Yilning eng yaxshi fan o`qituvchisi” ko`rik-tanlovining shahar bosqichida



Download 0.54 Mb.
Sana22.06.2017
Hajmi0.54 Mb.

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
NAVOIY VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI
NAVOIY SHAHAR XALQ TA`LIMI MUASSASALARI

FAOLIYATINI METODIK TA`MINLASH VA TASHKIL

ETISH BO`LIMI

Navoiy shahar 11-davlat ixtisoslashtirilgan

umumta`lim maktabi geografiya fani o`qituvchisi

Abdiyev Rustam Ablakulovichning

Yilning eng yaxshi fan o`qituvchisi”



ko`rik-tanlovining shahar bosqichida

5-sinflar uchun “Yerning Quyush atrofida aylanishi”

mavzusida tayyorlagan bir soatlik
DARS ISHLANMASI



Navoiy - 2012

Fan: Tabiiy geografiyaning boshlang`ich kursi

Sana: 27.02.2012-yil

Sinf: 5

Dars nomi: “Kuch –bilim va tafakkurda”

Darsning mavzusi: Yerning Quyosh atrofida aylanishi

Darsning maqsadi:

a) Ta’limiy: O’quvchilarga Yerning Quyosh atrofida aylanishi, Kabisa yili, Quyosh turish kunlari, bahorgi va kuzgi tengkunlik, tropik chiziqlar va Yerning issiqlik mintaqalar haqidagi kengroq bilimlarni berish;

b) Tarbiyaviy: O’quvchilarga Yer haqidagi nazariy bilimlarini amalda qo’llashga o’rgatish, o`quvchilarni jonli va jonsiz tabiatga nisbatan ijobiy munosabatlarini shakllantirish;

d) Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni Yer shari va Koinot haqidagi geografik tasavvur-larini shakllantirish, mustaqil ishlash va u orqali bilim olishga, xotirani mustahkam-lashga, tez fikrlashga o‘rgatish. nutqni o‘stirish, fanga qiziqishni orttirish;



Dars uslubi: Ko’rgazmali-amaliy;

Dars usuli: Noan’anaviy (Komandada o`qitish, Aqliy hujum, tezkor savol javoblar, didaktik mashqlar, “B-B-B” jadvali);

Dars tipi: Yangi bilimlar beruvchi;

Dars shakli: Individual va mustaqil ishlash darsi

Dars didaktikasi:

a) jihozi: Darslik, yozuv taxtasi, tarqatma materiallar, tezkor savollar yozilgan kartochkalar, globus, Dunyoning siyosiy va tabiiy xaritasi, plakat,A-3 formatdagi qog`oz, marker, skotch, yelim, o`quv qurollari;

b) texnik vositalari: kompyuter, Internet ulanishi uchun telefon tarmog`i yoki USB-modem, televideoproyektor,

Asosiy tushunchalar va atamalar:

Yer, sutka, kabisa yili, Quyosh turish kunlari, tropik chiziqlar, issiqlik mintaqalari



Darsning blok-sxemasi:


T/r

Darsning bosqichlari

Vaqt

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

Guruhlarga topshiriq berish orqali o`tilgan mavzuni so`rash

10 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni (Internet tarmog`iga ulangan holatda GoogleEarthWin dasturi orqali tushuncha berish)

12 daqiqa

4

Amaliy mashqlar bajarish orqali mavzuni mustahkamlash

15 daqiqa

5

Dars yakuni:

1.G`olib guruhni aniqlash va o`quvchilarni baholash

2. Uyga vazifa


5 daqiqa


Darsning shiori: “To`xtama, o`qi, o`rgan Koinot ilmin,

Zero, tinmay aylanar Kurrai-zamin”



Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

a) Psixologik iqlim yaratish (salomlashish, davomat, ob-havo, sana, faslni aniqlash)

b) Darsning mavzusini va maqsadini e’lon qilish (o’rganiladigan BKM lar)

d) O’quvchilarni guruhlarga ajratish, nomlash va guruh sardorlarini tayinlash;

e) Baholash mezonlari haqida tushuncha berish (“Ofarin”, “Barakallo”, “Harakat qil” so’zlari yozilgan shakllar);




Sinf chizmasi. Guruhlarning joylashish holati










Dars boshlanadi. O`quvchilar bilan salomlashib, sana, fan, davomat, ob-havo, fasl haqida so`raladi.



O’tilgan mavzu bilan bog’lash.

O`tilgan mavzu yuzasidan tayanch so`z va tushunchalar yozilgan kartochkalar guruhlarga tarqatiladi.



  • Sutka

  • Yerning qutblari

  • Ekvator

  • Meridianlar




  • Parallellar

  • Daraja to`ri

  • Geografik kenglik

  • Geografik uzunlik



O`quvchilarning kartochkalardagi tayanch so`z va tushunchalarga qay darajada izoh berganliklariga qarab “Ofarin”, “Barakallo”, “Harakat qil” so’zlari yozilgan shakllardan tegishlisi taqdim etiladi.

Videoproyektor orqali quyidagi rasmlar ekran yoki monitorda namoyish etiladi. Bunda o`quvchilar o`tgan mavzu yuzasidan ko`rsatilgan rasmlarni izohlab berishlari kerak bo`ladi.

Rasmlar yuzasidan o`quvchilarning javoblari tinglanadi va guruhlar tegishli kartochkalar orqali baholanadi.

O`qituvchi yangi mavzuni o`quvchilarga tushuntirish jarayonida kompyuter internetga ulangan holda “GoogleEarthWin” dasturini ishga tushiradi. Ekranda Yerning sun`iy yo`ldoshi orqali tushirilgan tasviri, Yerning o`z o`qi atrofida aylanishi, kosmosdan Yerning tabiiy ko`rinish holati namoyish etilgan vaqtdan boshlab, o`qituvchi quyidagi matn va ma`lumotlar asosida globus, Dunyoning siyosiy va tabiiy xaritalaridan foydalangan holda o`quvchilarga yangi mavzuni tushuntirib beradi.

Yangi mavzu bayoni:

Yer Quyosh atrofini 365 sutka va 6 soatda bir marta to'liq aylanib chiqadi. Hisobga to'g'ri bo'lsin deb bir yil 365 kun deb qabul qilingan. Shunda har yili 6 soatdan yig'ilib, 4 yilda 24 soat, ya'ni bir sutka bo'ladi. Shuning uchun har uch yildan kcyin to'rtinchi yil 366 kun bo'ladi. Bu yil kabisa yili dcyiladi. Shu yili fevral oyi 28 kun emas, 29 kun hisoblanadi.

Nega yil fasllari almashinib turadi? Buni tushunish uchun rasmni tahlil qilamiz. Rasmda Yerning Quyosh atrofida aylanayotgan turli vaqtlaridagi holati tasvirlangan. lyun oyida Shimoliy yarimshar Quyoshga ko'proq qarab turadi. 22 iyunni yozgi Quyosh turishi kuni dcyiladi. Quyosh ufq ustida cng baland ko'tariladi. Shimoliy yarimsharda yoz, Janubiy yarimsharda esa qish bo'ladi. 21


mart va 23 scntabr kunlari esa Quyosh ikkala yarimsharni bir xilda yoritadi. Bu kunlarni bahorgi va kuzgi teng kunlik dcyiladi. 22-dekabrda esa Ycr Janubiy yarimshari bilan Quyoshga qarab turadi.



Yerning Quyosh atrofida yillik aylanishi
Shimoliy yarimsharda kun eng qisqa, tun esa eng uzun bo'ladi. Bu vaqtda Janubiy yarimsharda yoz, Shimoliy yarimsharda esa qish bo'ladi. 22 dekabrni Quyoshning qishki turish kuni deyiladi.

Qutbiy doiralar qutb kuni va qutb tuni bo'ladigan joylarning chegarasidir. Shu chegarada yozda bir sutka qutb kuni va qishda bir sutka qutb tuni bo'ladi. Qutblarda esa qishda 178 sutka tun, yozda 186 sutka kunduzi bo'ladi.



Tropik chiziqlar. Globus, Yarimsharlar xaritalarida 23,5° shimo-
liy va janubiy kengliklardan uzuq-uzuq chiziqli parallel o'tkazilgan.
Bu parallel tropik chiziqlardir. Shimoliy yarimshardagisi Shimoliy
tropik, Janubiy yarimshardagisi Janubiy tropik deyiladi.

Quyosh yozgi turishi kunida Yer yuzining shu kengliklarida tush


vaqtida qoq tepa(zenit)ga keladi. Ertasidan boshlab Quyoshning
ufqdan balandligi asta pasaya boshlaydi. Janubiy va Shimoliy tropik
chiziqlari oralig'ida bir yilda Quyosh ikki marta qoq tepaga kela-
di. Shimoliy tropikdan shimolda va Janubiy tropikdan janubda
esa Quyosh hech qachon qoq tepa(zenit)ga kelmaydi.

Yerning issiqlik mintaqalari. Quyoshdan keladigan issiqlik va
yorug'lik Yer yuzida bir xilda taqsimlanmaydi. Ekvator-
ning ikki yonida Shimoliy va Janubiy tropiklargacha bo'lgan joy-
larga eng ko'p issiqlik va yorug'lik keladi. Bu yerlarda Quyosh
ufqdan baland ko'tarilib, yil bo'yi quruqlik va okeanlami qattiq
isitadi. Bu joylar Yerning issiq (tropik) mintaqasidir.

Tropik chiziqlar bilan qutbiy doiralar oralig'i Quyoshdan kam-


roq yorug'lik va issiqlik oladi. Bu yerlar mo`tadil (o'rtacha) min-
taqalardir. Qutbiy doiralardan qutblargacha bo'lgan joylarga Qu-
yoshdan yanada kam yorug'lik va issiqlik yetib keladi. Bu yerlar
qutbiy (sovuq) mintaqalar deb ataladi.

O`qituchi mavzuni tushuntirib bo`lgach, “Aqliy hujum” usulidan foydalanib yangi mavzu bo`yicha savollar orqali murojaat qiladi.

1. Kabisa yili qanday yil? Kabisa yilidagi ortiqcha bir kun qayerdan kelib qolgan?
2. Quyosh turishi kunlari deb qaysi kunlarga aytiladi?

3. Tropik chiziqlar qaysi geografik kengliklarga to'g'ri keladi?

4. Yerda qanday issiqlik mintaqalari bor?

Bunda o`quvchilarning bergan javoblari jamlanadi va guruhlar baholanadi.


O`qituvchi yangi mavzu yuzasidan o`quvchilarning o`zlashtirish darajasini sinash maqsadida o`quvchilar internet tarmog`i orqali ishlab turgan “GoogleEarthWin” dasturi orqali ekranda namoyish etiladigan Yerning tasviri, Yerning o`z o`qi atrofida aylanishi, kosmosdan Yerning tabiiy ko`rinish holatini yangi mavzuga bo`g`lagan holatda tushuntirib berishlari kerakligini aytadi. Guruhlarnng javoblari tinglangach, tegishlicha baholanadi.

Har ikkala guruhga ikkita plakat beriladi va ular kerakli o`quv qurollaridan foydalangan holda Yer shakli, parallel va meridianlar, “Zenit” holati, “Yerning issiqlik mintaqalari”ni va tropik chiziqlarni plakatda aks ettirishlari kerak bo`ladi.

O`quvchilar bu vazifani bajarib bo`lishgach, guruh sardorlari bajargan ishlarini izohlab berishadi.

O`qituvchi guruhlarning berilgan topshiriqni qay darajada bajarganliklariga baholaydi.

O`quvchilar yangi mavzu yuzasidan qay darajada bilim va ko`nikmaga ega bo`lganliklari monitor orqali namoyish etiladigan test sinovi orqali tekshirilib ko`riladi. Test javoblar varaqalarini guruhlar o`zaro bir-birlari bilan almashadilar va ektanda namoyish etiladigan tog`ri javoblar bilan solishtirib ko`radilar. O`qituvchi guruhlardan test varaqalarini olib har bir berilgan tog`ri javobga rag`bat kartochkasi beradi.

O`qituvchi o`quvchilardan o`tilgan yangi mavzu yuzasidan qay darajada ma`lumotlarga ega ekanliklari quyidagicha so`raladi:



  • Bugungi darsdan nimalarni bilib oldingiz?

  • Nimalarni o`rgandingiz?

  • Nimalar Siz uchun yangilik bo`ldi?

  • Yana nimalarni bilishni istar edingiz?

Har ikkala guruhning kartochkalar soni va yig`gan bali hisoblanadi. G`olib guruh e`lon qillinib, dars davomida faol ishtirok etgan o`quvchilar baholanadi.



Dars yakunida o`quvchilarga yangi mavzuga tegishli Yerning Quyosh atrofida yillik aylanishi chizmasini A-4 formatdagi qog`ozga chizib kelish va darslikdan mavzuni o`qib kelish vazifasi uyga beriladi..

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent axborot
toshkent davlat
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
umumiy o’rta
haqida umumiy
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
davlat sharqshunoslik
jizzax davlat