Kassa va kassa muomalalari auditi
Reja:
Kirish
1. Auditning maqsadi, vazifalari va ma'lumot manbalari
2. Kassa, kassa muomalalari va pul hujjatlari auditi
3. Bankdagi schyotlarga doir muomalalar auditi
4. Valuta schyotlariga doir muomalalar auditi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotning barcha sohalari samarali
rivojlanishi uchun xo’jalik sub’ektlari hamkorlikda faoliyat yuritishlari zarur
hisoblanadi. Ushbu holatda esa, xo’jalik sub’ektlarining moliyaviy holatini bilishi
uchun nazorat tizimining auditorlik faoliyatidan foydalanish zaruriyati yuzaga
keladi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxonalar moliyaviy xo’jalik faoliyatini tekshirishni yanada takomillashtirish faoliyatida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning muhim yo’nalishlaridan biri – auditga bo’lgan munosabatni tubdan o’zgartirish, har bir auditorning tashkilotdagi mehnatning sifati va samaradorligiga yarasha haq to’lashni ta’minlash mehnat munosabatlarini tubdan yangilash hamda mehnatni moddiy rag’batlantirish shu orqali sifatli tizimini takomillashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyоyev ta’kidlaganidek, “Iqtisоdiyоtning barqarоr о‘sishi,birinchi navbatda, yetakchi sоhalar rivоjiga bevоsita bоgʻliqdir. Qaysi sоhada yuqоri qiymatga ega mahsulоt yaratilsa, biz ana shu sоhani birinchi navbatda qо‘llab-quvvatlaymiz. Shuning uchun iqtisоdiyоt rivоjiga jiddiy turtki beradigan sоhalarni rivоjlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga оshirishimiz lоzim. Jahоn tajribasini puxta о‘rganib, xalqarо ekspertlarni jalb etgan hоlda, mоnetar siyоsatni takоmillashtirish va xolislikni ta’minlash kоntseptsiyasini ishlab chiqishimiz zarur. O‘tish davrida iqtisоdiyоt sоhasida statistik hisоbоtlarni tо‘g‘ri yuritish va davlatning iqtisоdiy salоhiyatini aniq bahоlash juda muhimdir.1” So’nggi yillarda iqtisodiyotda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo’nalishlaridan biri auditirlik korxonalari harakatini rivojlantirish bo’lib, bu jarayon tarmoqda band bo’lgan korxonalar munosabatlaridan samarali foydalanishdagi o’zgarishlarga sabab bo’ldi.
Pul mablag’larini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishning asosiy maqsadi:
kassadagi milliy va xorijiy valyutadagi naqd pul mablag’lari, bankdagi hisobkitob
schyoti, valyuta schyotlari va boshqa maxsus schyotlarga doir muomalalarni
auditorlik tekshiruvidan o’tkazib, moliyaviy hisobotning «Pul mablag’lari»
bo’limi bo’yicha ma’lumotlarning ishonchliligi va bankdagi schyotlarda pul
mablag’larini hisobga olish uslubiyotining O’zbekiston Respublikasida amal
qilayotgan me’yoriy hujjatlarga muvofiqligi to’g’risida xulosa shakllantirish, ular
saqlanishi va ishlatilishining maqsadga muvofiqligi, samaradorligi hamda
qonuniyligini ta’minlash, shuningdek hisobga olishni takomillashtirishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |