درس اول Birinchi dars Fors tili



Download 3,75 Mb.
bet1/31
Sana29.12.2021
Hajmi3,75 Mb.
#81522
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
1k litsey darslik


درس اول

Birinchi dars

Fors tili
Biz o’rganishga kirishayotgan fors tili qadimiy tillardan hisoblanib, qo’shni Eron mamlakatining davlat va adabiy tilidir. Bu til o’zaro qarindosh bo’lgan boshqa tillar bilan birga hind-yevropa tillari oilasiga kiruvchi Eroniy tillar guruhiga mansub.

Tarixiy ma’lumot va yodgorliklarga qaraganda fors tili o’z yozuviga ega. Bu haqida eramizdan avvalgi VI asrdan bizgacha yetib kelgan yodgorliklar ma’lumot beradi. Fors tilining tarixiy taraqqiyot yo’lini uch katta davrga bo’lib o’rganiladi:



  1. Qadimgi fors tili ( eramizdan avvalgi VI –III asr)

  2. O’rta fors tili davri ( eramizning III – VII asrlari)

  3. Hozirgi fors tili ( IX asrdan shu kungacha bo’lgan davr)

Qadimgi va o’rta davr fors tili o’lik til hisoblanadi. Bu davrlar haqida tilning lug’at tarkibi, grammatik qurilishi haqida bizgacha yetib kelgan yozma yodgorliklar orqaligina tushuncha hosil qilish mumkin.

Fors tilining III davri – ya’ni yangi fors tili davri arablar fathidan so’ng IX asrdan boshlanadi. IX asrdan XV asrgacha bo’lgan davrda Markaziy Osiyo va Eron xalqlari tarixida ilm va madaniyat, adabiyot va she’riyat rivojlanib, yuksak darajaga ko’tarildi. Ijtimoiy fanlar – tarix, falsafa, adabiyot bilan bir qatorda tabiiy fanlar – matematika, astronomiya, tibbiyot fanlari ham taraqqiy etib, bu sohalarda katta-katta kashfiyotlar qilindi, o’lmas asarlar yaratildi. Bu asarlarni yaratgan Muhammad Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Farobiy va boshqa olimlarning nomlari jahonga mashhurdir. Fors-tojik adabiyotining xususan, she’riyatining o’lmas durdonalari fors tilida yaratildi. Abulqosim Firdavsiyning “Shohnoma”si, Umar Hayyomning ruboiylari, Sa’diy Sheroziyning “Guliston” va “Bo’ston” i, Nizomiy Ganjaviy va Amir Xusrav Dehlaviyning “Xamsa” dostonlari va boshqalar shular jumlasidandir.

Buyuk bobokalonimiz Mir Alisher Navoiy ham “Foniy” taxallusi bilan ijod qilib, “Devoni Foniy” ni yaratganlar.

Fors tili o’zining yoqimliligi, so’zlarining sinonimlarga boyligi, she’riy vaznga oson tushishi jihatidan boshqa mamlakat shoir va olimlarini o’ziga jalb qiladi.Fors tili Markaziy Osiyoning butun hududi, Ozarbayjon, Hindistonga yoyilib, fors tilida bu xalqlar tomonidan boy adabiy meros yaratildi. Ko’pgina o’zbek shoirlari, hatto XIX asrning oxiriga qadar ham o’z she’r va asarlarini o’zbek tili bilan bir qatorda fors tilida yozganlar. Eron, Tojik, O’zbek, Hind, Afg’on, Ozarbayjon va sharqning boshqa xalqlari tomonidan fors tilida yozib qoldirilgan meditsina(tibbiyot), matematika, astronomiya, tarix, falsafa, huquq, til va adabiyotga oid qo’lyozmalar bizgacha yetib kelgan.

Fors tili o’zining tarixiy taraqqiyot davrida IX asrdan boshlab ancha o’zgarishlarga uchradi. Arab tilidan o’zlashgan so’zlar bilan boyidi. Avval keng iste’molda bo’lgan so’zlarning hozirgi fors tilida ishlatilmay qolishi yoki ularning ma’no jihatdan o’zgarishi kuzatiladi. Oxirgi asrlarga kelib chet tilining fors tiliga ta’siri kuzatildi. Fors tilini o’rganishga bo’lgan qiziqish yildan-yilga ortib bormoqda. Fors tili O’zbekistonda qadim zamonlardan buyon o’rganilib kelinmoqda. O’tmish madaniy me’rosimizning kattagina bir qismi fors tilida yaratilgan.

Hozirgi paytda fors tili O’zbekistonda ilmiy va amaliy maqsadda o’rganiladi.



Download 3,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish