiqlanadi. Saylovoldi tashviqoti
maqsadida ommaviy axborot vositalaridan foydalanish tartibi, hajmi va vaqti siyosiy
Do'stlaringiz bilan baham: