93
XULOSA
Ma‘lumki jahon adabiyotida Sharq she‘riyatiga
qiziqish asrlar davomida
so‘nmagan. Bu qiziqish XX asrda yanada kuchaydi.Shu bois bugungi kunga
kelib, Sharq shoirlari asarlarining g‘arb tillariga jumladan, inglizchaga
tarjimalarini tahlil qilish, bu sohada to‘plangan tarjimalarini umumlashtirish,
ilmiy hulosalar chiqarish o‘zbek tarjimashunosligi
oldida turgan dolzarb
vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Adabiy asarlar mazmuni, vazifasi, tasviriy
vositasi hajmi va ba‘zi tashqi jihatlari bilan bir biridan farqlanadi.
Prezidentimiz Islom Karimov ta‘kidlaganidek, Alisher Navoiy xalqimizning
ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan
buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning
tengsiz namoyandasi, millatimizning
g‗ururi, sha‘nu sharafini dunyoga tarannum qilgan o‗lmas so‗z san‘atkoridir.
Istiqlol yillarida shoirning boqiy merosini chuqur o‗rganish va keng targ‗ib
etishga alohida e‘tibor qaratilmoqda. Yurtimiz viloyatlaridan biriga,
mamlakatimizning asosiy kutubxonasiga, teatrlar, oliy o‗quv yurti, ilmiy-
tadqiqot
maskaniga, qator ko‗chalar va xiyobonlarga ulug‗ bobomizning nomi
berilgan. Mamlakatimiz mustaqilligining 20 yilligi arafasida buyuk shoirning 10
jildlik to‗la asarlar to‗plami chop etildi. Ayni vaqtda shoir badiiy merosini
o‗rganishga bag‗ishlangan xalqaro konferensiyalar o‗tkazilmoqda. Tokio,
Moskva, Boku shaharlarida Navoiy bobomizning muazzam haykallari qad
rostlab turibdi. Bu u kishiga bo‘lgan cheksiz hurmat ehtiromni ko‘rsatadi.
Hozirgi kunga qadar u kishi haqida ko‘plab asarlar yozilgan, ko‘plab asarlari
jahon tillariga tarjima qilingan. Yuqorida muhokama
qilgan tadqiqot ishimizda
ham bugungi kunda dolzarb bo‘lgan Alisher Navoyining g‘azallarini ingliz tiliga
tarjima qilish haqida bo‘lib, uni boshqa dissertatsialardan farqi bu birinchi marta
yozilayotgan mavzu bo‘lib, u kishining asarlarini ingliz tiliga o‘girish bo‘yicha
grant loyixasi doirasida yozilayotgan dissertatsiya ishidir. Buning ustiga endi
gap she‘riy tarjima ustida emas. G‘azalning taglama tarjimasi va unga bitilgan
sharxlarni tarjima qilishda bormoqda. Bu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, bu
dastlabki ish bo‘lishiga qaramasdan ko‘pchilikning qiziqishiga sabab bo‘lishi va
94
albatta ko‘plab magistrlar tomonidan shu kabi mavzu doirasida ish olib
borishlariga sabab bo‘lishi turgan gap. Asarimiz o‘z o‘quvchilarini topishi va
unga bildirilgan har qanday fikr bizni ham qiziqtirishi turgan gap. Dissertatsiya
ishimizning yozilishiga sabab bo‘lgan Alisher Navoiyning ―G‘aroyib us-sig‘ar‖
devoni va unga bitilgan nasriy bayon va sharxlarning inglizcha tarjimasi hali
ko‘plab muhokama va shov-shuvlarga sabab bo‘lishi turgan gap. Demakki,
ishimiz besamar emas. Dissertatsiya ishimiz uch bob bo‘lib, har bir bobda bir
birini to‘ldirgan va o‘zaro mutanosib ma‘lumotlar bilan to‘la.
Izlanishlarimiz
natijasi o‘laroq quyidagi xulosalarga keldik.
Alisher Navoiyni tarjima qilish uchun birinchi galda uning hayoti ijodi, uning
shaxsiyatidan habardor bo‘lish kerak.
Uning hayoti va ijodi haqidagi ma‘lumotlarni kengroq tarzda yoritish kerak.
Bir narsa ma‘lumki, ko‘pchilik haligacha Navoiyni qanchalik ilm homiysi
bo‘lganidan behabar. Birinchi galda o‘zimizning o‘zbeklarga, yoshu qariga
hamma bilgan va birdek yot aytib bera oladigan ma‘lumotlardan ko‘ra yangi
ma‘lumotlarn o‘rganishga rag‘batlantirishimiz zarur.
Navoiy avlodi bo‘lish bilan bir qatorda unga munosib izdosh bo‘lish ham
kerakligini yoshlar ongiga singdirishimiz kerak. ―Zulfiyaxonim‖ kabi mukofot
tashkil qilib, uni ―Navoiy izdoshi‖ deb nomlasak va bu mukoftning avvalgisidan
farqi unda yoshu keksalar va albatta yigitlar birdek ishtirok etishi kerak bo‘lsin.
Navoiyni jahonda o‘rganilishi
haqida gap ketganda, o‘zimizda ham bunga
o‘rnak bo‘la oladigan ishlar amalga oshirilishi zarur. Horijdagi
adabiyotshunoslar
bilan
hamkorlikda
uning
asarlarining
tarjimalarini
yaratishimiz kerak. To‘g‘ri dastlabki qadamlar allaqachonlar tashlangan. ―Lison
ut-tayr‖ misolida buni ko‘rishimiz mumkin. Lekin dastlabki qadam
dastlabkiligicha qolmoqda menimcha.
Navoiy g‘azallarini sharxlash bugun boshlangani yo‘q. Bu Navoiy
davridayoq boshlanganiga shubxa yo‘q. Shoirning muhlislari o‘sha vaqtlardayoq
uning she‘rlaridagi ma‘nolarni tushunish uchun, shoirning nima demoqchiligini
anglab yetish uchun turli kechalarda uning baytlaridan aytib muhokamalar
95
qilishganigan. Darhaqiqat ilgarilari uyushtirilgan bazmlarda albatta she‘rxonlik
bo‘lgan, she‘riyatning shaydosi bo‘lmagan
odam zamondan orqada qolgan
hisoblangan. Hozir mabodo shoirlar o‘zaro to‘planib she‘rxonlik qilishmasa,
qaysi davrada o‘yin kulgi va raqsdan boshqa narsalarga e‘tibor beriladi. Ha
internet deymiz, XXI asr axborot asri, globallashuv asri deymiz-u, aslida
rivojlanib oldinga siljiyapmizmi, yoki bu regressiyami
bazida hayron qoladi
kishi.
Oxirgi bobimizda ―G‘aroyib us-sig‘ar‖dagi g‘azallarga izoh va sharx bitishda
so‘zlarning ma‘nosi qanchalik ochib berilgani va mumtoz adabiyotimizga
taalluqli bo‘lgan so‘zlarni qanday tarjima qilingani to‘g‘risida. Ko‘p so‘zlarni
ingliz tilida berish mushkul, chunki u tilda ko‘p so‘zlarning ekvivalentini ham
topib bo‘lmaydi. Bu yerda eng to‘g‘ri yo‘l o‘sha so‘zga definition, ya‘ni uni
nima ekanligini tushuntirib berishdir. Bu esa ingliz zabon o‘quvchiga so‘zning
ma‘nosini to‘g‘ri tushunishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: