4. «Toshkеnt» Rеspublika fond birjasini tashkil qilish misolida strategik menejment asoslarining ahamiyati.
«Toshkеnt» Rеspublika fond birjasi 1994-yilning 8-aprеlida O`zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 1994-yil 21-yanvardagi 745-sonli «Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk himoyasini ta`minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi Farmoni va O`zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 26-yanvardagi 36-sonli Qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Uning faoliyati rеspublikada o`tkazilayotgan islohotlar va xususiylashtirilayotgan davlat korxonalari asosida ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyatlari tashkil qilish siyosati bilan uzviy bog`liq. Hozirgi kunda Respublika fond birjasining aksiyadorlik kapitali tuzilmasi quyidagicha:
1-jadval. Respublika fond birjasining aksiyadorlik kapitali tuzilmasi.6
Fond bozori iqtisodiyotda pul jamg`armalarini qayta taqsimlashning samarali tizimi hisoblanadi. Milliy kompaniyalar, o`z qimmatli qog`ozlarini sotish yo`li bilan o`z rivojlanishi uchun ichki va tashqi kapital bozoridan amalda chеklanmagan invеstitsion rеsurslar jalb etish imkoniyatiga ega. U yoki bu tarmoq yoki korxonaga invеstitsiyalar oqimi samaradorligi va hajmi xo`jalik sub`еktlarining bozordagi raqobatbardoshlik darajasiga bog`liq bo`ladi.
Fond birjasi qimmatli qog`ozlar bilan savdoni tashkil qilishning unda amalga oshirilayotgan opеratsiyalar qonuniyligi va bir xilda ochiqligini ta`minlovchi eng rivojlangan shakllaridan biri hisoblanadi. Bundan tashqari, muntazam birja savdolari o`tkazish savdoga qo`yilgan aktivlarning rеal bozor qiymatini aniqlashga imkon bеradi.
Hozirgi paytda qatnashchilarning shaxsan ishtirok etishini talab qiluvchi ochiq birja savdosi o`z ofisidan, ish joyidan turib savdoda qatnashishga imkon bеradigan elеktron rеjimga o`tkazilgan. Bеlgilangan qoidalarga va savdoni tartibga solish tizimiga amal qilish, Shuningdеk, barcha qatnashchilarning bu qoidalarga amal qilishga tayyorligi majburiy tartib bo`lib qolavеrmoqda.
Hozirgi paytda «Toshkеnt» Rеspublika Fond birjasi (RFB) rеspublikaning barcha mintaqalarida o`z filiallariga ega. Birjada 100dan ortiq brokеrlik idorasi akkrеditatsiyalangan bo`lib, ularning trеydеrlari qiziqtirayotgan qimmatli qog`ozlarni sotish yoki sotib olish bo`yicha mijozlarning har qanday topshiriqlarini yuqori profеssional darajada bajarishga tayyor.
Qimmatli qog'ozlar savdolariga ruxsat berish tadbiri quyidagi tarzda amalga oshirildi. Emitent birjaga uning qimmatli qog'ozlarini ro'yxatning ma'lum bo'limiga kiritish to'g'risidagi ariza bilan murojaat etib, ushbu arizaga listing bo'yicha komissiya uchun korxona faoliyati bilan tanishib chiqish va uning moliyaviy ahvolini baholash imkonini beruvchi hujjatlar to'plamini ilova qilardi. Listing bo'yicha komissiya tarkibiga birja a'zolarining vakillari, shuningdek, chetdan jalb etilgan buxgalterlik hisobi va moliyaviy-xo'jalik faoliyatini tahlil qilish, bank ishi, fond bozorini qonun jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspertlar kiritildi.
Barcha emitentlar to'rt guruhga bo'linadi:
«A» ro'yxat — birja tomonidan talab etiladigan ko'rsatkichlar darajasiga ega bo'lgan emitentlar.
«B» ro'yxat — «A» guruhi uchun ro'yxatdagi darajadan past ko'rsatkichlarga ega bo'lgan, lekin listing to'g'risidagi iltimosnoma bilan murojaat etgan va ma'lum muddat ichida o'z ko'rsatkichlarini «A» guruhi darajasiga yetkazishga qodir bo'lgan emitentlar.
«C» ro'yxat — «B» guruhi uchun ro'yxatdagi darajadan past ko'rsatkichlarga ega bo'lgan, lekin ma'lum muddat ichida o'z ko'rsatkichlarini «B» guruhi darajasiga yetkazishga qodir bo'lgan emitentlar.
«D» ro'yxat — qimmatli qog'ozlari bo'yicha bir martalik tartibda birjada muomalaga chiqarilishi mumkin bo'lgan boshqa emitentlar.
Bunday ro'yxatning mavjud bo'lishi respublikada qimmatli qog'ozlar bozori endigina rivojlana boshlangani bilan izohlanardi. Shuning uchun «D» ro'yxatga «A», «B» va «C» ro'yxatlariga kiritilmagan emitentlarning aksiyalari kiritilishi lozim. Quyidagi ko'rsatkichlar listingning mezonlari hisoblanadi:
— birjada qimmatli qog'ozlar sotilishining tezligi va miqdori;
— real aktivlar miqdori;
— qimmatli qog'ozlar soni yoki aksiyalar (aksiyalar paketlari) egalarining soni;
— jalb etilgan sarmoyaning umumiy qiymati;
— daromadlilik (foydalilik);
— emitentning moliyaviy ahvoli.
Birjada qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organida davlat ro'yxatidan o'tgan, Markaziy depozitariyda ro'yxatga qo'yilgan, «Toshkent» RFBning rasmiy birja byulleteni to'g'risidagi Nizomga ko'ra qimmatli qog'ozlar rasmiy birja byulleteniga kiritilgan hamda joylashtirish va (yoki) muomalada bo'lish jarayonida bolgan emission qimmatli qog'ozlarning savdolarga qo'yilishiga ruxsat beriladi.
«Toshkent» Respublika fond birjasi ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilganligi tufayli uni boshqarish organlarining tarkibi o'ziga xos xususiyatga ega. Aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi boshqaruvning oliy organi hisoblanadi, bu faqat investitsiya muassasalari bo'lishi mumkin. Aktsiyadorlarning umumiy yig'ilishlari oralig'idagi davrda birjani boshqarish bilan Kuzatuv kengashi shug'ullanadi. Kengashning a'zolari Aktsiyadorlarning umumiy yig'ilishi tomonidan saylanadi. Birjaning joriy faoliyatini boshqarishni birja a'zolaridan tarkib topgan Boshqaruv amalga oshiradi, unga Rais boshchilik qiladi. Boshqaruv faoliyatini tekshiruvchi organ Taftish komissiyasi bo'lib, uning xulosalarisiz aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi Boshqaruvning yillik hisobotini tasdiqlash huquqiga ega emas.
«Toshkent» RFBning barcha funksional bo'linmalarini ikki guruhga bo'lish mumkin. Birinchi guruh - bu oddiy korxonalarga xos bo'linmalardir. Bunga quyidagilar kiradi: ishlar boshqarmasi, birjaga to'lanishi lozim bo'lgan yig'imlar va to'lovlarning o'z yilida kelib tushishini nazorat qiluvchi hisob-kitob to'lovining moliya boshqarmasi, huquqiy boshqarma, nashriyot xizmati, ommaviy axborot vositalari bilan ishlash xizmati va tashqi aloqalar xizmati bilan axborot boshqarmasi. Mazkur bolinmalarning vazifalari barchaga ma'lum, ya'ni istalgan boshqa xo'jalik yurituvchi subyektlarning vazifalari bilan bir xil. Ikkinchi guruh - bu muayyan birja xususiyatlariga ega bo'lgan faqat fond birjalariga xos bo'lgan bo'linmalar.Ularga quyidagilar kiradi:
- savdolarni tayyorlash va o'tkazish boshqarmasi, u savdolarni tashkil etishga doir amalga oshiriladigan butun chora-tadbirlar majmuasiga brokerlarni tenglashtirishdan tortib, to ular tomonidan bitimlar tuzish va tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish bo'yicha operatsiyalarning to'liq tugallanishigacha javob beradi. Unga quyidagilar kiradi: savdolarni tayyorlash va o'tkazish xizmati, u savdolarni tayyorlash, tashkil etish va o'tkazish ishlarining to'liq jarayonini, ya'ni brokerlardan qimmatli qog'ozlar oldi-sotdisiga doir talabnomalarni qabul qilishdan tortib, to maxsus dasturiy-texnik savdo majmuasi yordamida o'tkaziladigan savdolarga xizmat ko'rsatish ishlarini amalga oshiradi;
- bitimlarni ro'yxatga olish va rasmiylashtirish xizmati, u birjada tuzilgan bitimlarni ro'yxatga olish, savdo tadbirlarining yakunlovchi bosqichida ularning rasmiylashtirish ishlarini amalga oshiradi;
- XIFlar dasturiga xizmat ko'rsatish, u maxsus kompyuter dasturidan foydalangan holda xususiylashtirilayotgan korxonalar aksiyalarini XlFlarga sotish bo'yicha elektron kimoshdi savdolarining o'tkazishini tashkil etishning o'ziga xos vazifalarini amalga oshiradi;
- aksiyadorlar, birja a'zolari bilan o'zaro hamkorlik qilish va sho'ba xo'jalik jamiyatlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi, u aksiyadorlar bilan ishlash, birjaga a'zolikni rasmiylashtirish, brokerlik idoralarini akkreditatsiyalash, ularning pasportlarini yuritish, tashkiliy talablarga rioya etishini nazorat qilish (brokerlarda shahodatnomalarning mavjudligi, a'zolik badallarining o'z yilida to'lanishi, yil davomida brokerlik joyidan foydalanish), brokerlik joylarining ijara shartnomalarini, birja a'zolarining tarkibidan chiqishni rasmiylashtirish vazifalarini amalga oshiradi, shuningdek, birjaning mintaqaviy sho'ba korxonalarining faoliyatini nazorat qiladi;
- texnikaviy ta'minot boshqarmasi birja tizimlari xizmati, texnikadan foydalanish va unga xizmat ko'rsatish hamda aloqa xizmatidan tarkib topgan.
Fond birjasining tarkibiy tuzilmalari qatorida komissiyalar alohida o'rin tutadi. Ular, odatda, fond birjasining xodimlari - yuqori malakali, tajribali mutaxassislaridan tarkib topadi.Ekspert-kotirovka komissiyasi qimmatli qog'ozlarning birja savdolarida kotirovka qilinishiga ruxsat etilishi imkoniyatlarini aniqlaydi, listing, delisting, relisting va shu kabi tadbirlarni amalga oshiradi.
Malaka komissiyasi tegishli imtihonlarni o'tkazish yo'li bilan brokerlarga birja savdolarida qatnashish uchun ruxsat berish imkoniyatlarini aniqlaydi.
Nizolar bo'yicha komissiya savdolami o'tkazish, bitimlarni ijro etish jarayonida brokerlar o'rtasida, brokerlar va ularning mijozlari o'rtasida, mijozlar va birjaning mutaxassislari o'rtasida yuzaga keladigan bahsli vaziyatlarni hal etish bilan shug'ullanadi.
Intizomiy komissiya birja savdosi qoidalari, ustav va birjaning boshqa asosiy hujjatlari buzg'unchilarining aybdorlik darajasini aniqlaydi hamda tegishli jazolarni tayinlaydi, jazolarning ijro etilishini nazorat qiladi.
Qimmatbaho qog‘ozlar bu mulkiy ma‘nodagi hujjat bo‘lib, mulkdorlik huquqi ushbu hujjatsiz amalga oshirilmaydi va biror boshqa kishiga o‘tib qolmaydi. Qimmatli qog‘ozlarning asosiy hillari hissador aksiyadorlar jamiyatlari sarmoyasida qatnashish xuquqini beruvchi va ma‘lum dividend olish xuquqini beradigan guvohnoma.
Hozirgi paytda qatnashchilarning shaxsan ishtirok etishini talab qiluvchi ochiq birja savdosi o‘z ofisidan, ish joyidan turib savdoda qatnashishga imkon beradigan elektron rejimga o‘tkazilgan. Belgilangan qoidalarga va savdoni tartibga solish tizimiga amal qilish, shuningdek, barcha qatnashchilarning bu qoidalarga amal qilishga tayyorligi majburiy tartib bo‘lib qolmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |