Hozirgi kunda «Toshkent» Respublika Fond birjasi respublikaning barcha mintaqalarida o‘z filiallariga ega. Birjada 100 dan ortiq brokerlik idorasi akkreditatsiyalangan bo‘lib, ularning treyderlari qiziqtirayotgan qimmatli qog‘ozlarni sotish yoki sotib olish bo‘yicha mijozlarning har qanday topshiriqlarini yuqori professional darajada bajarishga tayyor. Ushbu barcha brokerlik idoralarida yuqori malakali menejerlar tomonidan ishlab chiqilgan menejment ya'ni boshqaruv strategiyasiga amal qilinadi.
«Toshkent» Respublika Fond birjasi boshqaruv strategiyasi qay darajada tashkil etilganligi natijasini quyidagi 2019-yil yakunlari bo’yicha statistik ko’rsatkichlari orqali ifodalaymiz.
2019-yil yakunlari bo’yicha «Toshkent» Respublika Fond birjasida 99 ta emitentning 8.11 mlrd. Qimmatli qog’ozlar bilan 438.82 mlrd. so’mlik 32816 ta bitimlar qayd etildi.
Birjaning “Main Board” aksiyalar maydonida 250.77 mlrd. so’mlik 30512 ta bitim, “Nego Board” maydonida 133.67 mlrd. so’mlik 26 bitim, “Bond Market” obligatsiyalar maydonida esa 38.57 mlrd. so’mlik 126 ta bitimlar amalga oshirildi. Shuningdek, SPO natijasida “Kvarts” AJ qimmatli qog’ozlari bilan 15.81 mlrd. so’mlik 152 ta bitimlar bo’lib o’tdi. Quyida amalga oshirilgan bitimlar soni va hajmi aks etgan garafik keltirilgan:
1-grafik. 2019-yil uchun birja savdolari dinamikasi.
2-grafik. 2019-yil bo’yicha savdolar hajmi.
2019-yilning so’nggi kvartalida banklar qimmatli qog’ozlari bilan amalga oshirilgan bitimlar sezilarli darajada pasayganligiga qaramasdan, ular bilan tuzilgan bitimlar summasi tarmoqlar kesimida 2019-yilda amalga oshirilgan tranzaksiyalar hajmi bo’yicha 72.81 % ni yoki 319.5 mlrd. so’mni tashkil etdi. Eng likvidli qimmatli qog’ozlar bo’lib 2019-yilda qurilish, sanoat va bank sohasida faoliyat yuritayotgan emitentlar bo’lib, umumiy hajmdan qurilish sohasidagi emitentlar qimmatli qog’ozlari bilan 37.88% dan iborat 12430 ta bitim, sanoat sohasidagi emitentlar qimmatli qog’ozlari bilan 30.55% dan iborat 10026 ta bitim va bank sohasi qimmatli qog’ozlari bilan 23.44% ni tashkil etgan 7692 ta bitimlar qayd etilgan.
4-grafik. 2019-yil tarmoqlar tuzilmasi bitimlar soni.
Fond bozorining kapitalizatsiyasi 2019-yil dekabr oyining oxiriga kelib 52.3 trln. so’mni tashkil etdi, bu esa noyabr oyidagi kapitalizatsiya (46.91 trln. so’m) ga nisbatan 11.48% o’sganligini anglatadi. Kapitalizatsiyaning ijobiy tarafga qarab o’zgarishi 2019-yilning dekabr oyida 3 ta ( Elektrokimyozavod AJ /ELKZ/ , Jizzax plastmassa AJ /JIPL/ va Ohangaronshofer AJ /OHSR/) aksiyadorlik jamiyatining qimmatli qog’ozlari listingga kiritilishi bilan asoslanadi.
5-grafik. Fond bozorining 2019-yildagi kapitalizatsiyasi.
Jami 2019-yil davomida birja kotirovkalash varog’iga 25 ta aksiyadorlik jamiyati kiritilgan, 45 ta jamiyat esa – listingdan chiqarilgan. Shu tarzda, 2019-yil yanvar oyida birja kotirovkalash varog’idagi 132 ta aksiyadorlok jamiyatlardan listing va delisting jarayonlari natijasida shu yilning dekabr oyi oxiriga kelib birja kotirovkalash varog’ida 112 ta emitent qoldi. Ulardan, 13 ta emitentning qimmatli qog’ozlari – “A” toifaga, 14 tasi - “B” toifaga, 69 tasi – “C” toifaga va nihoyat 16 tasi – “D” toifaga kiritilgan. Yilning boshida, listingning 2 ta yuqori toifasidan (“A” va “B”) mos ravishda 8 va 11 ta emitentlarning qimmatli qog’ozlari quyi toifalarga tushurilgan, shulardan faqatgina 2 emitent qimmatli qog’ozlari “A” toifadan “B” toifaga, qolganlari esa yanada past toifadano’rin olgan. Butun yil davomida hech qaysi emitentning qimmatli qog’ozlari eng yuqori toifa “A” toifagacha ko’tarilmagan, shuningdek ushbu toifaga yangi emitent qimmatli qog’ozlari ham kiritilmagan.
6-grafik. Listing toifalari kesimida birja aylanmasi tuzilmasi.
Savdolar hajmi va soni bo’yicha 2019-yilda listing “A” toifa emitentlar (13 ta) qimmatli qog’ozlari liderlik qilib kelmoqda, ular bilan 257.89 mlrd. so’mlik 15536 ta bitim imzolangan. Shuni ham aytib o’tish kerakki, listingning “C” toifasidagi (69 ta) emitentlar qimmatli qog’ozlari bilan 2019-yilda bitimlar soni “B” toifa (14 ta) emitentlari qimmatli qog’ozlari bitimlariga nisbatan ko’proq. Shu bilan bir qatorda, bitimlar hajmi kesimida listingning “B” toifasidagi qimmatli qog’ozlar “C” toifaga nisbatan deyarli 20% farq bilan ustunlik qilmoqda. 7 Menimcha, yuqorida keltirib o’tilgan statistik ma’lumotlar Respublika fond birjasi boshqaruv strategiyasining ahamiyati qay darajada ekanligidan dalolat berib turibdi. Yana shuni ham ta’kidlab o’tishim lozimki, strategik boshqaruvni bugungi jadal rivojlanib borayotgan zamonning murakkablashib borayotgan raqobat kurashida muvaffaqiyatga erishishning eng muhim omili sifatida ko’rsatishimiz mumkin.
Xulosa Bugungi kunda korxona va tashkilotlar boshqaruv tizimida strategiyani amalga oshirish bu - amaliy ma’muriy ish bo’lib, tashkil etish, moliyaviy rejalashtirish, kerakli siyosatni yuritish, motivlarni va kompaniya madaniyatini hamda boshqarish usullarini yaratish, qisqasi kompaniya maqsadlarini amalga oshirishga xizmat qiluvchi hamma harakatlar majmuasidan iborat.
Kompaniyaning ko’rinishi qanday bo’lishi va qanday raqobat mavqeiga ega bo’lishi lozimligini aniqlash bu tashkilotning strategik tasviri yoki ko’rinishi demakdir shu jumladan birjalarda ham. Zamonaviy rahbar o’zi mas'ul bo‘lgan tashkilotning mavqeini va ushbu mavqega ta’sir etuvchi muhit qanday o’zgarishini tasavvur etishi lozim. Strategiyaga mos yo’nalishni belgilash deganda biz asosiy boshqaruv funktsiyalarini tushunamiz. Rahbarning vazifasi noqulay vaziyatga ijobiy ta’sir etuvchi tezkor strategiyalarni qo’llab, vaziyatni nazoratga olishdir.
Strategiyani quvvatlovchi ishchanlik muhitini yaratish - bu asosan menejerning tashkiliy o’zgarishlarni amalga oshirishi, xo’jalikni to’g’ri yuritishi va ishchi-xodimlarni maqsadlarni bajarishga jalb etish jarayonidir.
Bugungi kunda modernizatsiyalash jarayonlari mamlakatimiz hayotining deyarli barcha jabhalarini qamrab olgan. Respublikada yangi ishlab chiqarish sohalarini yaratish va eskilarini modernizatsiya qilish, yangi texnologiyalarni joriy qilish bo`yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizni ham tashqi, ham ichki bozorda mavqega ega bo`lishini ta`minlash uchun korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni yanada jadallashtirish, zamonaviy, moslashuvchan texnologiyalarni keng joriy etish darkor.
Xulosa qilib aytganda, bozor iqtisodiyoti shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir paytda korxonalar faoliyatini to’g’ri tashkil qilish hamda samarali boshqarish orqali yuqori daromad olish masalasi dolzarb masalalardan biri bo’lib turibdi. Bu masalani hal qilishda esa bizga strategik rejalashtirish hamda strategik boshqaruv tizimi va uni amalga oshiruvchi raxbarlar hamda top menejerlarning yordamiga ehtiyoj seziladi. To’g’ri tanlangan va rejalashtirilgan strategik boshqaruv tizimi – korxona va tashkilotlarning, shu jumladan, birjalarning muvaffaqiyat kalitidir.