Kassa muomalalari hisobi mavzuning maqsadi



Download 20,32 Kb.
bet1/2
Sana25.01.2023
Hajmi20,32 Kb.
#902750
  1   2
Bog'liq
Kassa muomalalari hisobi mavzuning maqsadi


5-MAVZU. KASSA MUOMALALARI HISOBI


Mavzuning maqsadi: kassadagi pul mablag‘larini hisobga olishning ahamiyati, kassada yurtiladigan boshlang‘ich va yig‘ma hujjatlar hamda ularni rasmiylashtirish, kassa muomalalari haqida tasavvur, bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirish


Tayanch tushunchalar va iboralar:


Pul – barcha boshqa tovarlar uchun ekvivalent bo‘lgan maxsus tovar bo‘lib, uning yordamida ayirboshlash amalga oshiriladi. Pul iqtisodiy kategoriya bo‘lib, u tovar ishlab chiqarish bilan bog‘liq.
Pul cheki korxonaning hisob-kitob schotidan chekda ko‘rsatilgan naqd pul summasini berish to‘g‘risida bankka bergan farmoyishidan iborat. Chek siyohda yoki sharikli ruchkada to‘ldiriladi. Unda summa, chek berilgan vaqt, oluvchining nomi, shuningdek, olingan summaning nima maqsadda ishlatilishi ko‘rsatiladi.
Pul badallari haqidagi e’lon bilan hisob-kitob schotiga naqd pullar topshirilganligi rasmiylashtiriladi. Ushbu hujjat bir nusxada to‘ldiriladi va unda to‘lanadigan pulning hosil bo‘lish manbai ko‘rsatiladi. Bank qabul qilingan pulga kassirga kvitantsiya beradi, u buxgalteriyada kassa chiqim orderini tuzish va kassa bo‘yicha pul mablag‘larini hisobdan chiqarish uchun asos vazifasini o‘taydi.
Milliy valyuta – mamlakatning pul birligi. Milliy valyuta tizimi milliy valyutaga asoslanadi. Milliy valyuta naqd pul (banknot va tangalar) shaklida va naqd pulsiz (bank schotlaridagi qoldiq) shaklida bo‘ladi. Naqd pul shaklidagi valyuta 5010 «Milliy valyutadagi pul mablag‘lari» schotida hisobga olinadi. Milliy valyutaning emitenti bo‘lib Markaziy bank hisoblanadi.
Valyuta – mazkur mamlakatning pul tizimi va pul birligi (so‘m, rubl, dollar, yevro va h.k.), xorijiy kredit biletlari va tangalar ham valyuta deyiladi.
Valyuta kursi – turli mamlakatlar pul birliklarining o‘zaro munosabati, ya’ni bir mamlakat pul birligi bahosining boshqa mamlakat pul birligidagi (yoki xalqaro pul birligidagi) ifodasi valyuta kursi deyiladi. Xalqaro iqtisodiy operatsiyalar milliy valyutalarning ayirboshlanishi bilan bog‘liq. Bu ayirboshlash valyutalar kursini belgilashni taqozo etadi. Valyuta kurslari talab va taklif mexanizmi orqali valyuta bozorida valyutalarning kundalik oborotini solishtirish jarayonida vujudga keladi. Pul birligining bahosi pulning xarid qobiliyati asosida shakllanadi.

Download 20,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish