83
butxonada bo‘ladi. Ammo bu yerda Navoiy majozan Allohdan oshiq va
oriflarga fayz yetuvchi maskanni nazarda tutgan. Bu narsa esa to‘g‘ri yoritilgan.
Keying bayt Olimjon Davlatov tomonidan izohlangan 131-g‘azaldan
olingan.
Dayr piri
qulidurmenkim, aning dargоhi
Yaxshilarg‘a panоh o‘ldiyu yomоnlarg‘a malоz.
Men dayr pirining ya’ni mayxona egasining quliman, negaki uning
dargohi yaxshilarga ham, yomonlarga ham boshpanadir.
Bu yerda aslida dayr piri dargohi – oshiqlar ko‘ngli taskin topadigan joy
ya‘ni ishq ostonasidir.Oshiq o‘zining piri komil quliligini uning dargohida esa
yaxshiyu, yomon panoh topishini nazarda tutmoqda.Bundan tashqari ham bir
necha g‘azallarda dayr so‘zi bir necha ko‘rinishlarda ishlatilmoqfda. Lekin
ularning barida Alisher Navoiy majoziy ma‘nolarni nazarda tutgan.
Navbatdagi tahlil qilmoqchi bo‘lgan so‘zimiz, demak, bu junun so‘zi.
Uning
izohli lug‘atdagi ma‘nolariga e‘tibor bering.
Junun- 1) telbalik, devonalik, savdoyilik;
2) oshiqlik, beqarorlik;
101
G‘azalning nasriy bayonida Navoiy
junun
so‘zining
birinchi
m‘anosidan foydalanilgani Dilnavoz Yusupova tomonidan ochib berilgan.
Jununimni daf etgali tabib emas, a‘zayimxon keltiring, chunki kimni pari
o‘ziga shaydo qilsa, uni davolatgani albatta parixon kerak.
102
Ya‘nikim bu yerda muhabbatdan telbaga aylangan yigit haqida bo‘lib, u
go‘zallikda tengi yo‘q hurliqoga oshiqu beqaror.
Unga pari deb nisbat
101
Navoiy asarlarining izohli lug‘ati. !-jild. 599-bet.
102
―G‘aroyib us-sig‘ar‖ dostoni g‘azallariga izoh va sharxlar. Boqijon To‘xliyev. 3-bet.
84
bermoqda. Va guvohi bo‘lganimizdek bu oshiqlik haddan ziyod bo‘lib, endi u
savdoyilikka yetgan. Chunki oshiqlik ijobiy tushuncha va uni davolash kerak
emas. Lekin, har narsaning me‘yori bo‘lganidek, uning ham me‘yordan oshib
ketgani
va jinnilikka borib yetgani, endi uni davolash zarur ekanligi va bunga
tabib emas, balki parixon ya‘ni a‘zayimxon kerakligi aytilmoqda. Chunki u pari
tomonidan sehrlangan. Demakki g‘azalni sharxlashda junun so‘zining birinchi
ma‘nosi to‘g‘ri va mos tanlangan.
Xarobot- 1 xarob joy, vayrona. 2. mayxona.
103
Xarobot so‘zi ham ikki ma‘noli so‘z bo‘lib, uning birinchi ma‘nosi bayt
ma‘nosini ochib beradi. Aslida she‘rda bu so‘z majoziy ma‘noda ishlatilgan. U
piri komil makonini nazarda tutadi.
Sipehr
– osmon, osmon gumbazi, falak
Sipehr ishqda Majnung‗a yozdi ko‗p ta‘rif,
Muqobilida zamona meni raqam qildi.
Falak (ya‘ni taqdir) ishq borasida Majnunga ko‗plab maqtovlar yog‗dirdi,
unga qarama-arshi holda zamona (bu borada) meni bunyod etdi.
Boqijon to‘xliyev sharhlagan navbatdagi 598- g‘azalda ishlatilgan Spehr so‘zi
bir ko‘rishda
jozibali, e‘tiborni tortadigan kam qo‘lanadigan, lekin chiroyli
so‘zdir. Ko‘rib turganimizdek, unga Izohli lug‘at kitobida osmon,
osmon
gumbazi, falak, zamon kabi ma‘nolari bor. Bu esa u osmon emas taqdir
ma‘nosida ishlatilgan. Chunki, Osmon emas Majnunga turli sinoat va
ko‘rguliklarni yozgan, bu taqdirdir. Osmon bilan taqdir o‘rtasida qandaydir
yaqinlik bor, ya‘ni
osmon cheksiz, poyonsiz, und anima borligini, chegarasi
qayerdaligini
hech kim bilmaganidek, inson ertangi kuni yoki kelajagida nima
sodir bo‘lishini bilmaydi.
103
Navoiy asarlarining izohli lug‘ati. 3 jild. Toshkent. 1983