“ ” 2020 yil Mavzu: Birja faoliyatini tashkil qilishda strategik menejment asoslari



Download 1,57 Mb.
bet2/7
Sana01.06.2022
Hajmi1,57 Mb.
#628117
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kurs ishi. I.Saminov tahrir

1. Birja haqida.
Birja soʻzi lotincha va olmoncha soʻzdan kelib chiqqan boʻlib „xamyon“ni bildiradi. Qadimda birja soʻzi quyidagi 3 xil voqelikni ifodalash uchun qoʻllanilar edi:
Birja (gollandcha beurs, nem. Burse — hamyon) — bozorni uyushtirishning tashkiliy shakli; tovarlar (tovar birjasi), qimmatbaho qogʻozlar (fond birjasi), valyuta (valyuta birjasi) ulgurji savdosi, tovar boʻlgan ish kuchi oldi-sotdisi (mehnat birjasi) bozori. Aksariyat hollarda yopiq yoki ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etiladi. Birjaga birja qoʻmitasi rahbarlik qiladi. Uning huzurida kotirovka komissiyasi ish olib boradi. Birjada brokerlar, dilerlar, treyderlar faoliyat koʻrsatadi. Birja va uning shakllari bozor mexanizmining zaruriy infratuzilmasi hisoblanadi.
Tovar birjasi ommaviy tovarlar (don, paxta, metall va boshqalar)ni standartlar yoki namunalar boʻyicha sotadi. Ayrim birjalar faqat bir guruh tovarlar savdosi boʻyicha ixtisoslashadi. Kelishuvlar maʼlum muddatlarga tuziladi (aksariyat 6 oy), natijada tomonlar narxlar farqlaridan koʻp narsa yutishi yoki yutkazishi mumkin. Birja narxlari haqidagi maʼlumotlar kotirovka shaklida muntazam birja byulletenlarida eʼlon qilib boriladi.
Oʻzbekistonda 1994- yildan Respublika Tovar xom-ashyo birjasi (ochiq aksiyadorlik jamiyati) va 1991- yil avgustdan "Oʻzbekiston " respublika universal agrosanoat birjasi, shuningdek respublikada ishlab chiqarish vositalari, tovar resurslari oldisotdisi bilan shugʻullanadigan "Oʻzulgurjibirjasavdo" — Oʻzbekistonda ulgurji va birja savdosi boʻyicha Respublika davlat aksiyadorlik uyushmasi (1994- yil mart) faoliyat koʻrsatadi. Shuningdek Respublika koʻchmas mulk birjasida (1994- yil mart) koʻchmas mulk (turar joy binolari, yer maydonlari, avtotransport vositalari, bankrot boʻlgan korxonalar va boshqa mulklar) kimoshdi va tanlov savdolari orqali sotiladi.
Fond birjasi aksiyalar va obligatsiyalar bilan oldi-sotdi muomalasini olib boradi. Bundam birjalarda mamlakatda chiqarilgan qimmatbaho qogʻozlar bilan birga chet el qimmatbaho qog‘ozlari ham savdoda qatnashaveradi. Fond birjasidagi bitishuvlarda qimmatbaho qog'ozlar haqi savdolashuvning oʻzida yoki 2—3 kun keyin toʻlanadi (kassa bitishuvi) yoki hisob-kitoblar bir oy muddatda oʻtkaziladi (muddatli bitishuv). Birjada ish koʻrayotganlar qimmatbaho qogʻozlarni sotib olish vaqtidagi kurslar farqidan (muddatda sotish) katta fonda koʻradilar. Yirik fond birjalari NyuYork, Tokio, London, Parij, Bazel, Moskva va boshqa shaharlarda joylashgan. Oʻzbekistonda "Toshkent" respublika fond birjasi erkin sotuvga chiqarilgan aksiyalar, veksellar, obligatsiyalar, depozitli sertifikatlar savdosi bilan shugʻullanadi (1994- yil aprelda tashkil etilgan).
Valyuta birjasi valyutalar bozorini oʻtkazadi va valyutalar kotirovkasini amalga oshiradi. Hozirgi sharoitlarda keng koʻlamli valyuta savdosi yirik banklar oʻrtasida olib boriladi, ammo ayrim mamlakatlarda banklararo valyuta bozori bilan birga maxsus valyuta birjalari ham bor. Oʻzbekiston Respublikasi valyuta birjasi 1992 yil 22 iyunda tuzilgan. Chet el valyutasi savdosini tashkil etish bilan shugʻullanadi. 1994 yil 15 apreldan muntazam savdo oʻtkazadi.
“Dastlabki Birjalar 15—16-asrlarda Italiya, Gollandiya, Angliyada paydo boʻlib, 19-asrning 2-yarmida juda rivojlandi. Oʻzbekistonda 20-asrning 20- yillarida birjalar mavjud boʻlib, ulardan koʻp ukladli iqtisodiyot sharoitida bozorni davlat tomonidan boshqarish maqsadida foydalanilgan edi. 1991 yildan mamlakatning bozor iqtisodiyotiga o‘tishi davrida Oʻzbekistonda respublika universal tovar-fond birjasi (1991 yil avgustda tuzilgan), viloyatlarda respublika birjalarining boʻlim va vakolatxonalari hamda mustaqil tovar va tovar xom-ashyo birjalari faoliyat boshladi. 1996-yildan Toshkent shahrida hamma turdagi birja savdolarini o‘tkazishga ixtisoslashgan va zamonaviy vositalar bilan jihozlangan Respublika Birja markazi ishga tushirildi.”2
Birja savdosi har bir mamlakatda muayyan qonunlar majmui asosida tartibga solinadi. Qonunlar narxlar bilan qalloblik qilishni hamda bankrotlikning oldini olish maqsadlarini koʻzlaydi. Jahondagi rivojlangan mamlakatlarda keyingi 20 yil ichida birja savdosini qonunchilik yoʻli bilan tartibga solish kuchaydi. Ilgari koʻpgina mamlakatlarda birja muomalasi, asosan, birjaning oʻzida ishlab chiqilgan meʼyor hamda qonunlar asosida tartibga solinar edi. AQShda 1973-yildan fyuchers birjalari ishini barcha tovar fyuchers savdosi boʻyicha komissiya boshqaradi. Uning xodimlari tarkibini Prezident tayinlaydi va Kongress tasdiqlaydi. Angliyada 1986-yilgacha tovar birjasi faoliyatini Angliya banki kuzatib turgan, 1986-yildan bu vazifani qimmatbaho qogʻozlar va investitsiya boʻyicha Kengash bajaradi. Fransiyada bunday boshqarish fyuchers tovar bozori boʻyicha komissiyaga, Yaponiyada turli vazirliklar (moliya, qishloq xoʻjaligi, tashqi savdo hamda sanoat)ga yuklatilgan. Oʻzbekistonda 1992-yil 2-iyulda "Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida" Qonun qabul qilindi. 1992-yil martdan Vazirlar Mahkamasi qarori bilan birjalar ishini muvofiqlashtiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi birjalari kengashi tuzildi, 1995 yil sentabrda respublika Moliya vazirligi qoshida Qimmatbaho qogʻozlar va fond birjalari boʻyicha davlat komissiyasi tuzildi. Komissiya qimmatbaho qogʻozlar bozorini shakllantirish, rivojlantirish, nazorat qilish va korxonalar hamda davlat boshqaruvi organlarining birjadagi faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha davlat siyosatini amalga oshiradi.



Download 1,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish